“Umumiy o‘rta ta’limni rivojlantirish strategiyasi yo‘nalishida fundamental va amaliy tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiya

“Umumiy o‘rta ta’limni rivojlantirish strategiyasi yo‘nalishida fundamental va amaliy tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiya



Konferensiya tashkilotchilari:

Xalq ta’limi vazirligining A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti, O‘Zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspеksiyasi hamda Rossiya ta’lim akademiyasining Ta’limni rivojlantirish strategiyalari instituti 

O‘tkazish joyi va vaqti: 2022-yil 15-noyabr, ZOOM platformasi orqali.


Konferensiyaning asosiy maqsadi:

₋      O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida umumiy oʻrta ta’lim muammolarini tahlil qilish va ularga yechim topish yo‘llarini izlash;

₋      Ikki davlat ta’lim tizimlarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda Rossiya Federatsiyasining umumiy oʻrta ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalarini oʻrganish hamda ular asosida ta’lim jarayoniga o‘qitishning innovatsion shakl va uslublarini joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlash.

 

Konferensiyaning asosiy yo‘nalishlari:

1-shoʻba: Pedagogik qiyosiy tadqiqotlar.

2-shoʻba: Ta’lim tizimida shaxsiy rivojlanish.

3-shoʻba: Boshlangʻich, asosiy va oʻrta umumiy ta’lim mazmunini yangilash.

 

Konferensiyada Respublikadagi xalq ta’limi xodimlarini, ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, boshqa ta’lim muassasalari xodimlari, ilmiy-uslubiy muassasalar mutaxassislari, doktorant, stajor-tadqiqotchi va mustaqil izlanuvchilar qatnashishi ko‘zda tutiladi.

Format - gibrid

Konferensiya ish tili: Oʻzbek va Rus tillari

Konferensiya dasturi keyinroq shakllantiriladi va ishtirokchilarga yuboriladi.

 

Ma’ruza tezislarini rasmiylashtirish talablari:

Ma’ruza tezislari 3-5 bet hajmda, bir nusxada A4 formatli qog‘ozga chop etilgan holda, elektron shakli esa disk, fleshka yoki elektron pochta orqali taqdim etilishi lozim.

Matn o‘zbek yoki rus tilida, Microsoft Word muharriridan foydalangan holda Times New Roman shriftida 14 o‘lchamda, 1,5 intervalda, varaqning chap tomonidan 3 sm., yuqori va pastidan 2 sm, o‘ng tomonidan 1,5 sm joy qoldirish kerak.

Mavzuning nomi bosh harflar bilan qoraytirilgan holda o‘rtaga yoziladi. So‘ngra 1 interval qoldirib, muallifning (mualliflar soni 2 nafardan oshmasligi lozim) ism-sharifi, ilmiy darajasi va unvoni (o‘ng yuqori burchak, kursivda 10 o‘lcham, 1 interval), lavozimi, muassasasining to‘liq nomi, muloqot telefoni, joy kodi bilan (ikkinchi qatorda) ko‘rsatiladi.

Ma’ruza tezislarida annotatsiya bo‘lishi kerak.

Adabiyotlar ro‘yxati – maqola matnidan so‘ng bir interval tashlash. Adabiyotlar ro‘yxati – shrift 14. Adabiyot manbalariga havolalar – matn ichida, masalan: [7] yoki [9, 3-b]. Foydalanilgan adabiyotlar kamida 5 ta manbani o‘z ichiga olishi kerak.

 

Mualliflar uchun ma’lumot:

Konferensiyada ishtirok etish uchun ma’ruza tezislarini elektron shaklda

2022-yil 13-noyabrga qadar tashkiliy qo‘mitaga taqdim etilishi shart. Belgilangan muddatdan so‘ng jo‘natilgan va konferensiya mavzusiga mos bo‘lmagan materiallar qabul qilinmaydi. Ma’ruza tezislarini +998909405358 telegram raqamiga jo‘natishingiz mumkin.

Shunigdek, oʻz murojaatlaringizni Rossiya taʼlim akademiyasining Taʼlimni rivojlantirish strategiyalari institutining Ilmiy-tashkiliy faoliyat va xalqaro hamkorlik boʻlimiga quyidagi teleforn va e-mail manzili orqali yoʻllashingiz mumkin:

Tel. +7 (495) 625-05-89                 E-mail: riit@instrao.ru  

Konferensiya materiallari to‘plami elektron formatda chop etiladi va A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining veb-sayti va ijtimoiy tarmoqdagi kanallariga joylashtiriladi.

Konferensiyaning axborot homiylari – A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining “Xalq ta’limi: muammolar, tadqiqotlar, yechimlar” jurnali hamda Rossiya ta’lim akademiyasining Ta’limni rivojlantirish strategiyalari institutining “Mahalliy va xorijiy pedagogika” va “Qadriyatlar va ma’nolar” jurnallari (eng sifatli maqolalar uchun).

Konferensiyada ishtirok etish bepul.

Agar Siz maqolangizni Rossiya ta’lim akademiyasining Ta’limni rivojlantirish Strategiyasi Instituti instituti jurnallarida chop etilishini xoxlasangiz quyidagi talablar asosida oʻz maqolangizni shakllantirishingiz kerak boʻladi.  



Report Page