Umumxalq xayriya hashari

Umumxalq xayriya hashari


Hashar - xalqimizning azaliy va ezgu an'analaridan biridir. Hashar tufayli joylarda keng ko'lamli ko'kalamzorlashtirish, obodonlashtirish va yaratuvchanlik ishlari olib boriladi.

Mehnatimiz natijasida nafaqat tozalik va osoyishtalik kabi amaliy sa'y-harakatlar bajariladi, shuningdek, bizning hamjihatlik, birdamlik va insonlarni bir-biriga mehr-oqibatini kabi oliyjanob fazilatlari ham kuchaytiradi. 

Bugun, 21 avgust kuni "O'zatom" agentligi va uning tarkibiy tuzilmalari xodimlaridan iborat ahil jamoa umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etishdi. Ko'chalar tozalandi, yo'l chetidagi begona o'tlar yulindi va atrof hamda ish xonalari saranjom sarishta qilindi. Bugungi hashar jarayonidan lavhalar.

Umumxalq xayriya hashari bu gal ham an'anaviy tarzda O'zbekiston Mustaqilligi kuni tantanalari arafasida o'tkazildi.


O'zatom agentligi matbuot xizmati.

Report Page