“Umumiy pedagogika” fanidan talabalar o‘rtasida Respublika fan olimpiadasining I-bosqichi bo'lib o'tdi

“Umumiy pedagogika” fanidan talabalar o‘rtasida Respublika fan olimpiadasining I-bosqichi bo'lib o'tdi


Buxoro davlat universiteti rektorining 2021 yil 3-martdagi №139-U sonli buyrug‘iga asosan Pedagogika fakultetida 2021 yil 9-aprel kuni . Olimpiada Buxoro davlat universiteti Pedagogika fakulteti 307-xonasida tashkil qilindi. Olimpiadani ochilishida Ilmiy tadqiqot, innovatsiyalar va ilmiy pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘limi boshlig‘i G.T. Zaripov , Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi boshlig'i S.S. Narzullayev  va Pedagogika fakulteti dekani E.M.Muxtorov, pedagogika kafedrasi mudiri Sh.Sh.Olimov hamda mazkur kafedra professor-o‘qituvchilari qatnashdilar.

Pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishi talabalaridan jami 35 nafar talaba, shundan 1-kurslar 9 nafar, 2-kurslar 16 nafar, 3-kurslar 6 nafar, 4-kurslar 4 nafar talaba ishtirok etdi.

BuxDU Matbuot xizmati


Report Page