Universitet TTJlarida Iqtisodiyot fakulteti mas'ullari tomonidan davra suhbati bo'lib o'tdi

Universitet TTJlarida Iqtisodiyot fakulteti mas'ullari tomonidan davra suhbati bo'lib o'tdi

https://telegra.ph/

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti 2-son TTJda Iqtisodiyot fakulteti dekani A.Alikulov tashabbusi doirasida TTJda istiqomat qilayotgan fakultet talabalari bilan davra suhbati bo'lib o'tdi.Suhbat davomida A.Alikulov bugungi kunda yurtimizda, universitetimizda yoshlarga yaratib berilayotgan ko'plab imkoniyatlar, imtiyozlar haqida gapirib o'tdi hamda universitetda tashkil etilgan ko'plab to'garak, tanlov va musobaqalarda faol qatnashish haqida so‘z yuritdi.

So'ngra fakultet Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari V.Ismoilov fakultet tyutori B.Turopov yotoqxonada yashayotgan talabalarni bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo'yicha to'garaklar, tadbir va tanlovlar tashkil etish bo'yicha hamda 30-aprel kuni yurtimiz bo‘ylab bo‘lib o‘tadigan Referendumda faol ishtirok etishga chaqirdi.

Suhbat yoshlar tomonidan savol va takliflarga boy tarzda bo'lib o'tdi hamda mas'ullar tomonidan atroflicha o'rganilib, yechim topildi.

Suhbat yakunlangach fakultet dekani va mas'ullari tomonidan fakultetga biriktirilgan xonalar ko'zdan kechirildi hamda "Eng ozoda xona", "Eng tartibli xona" kabi bir qator nominatsiyalar bo‘yicha mas'ullar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.


🏛Axborot xizmati

Report Page