Universitet adminlariga kelib tushadigan xabarlar!

Universitet adminlariga kelib tushadigan xabarlar!


1.     Universitet xususiymi yoki davlat universitetimi?

-         Davlat universiteti - https://univ-silkroad.uz/assets/images/attestatsiy/sertifiket.png

2.     Bu oliygohda kunduzgi ta’limda oʻqish uchun nima qilish kerak?

-         2024-yil 29-mayda Adliya vazirligining 3515-sonli roʻyxatidan oʻtkazilgan faqat ingliz tilidan milliy va xalqaro sertifikat darajasi (B2 va undan yuqori) mavjud boʻlgan abitturiyentlar roʻyxatdan oʻta oladi.

3.     Ingliz tili darajasi mavjud boʻlmagan talabalar oliygohda oʻqiy oladimi?

-         Masofaviy ta’lim shaklida oʻzbek va rus tilida oʻqishlari mumkin.

4.     Qaysi fanlar majmuasini tanlash universitet ta’lim yoʻnalishlariga mos keladi?

-         1. Matematika + 2.Ingliz tili + Majburiy fanlar

-         1. Ingliz tili + 2.Ona tili va adabiyot +Majburiy fanlar

-         1. Tarix + 2.Ingliz tili + Majburiy fanlar

-         1. Tarix + 2. Ona tili va adabiyoti +Majburiy fanlar

-         1. Tarix + 2. Geografiya + Majburiy fanlar

5.     2024-yilgi oʻtish ballari:

-         quyidagi havolada: https://mandat.uzbmb.uz/BallVuz2024

6.     Oliygohlaringizga kunduzgi ta’limga boshqa xususiy oliygohdan qanday koʻchirsa boʻladi?

-         Ta’lim olgan xususiy oliygohda oʻzlashtirgan fanlaringiz majmuasi(Transkript) va Ingliz tilini bilish darajangiz koʻrsatuvchi milliy va xalqaro sertifikat (minimal B2 daraja) hujjatlaringiz 2025-yil 15-iyuldan 5-avgustga qadar https://transfer.edu.uz platformasi orqali online ariza berib va test sinovlari topshirish orqali.

7.     Universitetning boshqa davlat oliygohlaridan farqi?

-         Ta’lim xalqaro ta’lim standartlari asosida yoʻlga qoʻyilgan boʻlib darslar xorijiy OTMlarni tugatgan mahalliy hamda xorijiy davlatlardan taklif etilgan professor-oʻqituvchilar tomonidan toʻliq ingliz tilida olib boriladi.

8.      Universitet talabalarining chet elda qoʻshimcha ta’lim olishlari uchun qanday imkoniyatlar mavjud?

-         Bizning oliygohda ta’lim olayotgan iqtidorli talabalar xorijiy mamlakatlar, jumladan Xitoy, Yaponiya, Yevropa mamlakatlari, Turkiya, Italiya, Fransiya kabi mamlakatlarda e’lon qilinadigan grant dasturlari va hamkorlik kelishuv asosida almashinuv dasturlari mavjud. Bundan tshqari yuqori kurs talabalari kelgusida raqobatbardosh kadr sifatida shakllanishida universitet tomonidan Work & Travel dasturi orqali Germaniya, Turkiya kabi davlatlarda turizm sohalarida amaliyot oʻtab kelishmoqda.

9.     Universitetni tanlash uchun qanday roʻyxatdan oʻtsam boʻladi?

https://my.uzmbm.uz platformasi orqali.

10. Masofaviy ta’lim haqida toʻliq axborot bering.

- 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab universitetda masofaviy ta’lim shakli joriy etilgan boʻlib, darslar onlayn LMS platformasi orqali amalga oshiriladi. Faqat Yakuniy nazoratlar universitetga qishki va yozgi semestr davridakelib topshiriladi

10. Birinchi kursga kontraktga kirib keyingi ikkinchi kursda grantda oʻqisam boʻladimi? Qanday qilib tartibini tushuntirib bering.

- https://grant.univ-silkroad.uz/ platformasi orqali roʻyxatdan oʻtish orqali.

11. Kontrakt miqdori qancha?

Mahalliy abituriyentlar uchun:

- bakalavr kunduzgi ta’lim shakli boʻyicha – 24 000 000 soʻm

- bakalavr masofaviy ta’lim shakli boʻyicha – 15 000 000 soʻm

- Magistratura mutaxassisliklari boʻyicha – 28 000 000 soʻm

12. Qabul boʻyicha Call markaz telefon raqamlari:

+998662406770

+998662406786

+998662408606

+998662408616

Report Page