Under my Protection🕊

Under my Protection🕊

rinakim

~ Nima bo'lgan taqdirda ham bor kuchim bilan , so'nggi nafasga qadar men seni himoya qilishga vada beraman...

#4_ep

Taehyung: Sen eplaysan, Mina xonimga hammasini togri tushuntirasan, sen Janob Parkning songgi vasiyatini bajarishing kerak ahir u inson senga oz muncha yaxshilik qilganmidi, deya oynaga qarab oziga ozi gapirardi. Shu payt uning xonasini eshigi taqilladi


- Taehyung , eshik ortidan kelgan mayin ovoz Tae ning hayolini chalg'itdi. Shoshgancha ortiga o'girilib eshikka termulib qoldi. Tae Minaning ovozini bittada tanidi. 1 necha soniyadan so'ng Mina nafislik bilan asta eshikni ikki bor taqillatdi.


Mina: Taehyung, uygoqmisiz? Minaning ovozidan Taehyungni yuragi hapqirib ketardi. Minaga yuzlashish negadur u uchun noqulaylik tug'dirardi. Taehyung tezda o'zini qolga oldi va sokin ammo biroz yo'gonroq ovozda


Tae: Mina xonim?! Kiravering, deya eshik tomonga qadam tashlagancha borib eshikni ochdi. Eshikni ochdi-yu ko'zlari Minaning horg'in qizargan ko'zlariga tushganida, Tae ning ko'zlarida havotir va hayrat aks etdi. Minaning biroz shishgan ko'zlari tuni bilan yosh to'kkanidan habar berardi go'yo


Tae: M..Mina xonim? Yig'ladingizmi? Sizga nima bo'ldi? havotir bilan so'ray ketdi


Mina: H.Hammasi yaxshi Taehyung, deya nigohlarini yerga tikkancha turdi


Mina: Kirsam maylimi? tosatdan berilgan savoldan Tae biroz shoshib qoldi ammo o'zini yoqotmadi. U eshik oldidan biroz surilgancha Minaga yo'l ochdi va kiravering degandek ishora qildi


Mina ichkariga kirgach o'sha yerda yotoq chetiga o'tirdi. Tae esa bir ikki qadam nariroqqa kelib osha yerda Minaga biroz hayrat bilan tikildi


Mina: Meni.. aybga buyurmang, erta tongdan sizni bezovta qilmoqchi emasdim.. shunchaki, kechagi gaplarni men tuni bo'yi o'yladim.. barmoqlarini qarsillatib oynagancha qollariga termulib gapirardi


Tae: Mina xonim, o'zingizni ortiqcha qiynamang, iltimos... endi gapirishni boshlaganida qiz uning gapini bo'ldi


Mina: Men roziman, ha, hammasiga roziman, qo'qqisdan aytgan gapidan Tae muzlab qoldi. Qiz esa shu gaplarni aytgancha ko'zlarini mahkam yumib boshini quyi soldi. Uning holatini ko'rgan Tae unga yaqin kelib cho'kkalab uning ro'parasiga o'tirdi va qizning qolidan ushladi


Tae: Mina xonim, menga ishoning,


Yigitning ovozidan qandaydur hotirjamlik topgan Minaning hapqirib urayotgan yuragi birdan tinchlandi. Mina uning ovozini eshitganida o'zini havfsiz his qilgandek bo'ldi. Ko'zlarini ochib yigitning nigohlarini o'zining ko'zlarida tutarkan yuragida endi o'zgacha hayajon boshlangandi. Notanish va o'zgacha hislar... bu hislarni jilovlash qiyin, g'alati, huddi oshqozonida mayin kapalaklar sayr qilayotgandek boldi go'yo. Yigitning ovozi , nigohlari , qizning qo'llarini tutib turgan baquvvat qo'llari, hamma hammasi juda havfsiz va ishonchli bo'lib tuyulardi. Yigitning nigohlarida o'zini yo'qotgan qiz, Taehyungning gapidan so'ng uning dengiz kabi chuqur ko'zlaridan haqiqiy olamga qaytgandek bo'ldi


Tae: Rozi bo'lsangiz unda men hozirdanoq harakat qilishni boshlayman, maktabingiz va nikoh byurosi bilan gaplashishim, to'yimiz haqida e'lon qilish uchun 1 haftadan so'ng ziyofat uyushtirib katta katta biznes vakillari va tanishlarimizni taklif qilishim kerak... ziyofatdan 3 kun o'tib to'y qilamiz, siz odatdagidek maktabga borib kelaverasiz ho'pmi? deya Minani qollaridan qolini uzmagan holda unga qaradi


Mina: M..men ertadan maktabga chiqaman, deya ko'zlarini olib qochdi


Tae: Biroz dam olib olmaysizmi? Mina xonim , dafn marosimida ancha toliqdingiz,


pov_Mina:

Uning menga qaratilgan havotirli nigohlariga qarab yurak urushim ozidan ozi tezlashdi. Uning qaynoq qo'llarining tafti qo'limni kuydirgandek bo'layotgandi. Bir on undan ko'zimni uzolmay qarab turdim, keyin esa u qo'llarimdan qo'llarini uzib o'rnidan turgancha yoqimli va hotirjam ohangda gapirganida o'zimga keldim


Tae: Bilaman ahvolingiz yaxshi emas, yuring nonushta qilamiz keyin esa xonangizga qaytib yana biroz dam olasiz,


pov_Tae:

Uning sukutidan gapiradigan ahvolda emasligini tushungandim, ko'zidagi og'riqlarini aniq ko'rar ekanman, ko'proq gapirib uni chalg'itishga va tinchlantirishga urundim, balkim tez orada chiqishib ketarmiz, turmush haqida gap bo'lguniga qadar biroz bo'lsa-da yaqinlashgandik, ammo hozir... oramizda qandaydur noqulaylik bor...


Mina Taehyungni gapiga shunchaki bosh irg'agancha o'rnidan turib xonani birinchi bolib tark etdi.


pov_Tae: Boshini quyi solgancha xonamni tark etarkan uni nigohim bilan ko'z oldimdan g'oyib bo'lguniga qadar kuzatib turdim. Endi Mina xonim va kompaniyalarning mas'uliyati meni bo'ynimda, hammasini vasiyat bo'yicha bajarishim kerak. Aytgancha unita yozibman.. ahir hali onam bilan gaplashganim yo'q-ku...


Taehyung o'ylangancha uy kiyimlarini almashtirib, kastyum shimini kiygach ovqatlanish uchun oshxonaga kirdi. Oshxonada onasi va Mina birga nonushta tayyorlashayotganini ko'rib yuziga biroz tabassum yugurdi. Gap boshlash uchun yaxshi imkoniyat..


Tae: Ehe nimalar tayyorlayabsiz? deya borib stolga o'tirarkan dasturxonni kozdan kechirdi


Mina jimgina teskari qarab gaz plitada tovasidagi go'shtlarni qovurib turardi. Kim xonim esa tayyor bo'lgan ovqatlarni dasturxonga joylarkan


Mrs. Kim: Nonushta tayyorlayabmiz , bugun ishga borasanmi, o'g'lim, deya o'gliga qaradi


Tae: Ha... bugun bir ikkita ishlarim bor, deya tomog'ini qirib qo'ydi. Mina esa biroz boshini burib gavdasi o'sha holatidan jilmagancha


Mina: Xolajon... menimcha go'sht tayyor bo'ldi, deya pastroq ovozda gapirdi


Mrs. Kim: Haa rahmat qizim sen ham bor Taehyungni yoniga o'tir men buni yakunlab keyin o'tiraman, deya qizni yelkasiga qoqib qo'ygach uni qo'lidan tovani oldi. Mina jimgina kelib nonushta uchun o'tirdi. Taehyung ovqatini og'ziga solarkan bir bir Minaga nazar tashlab qo'yardi. Zum o'tmay Mrs. Kim ham kelib ularga qo'shildi. Nonushta qilib bo'lganlaridan so'ng, Mina o'rnidan turib dasturxonni yigishtirdi.


Mrs. Kim: Qizim, kel yordam beraman, ular birga idishlarni yuvib hammasini joylashdi. Ularning ishlarini tugashini kutgancha Taehyung aytadigan gaplarini ichida tayyorlab turardi. Ular ishlarini tugatgach


Mrs. Kim: Ketmaysanmi Tae? deya nam qolinini sochiqqa artgancha oglining yoniga keldi Tae ornidan turib


Tae: Ha oyi ketaman, Mina xonim siz.. dam oling xonaningizga boraqoling, deya Minaga qaradi. Kim xonim oglini gapirishidan sezdiki Minani xonasiga kirishini so'rayotgan bo'lsa demak onasida gapi bor


pov_Mrs.Kim: Bu ajoyib imkoniyat, meni ham u bilan gaplashadigan 1-2 ta gaplarim bor edi.


Mrs. Kim: Ha Mina boraqol sen biroz dam ol, ho'pmi qizim, deya mayin jilmaydi. Mina ularning ikkovlariga qarab qo'ygancha


Mina: Yaxshi.. xonamda bo'laman, deya teskari qarab oshxonani tark etdi.

Tae uni ortidan qarab qolgancha chuqur xo'rsinib joyiga qaytib o'tirdi. Onasi ham shoshgancha Taening yoniga joylashib o'g'lini so'roq qila boshladi


Mrs. Kim: Ho'sh o'g'lim gapir, bilaman menda gaping bor? ogliga qaradi


Tae: Ha oyi.. siz bilan Mina xonim haqida gaplashmoqchi edim, deya qollarini biroz asabiylashib stol ustiga joyladi


Mrs. Kim: Men ham Mina haqida sen bn gaplashmoqchi edim o'zi, bilasanmi o'g'lim u ajoyib qiz shunga men uni o'z vasiyli...


Tae: Men Minaga uylanaman, deya onasini gapini o'sha yeridan uzib qatiy ohangda gapirdi. Eshitganlaridan Mrs. Kim muzlab qolgan edi. O'g'liga hayron qarab qoldi keyin esa oziga kelib


Mrs. Kim: O'g'lim sen aqldan ozdingmi? Sen va Mina... yo'q yo'q men bunga qarshiman, deya Kim xonim ornidan turib teskari qarab oshxonadan chiqib ketishga shaylandi.


Tae: Oyi! Oyijon meni eshiting, Tae yoshboladek onasini ortidan yugurdi. Ular mehmonxonaga chiqishganda Tae onasini yelkasidan ushlab divanga o'tqizdi


Tae: Ona meni eshiting, deya onasini kozlariga boqdi


Mrs. Kim: O'g'lim agar meros, pul uchun shunday qilayotgan bo'lsang yosh bir qizni umrini hazon qilishingga qarshiman! deya jahl bilan qollarini bigiz qilib ogliga gapirdi


Tae: Unday emas oyi... Tae xorsingancha onasiga tushuntirishga urunardi


Mrs. Kim: Senga qanaqa tarbiya bergandim Tae, shundaymi? Ahir o'zing bilasan... men... o yo'q, deya ona peshonasiga qolini qoygancha ozini ortga tashlab divanga suyandi


Tae: Aslida hammasi siz o'ylagandek emas onajon, eshiting hullas....


pov_avtor: Taehyung onasiga Mr. Park unga kasalxonada aytgan gaplari va undan qolgan vasiyat haqida gapirdi. Vasiyatni qo'yib eshittirdi. Mrs. Kim o'ylanib qoldi keyin esa gapirish uchun ogiz juftladi


Mrs. Kim: Sen , nega bunga rozi bo'lding o'g'lim, yana hali og'zidan ona suti ketmagan qizchaga... deya xorsinib ogliga qaradi


Tae: Men.. va'da berganman oyi... Mina menga qolgan omonat...


Mrs. Kim: Ahir vasiylikka olsak ham himoya qila olasan-ku! deya asabiylashdi


Tae: Unday emas, agar singlim bo'lsa unga zarar yetkazishga va har xil yomon kimsalar har qanday yo'l bilan unga erishishga urunishadi. Men uni har qadamda yonida qo'riqlab yurolmayman, lekin u mening rafiqam bo'lsa hech kimni unga hatto qo'lini uchini tekkazishga jur'ati yetmaydi, deya onasiga hammasini bafurja va yotigi bilan tushuntirdi


Mrs. Kim: Ammo seni hayoting-chi o'glim? Yoshing ancha katta bo'lib qolgan, men sening baxtingni ko'rishni istayman, deya o'glini yuzini silagancha onaning ko'zlari yoshlandi


Tae biroz jilmayib onasini yelkalaridan ushladi


Tae: Albatta oyijon... meni baxtimni ham ko'rarsiz, men hozir va'damni bajarishim zarur... Mina xonim katta bo'lib, o'zini eplaydigan bo'lguniga qadar balkim... deya onasini bagriga bosdi


Mrs. Kim: Bu bilan nima demoqchisan? dedi biroz hayratlanib


Tae: Keyinroq tushuntirib beraman, yigit onasini bagridan chiqarib ornidan turdi


Tae: Men sudga undan keyin nikoh byurosiga yana Minani maktabiga borishim va vaziyatni tushuntirib hamma boshqaruvni tezroq o'z qolimga olishim kerak, mayli onajon Mina rozi siz ham, endi to'yga tayyorgalik qilamiz, haftaning oxiriga ziyofat uyushtirishni reja qildim, undan 3 kun o'tgach esa to'y, deya kastyumini togirlab onasiga gapirdi


Mrs. Kim: Hammasi yaxshilikka bo'lsin ishqilib, deya havotir bilan gapirdi


Tae: Albatta hammasi yaxshi bo'ladi, deya onasini peshonasidan o'pib uyni tark etdi


pov_Mrs.Kim: Nahotki mana shu kichkina qiz endi kelinim bo'lsa, ah nima degan odam bo'ldim, odamlar nima deb o'ylashadi... Mina yosh bola maktab o'quvchisi o'g'lim esa... 28 ga to'lgan erkak, bu Minagayam o'g'limgayam yaxshi emas... o'g'limni yoshi o'tyabdi, bunday yosh qizaloq bilan esa umrini bekor ketkazadimi endi..? Mina bilan ham gaplasharman balkim.. hozir ungayam oson emas...


pov_Taehyung: Mashinaga o'tirgancha rulni qolim bilan mahkam siqarkanman, hali hamon asabiy holatda edim, buni Mina va oyimga ko'rsatishni istamasamda, hozir qattiq o'ylanyabman, chalkash hayollar... eh , hammasini tezroq hal qilishim shart, ikkilanib yurish ketmaydi, hozir to'g'ri sud ga undan keyin Mina xonimni maktabiga boraman.


pov_avtor: Taehyung chalkash o'ylari bilan mashinani haydab sud binosi tomon yo'l oldi.


Mina xonasida o'tirarkan, qo'lidagi otasining suratiga tikilgancha yig'lardi


Mina: Otajon, nega meni tark etdingiz? Bu yolg'on dunyoda qizingizni yolg'iz tashlab ketishga ko'zingiz qanday qiydi? Hali hamon vafotingizga ishonmayabman, "qizginam mittivoyim sen kuchlisan-ku, yiglama shu yerdaman" degan gapingiz men uchun judayam kerak hozir... o'sha suhbatimiz so'nggisi ekanini bilganimda edi, qani endi.. sizga judayam ko'p aytadigan gaplarim bor edi, so'nggi marta "otajon sizni yaxshi ko'raman" ham deya olmadim, hali vaqtim bor deb o'ylagan edim, afsus...


Minaning hayollari xonasining eshigi ochilganida bo'linib ketdi. Qiz shoshilib qolidagi suratni bolishi yoniga qo'yib yoshlarini pala partish qo'li bilan artgancha eshikka qaradi.


Mrs.Kim: Qizim... ahvoling yaxshimi? uning yiglayotganini ko'rgan Kim xonim qizning yoniga kelib yotoq chetiga o'tirdi.


Mina: To'g'risi... shu yoshgacha otamdan uzoqda yashab odatlanmagan edim.. uydan boshqa yerda qolmagandim.. xolajon otamning yo'q ekaniga ko'nika olmayabman, deya zo'rga chiqarmaslikka harakat qilib bo'g'zida ushlab turgan ko'z yoshlarini to'xtatishga kuchi qolmay ularni halos etdi.

Mrs.Kim: Qizim... bu ham hayotning bir sinovi, bilaman hozir ahvoling yaxshi emas, katta hayotga qadamni biroz ertaroq qo'yishingga to'g'ri keladi, sen uchun bu qanchalik qiyin ekanini bilsamda sen sabr qilishing kerak hozir, bo'ldi kelaqol yig'lama, deya Kim xonim Minaning yelkalaridan mahkam quchib qizni boshini siladi


pov_Mrs.Kim: Senga dalda berish uchun tilimga ham miyamga ham togri so'zlar kelmayabdi hozir, eh o'g'lim senga uylanishi kerakligi meni jahlimni chiqaryabdi, hozirgina u bilan shuni gaplashaman qarshilik qilarmikin deya kirgandim, lekin nima qilay baribir onaman-da ahvolini ko'rib ortiqcha gapirishga ham botina olmadim...


Mrs. Kim qizni bagriga olgancha sochlaridan silab yupatarkan hayolidan shu gaplarni o'tkazdi.


pov_avtor: Mr. Park ning audio vasiyati tufayli Taehyung hammasini juda oson bitirdi. 5-6 kun ichida Taehyung nikoh byurosigacha hammasini hal qilgach ziyofatni ham kelishib kerakli odamlarni taklif qilib chiqdi.


Ziyofatga qadar Taehyung Minani maktabga borishini taqiqladi. Mina Kim xonim bilan uyda qoldi.


Mana ziyofat kuni yaqin, aniqrogi ziyofat ertaga. Mina Taehyung unga olib kelgan ko'ylaklarni yotoqqa tashlab qoygancha ularga termulib ziyofat haqida o'ylardi


pov_Mina: Ertaga muhum kunlardan biri... ota ertaga qizingizni to'yi haqida e'lon qilishadi. Afsus bu ziyofatda siz bo'lmaysiz..

qiziq, ziyofatga Yeonjun ham kelarmikin.. eh u bilan hatto yaxshiroq gaplasha olmadim ham, u nima deb o'ylarkin endi? Ah Yeonjun kechir... men aslida hislarimni unga izhor qilishni istagandim lekin... otam menga yomonlikni ravo ko'rmagan u bunday qilganiga albatta arzirli sabablar bor ediku..


shunday deya Mina boshini quyiroq solgancha ko'ylaklarni chetga surib ozini yotoqqa tashladi...


pov_Taehyung: Ziyofat yaxshi o'tsa uzog'i 3 kun ichida to'yni tezlashtirishim kerak, tezroq to'yni ham hal qilib kompaniyaga chiqmasam bo'lmaydi kompaniya ishlari qolib ketyabdi. Mina xonimni o'qishlari ham.. 1 hafta Mina xonimga ham vaqt ajrata olmadim, aysh to'ydan so'ng bunday bo'lmasligi kerak, men unga koproq g'amxo'rlik qilishim zarur,


Taehyung shunday degancha charchaganidan achishib ketgan ko'zlarini mahkam yumgancha ishqaladi. U joyiga joylashib uhlashga urundi. Lekin o'ylari hecham uni tinch qo'ymasdi...


Ziyofat kuni_


Mina ertalabda uyg'ondi, dushga kirib chiqqach Taehyung unga olib kelgan ko'ylakni kiydi. Oynaga qarab biroz pardoz qildi, sochlarini togirladi. Hayolan otasi bilan suhbatlashdi


pov_Mina: Otajon, koylagim yarashgan togrimi? sizni mitti malikangizga ahir hamma kiyim yarashadiku, ozingiz shunday derdingiz,


Mina oynadagi o'z aksiga qaragancha chuqur xo'rsindi.

Mina: Yeonjun... uni otasi bn ham otam yaqin edi. Ularni ham taklif etilgan aniq.. Ehh Yeonjunga nima deyman? Uni ko'zlariga qaray olarmikinman...


xonaning eshigi taqilladi va eshik ortidan o'sha tanish va Minaga qandaydur hotirjamlik va hayajon bagishlaydigan ovoz eshitildi


Tae: Mina xonim, tayyormisiz? Kech qolmasligimiz zarur allaqachon mehmonlar...


Mina eshikni ochganida qarshisida kelishgan ko'rkam yigit kastyum shimda turardi.


pov_Mina: Eshikni ochar ekanman qarshimdagi yigitning ko'rinishidan biroz hayratda va hayajonda edim... nega u bunchalik kelishgan? boshidan beri u shunday ko'rkammidi?


pov_Taehyung: U bu kiyimda huddi mitti farishtachaga o'xshardi. Uning qarshisida o'zimni ojizlangandek his qildim. ammo bu bir necha soniyalik ojizlik edi holos, aysh senga nima bo'lyabdi Tae ozingga kel,


hayollari ichida qolgan yigit va qiz bir necha soniya o'tmay o'zlariga kelishdi


Taehyung: Kettikmi? deya qoshlarini ko'tarib savol nigohi bilan qizga yuzlandi


Mina: Ha, ketdik, Mina kiyimining etagidan ohista ushlagancha Taehyungning ortidan mashinaga yo'l oldi. Mashinaga chiqishganida mashinada faqat Taehyung va Mina bor edi.


Mina: Xolam qanilar? deya biroz hayron bolib soradi


Taehyung: Oyimmi? oyim ertaroq ketdilar, mehmonlarni kutib olib o'sha yerda bo'lib turadigan bo'ldilar, haydang, Taehyung haydovchiga ishora qilgach mashina joyidan qozgaldi.


Ko'p o'tmay ziyofat joyiga yetib kelgan Mina va Taehyung sekin mashinadan tushish uchun qozgalishdi. Taehyung birinchi tushib borib Minaning eshigini ochdi va ichkaridagi qizga qo'lini uzatdi


Mina biroz hijolat tortgancha mayinlik bilan yigitning qolidan tutdi. O ha... yana o'sha iliq qo'llar qizning butun tanasida iliqlik yurishiga majbur qildi. Huddi uning tanasidagi har bir hujayralar harakatlanayotgandek, eti biroz jimirlagancha qizni g'alati bir hislar chulg'ab oldi...


Taehyung Minaning qo'llaridan ohista tutarkan. Mina unga bemalol ishonishi mumkin ekanini his qildirish uchun uning qo'llarini ehtiyotkorlik bilan ushladi. Qancha hayajonlansada asabiylashsada buni ko'rsatmadi, chunki Minaning biroz qaltirayotgan qollari hayajonidan darak berardi. Hozir Taehyung hayajonlanishi mumkin emasdi. U aksincha Minani o'z harakatlarim bilan tinchlantirishim kerak deb o'yladi.


Ular mehmonlar oldiga kirib borishar ekan. Minani yagona havotirga solayotgan narsa, uning Yeonjun bilan to'qnashuvi edi. Ko'z ko'zga tushganida nima bo'ladi? Otasi bunday kunlarni ko'ra olmagani bir bo'lsa, Yeonjunning qanday ahvolga tushishini o'ylashi qalbini tirnab turardi...



davomi bor....


#rinakim

@page_fanfics

Report Page