Unitree’ning IPO’gacha bo‘lgan yo‘li

Unitree’ning IPO’gacha bo‘lgan yo‘li


2009-yilda, hali universitetning birinchi bosqich talabasi bo‘lgan Wang Xingxing bor-yo‘g‘i 200 yuan (taxminan $30) shaxsiy mablag‘i evaziga kichik bir robot yasadi. Robototexnikaga bo‘lgan bu ishtiyoq va qiziqish keyinchalik ancha katta loyihaga zamin yaratdi.


Magistratura bosqichida tahsil olayotganida Van xarajatlari kam bo‘lgan "XDog" to‘rt oyoqli robotini ishlab chiqdi. O‘qishni tamomlagach, u bir muddat mashhur "DJI kompaniyasi" da ishladi. Ammo ko‘p o‘tmay, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish maqsadida u yerdan ketdi. 2016-yilda u sodda, lekin ulkan maqsad bilan "Unitree Robotics" kompaniyasiga asos soldi: murakkab va ilg‘or robotlarni barcha uchun hamyonbop qilish uning asosiy maqsadlaridan biri edi.


Unitree dastlab arzon to‘rt oyoqli robotlari bilan tanildi, keyinchalik esa H1 va G1 kabi gumanoid (odamsimon) robotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Yillar davomida Wangning muhandislik tajribasi va mahsulotga urg‘u berish yondashuvi kichik robototexnika startapini Xitoyning eng yetakchi kompaniyalaridan biriga aylantirishga yordam berdi. 2025-yilga kelib Unitree’ning yillik tushumi 1.7 milliard yuanga yetdi.


Bugun esa, tashkil etilganidan atigi o‘n yil o‘tib, Unitree navbatdagi ulkan marrani zabt etdi: kompaniya 2026-yilda Shanxay fond birjasida o‘z IPO’sini o‘tkazdi va 9 milliard dollar baholash ko‘rsatkichi bilan qariyb 900 million dollar investitsiya jalb qildi.


200 yuanlik oddiy robotdan 9 milliard dollarlik ulkan kompaniyangacha — Wang Xingxing ning ushbu muvaffaqiyat tarixi buyuk kompaniyalar juda kichik bir qadamdan boshlanishi mumkinligini yana bir bor isbotladi.

Report Page