Universitet 2-sonli TTJda mas’ullar tomonidan davra suhbati tashkil etildi

Universitet 2-sonli TTJda mas’ullar tomonidan davra suhbati tashkil etildi


2024 yil 18 yanvar kuni Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti 2-sonli talabalar turar joyida universitet profilaktika inspektori kapitan B.Nayimov va talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Sh.Ismatovlar tomonidan davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida talabalarni qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan muhokama qilinib, so‘nggi vaqtlarda yoshlar tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilayotganligi qayd etilgan holda universitet talabalariga jinoyat va huquqbuzarlik sodir etmaslik, shu bilan birga jinoyatchilikdan jabr ko‘rmaslik uchun tavsiyalar berib o‘tildi. Talabalar turar joyida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nohush holatlarning oldini olish maqsadida talaba-qizlarni ogohlikka chaqirildi.


Axborot xizmati

Report Page