Universitet qoshidagi akademik litseyda "Korrupsiya va jinoyatchilikni oldini olish" yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.

Universitet qoshidagi akademik litseyda "Korrupsiya va jinoyatchilikni oldini olish" yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.


Yig'ilishni akademik litsey direktori X.Yuldoshev kirish so'zi bilan boshladi va mehmonlarni tanishtirib, bugungi kunda o'quvchi-yoshlar o'rtasida avj olayotgan "Ommaviy madaniyat" to'g'risida gapirdi. "Ommaviy madaniyat" G'arb dunyosida o'tgan asrning ikkinchi yarmida shakllangani, uni G'arbda "populyar" yoki qisqartirilgan holda, "pop-kultura" (ya'ni "ommaviy madaniyat") deb atashi, garchi "madaniyat" deb atalsa-da, aslida, tub mazmunma'nosiga, maqsad-niyatiga ko'ra "ommaviy madaniyat" chinakam madaniyatning kushandasi ekanligi, "Ommaviy madaniyat" maktabining "natijalari" esa yaqqol ko'rinib turishi, masalan, AQShning ayrim maktablarida sodir etilayotgan portlashlar, bolalarning savdoyi, vas-vos kimsalar qo'lida qurbon bo'layotgani, yoshlar fe'lida kuchayib borayotgan agressivlik jahon ommaviy-axborot vositalari orqali hammaga ma'lum ekanligi, afsuski, yer yuzidagi axborot almashinuvi mislsiz tezlashgan hozirgS globalizm sharoitida, G'arbdagi "markazlar" bundan foydalanib, boshqa davlatlar va xalqlar o'rtasida G'arb hayoti 'Jozibalari"ni, jumladan, "ommaviy madaniyat"'ta'sirini "erkinlik shabadalari" tarzida imkon qadar keng yoyishga yeng shimarib harakat qilayotgani haqida aytib o'tdi.

Undan so'ng SamDVMCHBU rektori maslahatchisi Z.Shodmonov so'zga chiqib, Yoshlar o'rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashish huquqbuzarlik larning oldini olish yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birga mahalliy hokimlik va boshqa mutasaddi idoralar zimmasiga muhim vazifalar yuklanganligi, ular buni bajarish bo'yicha turli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqdalar, shunga qaramay jinoyatlar uchrayotgani, jinoyat qilgan shaxslarning har uchinchisini yoshlar tashkil qilayotgani afsuslanarli holat ekanligi, voyaga yetmaganlar ichida o'ta og'ir jinoyat sodir etganlar ham borligi achinarli halat ekanligi aytib o'tdi.

So'ng SamDVMCHBU korrupsiyaga qarshi kurashish komplays nazorat tizimi boshqarmasi bo'lim boshlig'i F.Turayev sa'zga chiqib, Korrupsiya inson va jamiyat hayotini izdan chiqarib, jamiyatning rivojiga rahna soluvchi illat ekanligini har bir vijdonli odam sezishi, negaki, pul berish orqali bilimi yo'q talaba oliy o'quv yurtida mutaxassislik diplomini oladi, pul orqali inson tanish - bilish orqali ishga kiradi. Bularni sanayversak, sanog'iga yetolmasligimiz, tasawur qiling pul bilan o'qigan o'quvchi o'qituvchi bo'ldi. U bir emas, minglab, millionlab o'quvchilarning qalbiga bilim urug'ini emas, savodsizlik urug'ini sepdi. U yillar o'tib hosilini berdi. Jamiyatda bir emas, minglab , millionlab hech narsani his qilmaydigan hamda oila va jamiyat hayotini yaxshilash uchun harakat qilmaydigan insonlar ko'paydi. Buni ongli odam ich- ichiga sig'dira olmaydi. Yoinki haydovchini olaylik' U o'qimasak yo'l harakati qoidalarini bilmasa, yo'l harakati hodisalari ko'payib,insonlar hayoti xavf ostida qolishi haqidagi fikrlarni aytib o'tdi.

So'ngra esa masjid Iiriom xatibi D.Pormonov so'zga chiqib, Din qadim-qadimdan insoniyat uchun zarvr bo'lgan ma'naviy qadriyatlarni o'zida aks ettirib, ezgulilq mehr-oqibaf poklik, halollik, do'stlik va birodarlik g'oyalarini amalga oshirishga xizmat qilib keladi. Ko'pgina milliy qadriyatlarning zavol topmasdan yashab kelayotgani ham dinning ana shu xususiyatlari bilan bog'liq. Dunyodagi barcha dinlar ezgulik g'oyalariga asoslanishi, ular odamlarni to'g'rilik, soflik, shafqat va bag'rikenglikka undashi, birovga ozor bermaslikka, yomon ishlardan tiyilishga, nafs ko'yiga tushib, adashmaslikka chaqirishi, Diniy bag'rikenglik g'oyasi barrha dinlarga xos ana shu umumiy tamoyillarni anglagan holda, ular o'rtasida hamkorlik o'rnatishga va shu ariqa butun insoniyatning orzusi bo'lgan adolat tantanasiga erishishga da'vat etishi haqida o'quvchilarga o'z fikrlarini bildirdi.

♦️Yigilish so'ngida o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Report Page