Unicorn Grant — ishtirok uchun nimalar kerak?
Space Academy & Nisa schoo📑 Ayol-qizlar orasida zamonaviy kasblar hamda xorijiy tillarni o‘rganishni targ‘ib qilish maqsadida Space Academy va Nisa Ladies' School hamkorligida tashkil etilgan "Unicorn Grant" da ishtirok etish uchun kerakli hujjatlar bilan tanishing.
- Nima uchun bu grantga loyiq ekanligingiz va nega aynan shu kurslarni o‘qishni istayotganingiz haqida motivatsion xat;
- Pasport ( yoki ID kartasi ma‘lumotlari) nusxasi;
- O‘zingiz yashaydigan mahalla qo‘mitasidan oilaviy sharoitingiz haqidagi ma‘lumotnoma;
- Ota-onangiz tomonidan ushbu grant loyihasiga qatnashishingiz yuzasidan tuzilgan shartnoma nusxasi.
🔔 Eslatib o'tamiz, grantga ega bo‘lgan ayol-qizlar 3 oy davomida Space Academy SMM kursida 3 oy va Nisa Ladies' School ingliz tili kursida 4 oy davomida grant bilan o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Grantni qo‘lga kiritmoqchimisiz? Shartlar bilan tanishing!
✅ "Unicorn Grant" loyihasi kam ta'minlangan yoki boquvchisini yo‘qotgan oilalarga mansub 18 yoshdan 28 yoshgacha bo'lgan ayol-qizlarni qo‘llab-quvvatlashni ko‘zda tutadi. Shu sababli, grantga aynan shu jihatlarga mos keluvchi nomzodlar qabul qilinadi.
📌 Shuningdek, grant asosida o‘qishning o‘ziga yarasha tartiblari mavjud bo‘lib, ular bilan quyida tanishib chiqishingiz mumkin:
▫️ Grant qo‘lga kiritilgach, bir vaqtda Space Academy va Nisa Ladies' School da belgilangan o‘quv kurslarida ta‘lim olishni boshlash;
▫️ O‘quv markazlarida har haftada umumiy 10 soat vaqt sarflash;
▫️ Yakshanba kunlari o‘quv markazlari tashkil qiladigan rivojlantiruvchi tadbirlarda qatnashish;
▫️ Grant muddati davomida 3 martadan ko‘p dars qoldirmaslik;
▫️ O‘qish muddati tugagach, ishga joylashganlik haqida ma'lumot berish yoki o‘quv markazlari taklif qilgan ish o‘rinlaridan birortasini tanlab ishga tushish;
▫️ Ish davomida "Unicorn Grant" summasini bo‘lib to‘lash orqali qayta qoplash kabi talablarni bajarishingiz lozim.
❗️ Shuningdek, grant loyihasida g'olib bo‘lgach, undan voz kechish mumkin emas.
500 000 000 soʻmlik GRANT dasturi haqida koʻp soʻralgan savollarga javoblar
Savol: GRANT dasturida hamma qatnashishi mumkinmi?
Javob: Istalgan 18 yoshdan 28 gacha boʻlgan ayol-qizlarimiz qatnashishlari mumkin. Birinchi navbatda, boquvchisini yoʻqotgan va kam taʼminlangan oilalarga mansub ayol-qizlarning hujjatlari koʻrib chiqiladi. Keyin esa, ishtiyoqi baland qatnashchilarning hujjatlari. Siz motivatsion xat yozishingiz va kerakli hujjatlarni (pasport, temir daftarga kiritilganlik haqida yoki kam taʼminlanganlik toʻgʻrisida maʼlumotnoma) joʻnatishingiz kerak.
Savol: Motivatsion xatda nimalarni yozishim kerak?
Javob: Motivatsion xatda nima uchun aynan sizni tanlashimiz kerakligi haqida batafsil yozing va quyidagi savollarga javob bering:
— O’zingiz haqingizda batafsil ma’lumot;
— Nima uchun grantni qo‘lga kiritmoqchisiz;
— Nima uchun SMM sohasini o’rganmoqchisiz;
— GRANT dasturini bitirgandan so’ng nimalar qilmoqchisiz.
❗️ Shu haqida batafsil ma’lumotni Telegram orqali @spacexnisagrant akkauntiga jo’natishingiz kerak.
Savol: Tayyorlagan hujjatlarimni qayerga topshiraman?
Javob: 13-iyun, dushanba kunidan hujjat qabul qilish uchun masʼul xodimlar raqami eʼlon qilinadi. Hujjatlarni qabul qilish muddati 2 hafta.
Savol: GRANT gʻoliblariga qanday imtiyoz beriladi?
Javob: Dasturda munosib deb topilgan ishtirokchi Space Academy ning SMM boʻyicha kursida 3 oy, Nisa Ladiesʼ School ning ingiliz tili kursida 4 oy grant bilan oʻqish imkoniga ega boʻlishadi.
Savol: 500 000 000 so’m nima uchun ajratiladi?
Javob: Grant g'oliblarining Space Academy ning “SMM Bootcamp” kursida o’qishlari va NIsa Ladies' School da ingiliz tilini o’zlashtirishlari uchun.
Savol: GRANT gʻoliblari oʻqish uchun berilgan pulni qaytarib berishlari kerak boʻladimi?
Javob: Bu majburiy emas. Lekin siz GRANT boʻyicha kurslarda oʻqib, ishga joylashgach daromad topadigan boʻlsangiz, ixtiyoriy ravishda oʻqish pulini toʻlab berishingiz mumkin.
Savol: Nega daromadga kirgach, oʻziga ajratilgan grant summasini toʻlab berish tavsiya qilinadi?
Javob: Biz “UNICORN GRANT” loyihasini yana-da rivojlantirmoqchimiz, daromadga chiqqan ishtirokchilar topshiradigan pullar keyingi grant loyihalarini tashkillashtirishga yoʻnaltiriladi.