Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari o‘rtasida Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar (Science) olimpiadasini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidaNIZOM
Fan olimpiadalari markazi Axborot xizmati1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom umumiy o‘rta taʼlim maktablarining 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 2024-2025-o‘quv yilida o‘tkaziladigan Al-Xorazmiy nomidagi aniq
va tabiiy fanlar (Science) olimpiadasini (keyingi o‘rinlarda - olimpiada) tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.
2. Olimpiadada 7-sinf va 8-sinf o‘quvchilari uchun nazorat materiallari alohida taqdim qilinadi hamda g‘oliblar sinflar va fan yo‘nalishlari kesimida alohida aniqlanadi.
3. Al-Xorazmiy nomidagi aniq fanlar olimpiadasida – matematika fanidan,
tabiiy fanlar (Science) olimpiadasida – kimyo, biologiya, fizika fanlaridan kompleks tarzda topshiriqlar taqdim qilinadi.
4. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi (keyingi
o‘rinlarda - Agentlik) tizimidagi Prezident maktablari, tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar - Abu Ali ibn Sino nomidagi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi va Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar hamda ularning hududlardagi filiallari o‘quvchilari olimpiadaning hududiy bosqichida qatnashishlari mumkin. Agentlik tizimidagi ijod, sport, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari olimpiadaning tuman(shahar) bosqichida ishtirok etadi.
2-bob. Olimpiadani o‘tkazishdan maqsad
5. Olimpiadaning maqsadi quyidagilar hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil
30-sentabrdagi PQ-346-son hamda Vazirlar Mahkamasining “Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, kichik yoshli iqtidorli yoshlarni
qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual salohiyatini namoyon etishiga ko‘maklashish, o‘quvchilarni nufuzli xalqaro fan olimpiadalariga puxta tayyorgarlik ko‘rishlariga shart-sharoitlar yaratish;
taʼlim muassasalari o‘quvchilari orasidan matematika, fizika, kimyo
va biologiya fanlari bo‘yicha bilimli, ushbu fanga qiziquvchi, intiluvchan va ijodkor yoshlarni aniqlash hamda ulardagi ijodiy qobiliyatlarni ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish;
mazkur olimpiadaning Respublika bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan o‘quvchilarni kelgusida xalqaro miqyosida tashkil qilinadigan matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan turli musobaqa va olimpiadalarda ishtirok etuvchi respublika terma jamoasiga nomzod sifatida kiritish, shuningdek, nufuzli xalqaro olimpiadalarda O‘zbekiston jamoasining natijadorligini oshirish maqsadida yosh iqtidorlarni zaxirada tayyorlab borish.
3-bob. Olimpiadaning tuman(shahar) bosqichini tashkil etish va o‘tkazish
6. Respublikamizning barcha tuman va shaharlaridagi Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarida olimpiadani tashkil etish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tuziladi.
7. Olimpiadaning tuman(shahar) bosqichi uchun nazorat materiallari Agentlik huzuridagi Fan olimpiadalari markazi tomonidan tuziladi hamda olimpiadaning hududiy tashkiliy qo‘mitasi tomonidan chop etilib, maxfiyligi ta’minlangan holda olimpiada o‘tkaziladigan kuni joylarga yetkaziladi.
8. Tashkiliy qo‘mita:
olimpiada o‘tkaziladigan joyni belgilaydi va tasdiqlaydi;
olimpiada o‘tkaziladigan joy va vaqti bo‘yicha olimpiadaning tuman/shahardagi barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va nodavlat ta’lim tashkilotlarini xabardor qilinishini ta’minlaydi;
hakamlar hay’ati tarkibi, auditoriya rahbarlari ro‘yxatini shakllantiradi;
olimpiada jarayonlarini belgilangan talablar asosida o‘tkazilishini ta’minlaydi;
o‘quvchilar topshiriqlarni yakunlaganidan so‘ng, savollar kitobchasi ishtirokchilarning o‘zida qoldirilishini hamda barcha ishtirokchilarning testga yozgan javoblar varag‘ini rasmga olib maxsus Telegram guruhiga joylashtirilishini nazorat qiladi;
olimpiada natijalari va hakamlar hay’ati qarori asosida g‘oliblarni keyingi bosqichda ishtirok etishi bo‘yicha tavsiyani Maktabgacha va maktab ta’limi hududiy boshqarmalariga taqdim etadi;
ishtirokchilarning olimpiadalar bo‘lib o‘tadigan manzilga xavfsiz
kelib-ketishlarini ta’minlashga ta’lim muassasalari rahbarlari shaxsan mas’ul hisoblanadi.
9. Olimpiadaning tuman(shahar) bosqichi 7–8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida har bir tuman va shaharlarda 2024-yil 15-fevral kuniga qadar o‘tkaziladi.
10. Mazkur bosqichda har bir tuman va shaharlardagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, nodavlat ta’lim tashkilotlari, Agentlik tizimidagi ijod, sport, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari tomonidan tavsiya qilingan har bir yo‘nalish va har bir sinf bo‘yicha 3 nafargacha o‘quvchilar ishtirok etadi.
11. Olimpiadaning tuman(shahar) bosqichi aniq va tabiiy fanlar (Science) yo‘nalishi bitta turda tashkil qilinadi. Bunda:
aniq fanlar yo‘nalishida ishtirokchilarga matematika fanidan turli qiyinlik darajasidagi 36 ta test savollari taqdim qilinib, ularni bajarish uchun 120 daqiqa vaqt beriladi. Test topshiriqlarining dastlabki 12 tasi sodda darajadagi yopiq test (A, B, C, D javob variantlaridan tanlanadi) bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 0,9 ball bilan baholanadi;
keyingi 12 tasi o‘rta qiyinlik darajadagi yopiq test (A, B, C, D javob variantlaridan tanlanadi) bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 1,5 ball bilan baholanadi;
qolgan 12 tasi qiyin darajadagi yopiq test (A, B, C, D javob variantlaridan tanlanadi) bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 2,6 ball bilan baholanadi, jami 60 ball (12*0,9+12*1,5+12*2,6=60).
tabiiy fanlar (science) yo‘nalishida ishtirokchilarga kompleks tarzda kimyo, biologiya, fizika fanlarining har biridan turli qiyinlik darajasidagi 12 tadan,
jami 36 ta test savollari taqdim qilinib, ularni bajarish uchun 120 daqiqa vaqt beriladi. Har bir fandagi test topshiriqlarining dastlabki 4 tasi (jami 12 ta) sodda darajadagi yopiq test (A, B, C, D javob variantlaridan tanlanadi) bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 0,9 ball bilan baholanadi;
keyingi 4 tasi (jami 12 ta) o‘rta qiyinlik darajadagi yopiq test (A, B, C, D javob variantlaridan tanlanadi) bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 1,5 ball bilan baholanadi;
qolgan 4 tasi (jami 12 ta) qiyin darajadagi yopiq test (A, B, C, D javob variantlaridan tanlanadi) bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 2,6 ball bilan baholanadi,
jami 60 ball (12*0,9+12*1,5+12*2,6=60).
12. Umumiy natijalarga ko‘ra, har bir sinf va yo‘nalish (aniq va tabiiy fanlar) kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafar g‘olib
(1-, 2-, 3-o‘rinlar) aniqlanadi va hakamlar hay’ati qarori asosida tashkiliy qo‘mita tomonidan keyingi bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.
13. Yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘olib o‘rinlar uchun bir nechta ishtirokchilarning ballari teng bo‘lgan taqdirda, test topshiriqlaridagi murakkab topshiriqlar bo‘yicha ko‘p ball to‘plagan o‘quvchi ustunlikka ega bo‘ladi.
14. Barcha holat bo‘yicha ham ballar teng bo‘lgan taqdirda o‘quvchilarga hakamlar hay’ati tomonidan qo‘shimcha 3 ta ochiq test (javobi yoziladigan) beriladi va g‘olib aniqlanadi.
4-bob. Hakamlar hay’ati va apellyatsiya
15. Olimpiadada tashkiliy qo‘mita tomonidan 3 kishidan 7 kishigacha tarkibda hakamlar hay’ati tuziladi.
16. Ishtirokchilarga topshiriqlarni bajarish uchun berilgan vaqt yakunlangandan so‘ng, auditoriya rahbari tomonidan o‘quvchilarning ishlari yig‘ib olinadi va shifrlangan holda hakamlar hay’atiga topshiriladi.
17. Ishtirokchilarning test topshiriqlariga bergan javoblar varag‘ida bitta savolga ikki va undan ortiq javoblar to‘g‘ri deb belgilangan bo‘lsa, ularning birontasi ham inobatga olinmaydi va ushbu savolning javobi uchun 0 ball qo‘yiladi.
18. Hakamlar hay’ati tomonidan o‘quvchilarning bajargan ishlari tekshirilayotgan paytda, tashkiliy qo‘mita tomonidan topshiriqlarning to‘g‘ri javoblari va yechimlari e’lon qilinadi.
19. Test topshiriqlari orasida xato tuzilgan yoki to‘g‘ri javobi mavjud bo‘lmagan savollar aniqlansa, barcha ishtirokchilarga mazkur savol uchun belgilangan ball beriladi.
20. Hakamlar hay’ati barcha o‘quvchilarning ishlarini tekshirib bo‘lgandan so‘ng, ballarni Excel dasturiga kiritadi hamda auditoriyaga yig‘ilgan ishtirokchilarga o‘z ishlari baholangan holatda tanishishlari uchun taqdim etiladi. Ishtirokchilarning auditoriyadagi xatti-harakatlari (o‘z ishlarini o‘zgartirib qo‘yishi, javoblar varag‘ini qaytarib topshirmasligi oldi olinishi kerak) qat’iy nazoratga olinadi.
21. Ishtirokchilar o‘z ishlarini hakamlar hay’ati tomonidan to‘g‘ri va adolatli tekshirilganligiga ishonch hosil qilsalar, uni qaytarib hakamlar hay’atiga topshiradi.
22. Barcha ishtirokchilarning ishlari qayta yig‘ib olingandan so‘ng, ballar o‘zgargan holatlar mavjud bo‘lsa, shu asosida yakuniy qaror shakllantiriladi hamda yakuniy qaror va g‘olib bo‘lgan 3 nafar ishtirokchining javoblar varag‘idan nusxa olinib, barchaga e’lon qilinadi.
23. Agar ishtirokchilarda hakamlar hay’ati tomonidan qo‘yilgan ballarga yoki topshiriq bo‘yicha e’tirozlar bo‘lsa, u holda mazkur ishtirokchilarining arizalari olimpiada natijalari e’lon qilingan kunning o‘zida qabul qilinadi. Qabul qilingan e’tirozlar hakamlar hay’ati tomonidan qayta ko‘rib chiqiladi. Mazkur jarayonda ishtirokchi va uning fan o‘qituvchisi ishtirok etishi mumkin.
24. Qayta ko‘rib chiqish jarayonidan so‘ng barcha ishtirokchilarga yakuniy natijalar bo‘yicha izoh beriladi, bu jarayonda natijalar o‘zgarishi mumkin va bunda hakamlar hay’atining qarori qayta tasdiqlanadi.
5-bob. Olimpiadaning hududiy bosqichini tashkil etish va o‘tkazish
25. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalarida olimpiadani tashkil etish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tuziladi, hududiy boshqarmalardagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish sho‘basi mudiri tashkiliy qo‘mita raisi hisoblanadi.
26. Olimpiadaning hududiy bosqichi uchun nazorat materiallari Agentlik huzuridagi Fan olimpiadalari markazi tomonidan tuziladi hamda maxfiyligi ta’minlangan holda hududlarga yetkaziladi.
27. Olimpiadaning hududiy bosqichi 7- va 8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida har bir hududda 2024-yil 28-fevral kuniga qadar o‘tkaziladi.
Quyidagilar olimpiadaning hududiy bosqichi ishtirokchilari hisoblanadi:
2024-2025-o‘quv yilida o‘tkazilgan olimpiadaning tuman/shahar bosqichida tegishli fan yo‘nalishlari bo‘yicha sinflar kesimida 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar;
agentlik tizimidagi Prezident maktablari, tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar hamda ularning hududlardagi filiallari tomonidan tavsiya etilgan har bir sinf va fan yo‘nalishi bo‘yicha 3 nafargacha o‘quvchilar.
28. Olimpiadaning hududiy bosqichi aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishi bitta turda tashkil qilinadi. Bunda:
aniq fanlar yo‘nalishida ishtirokchilarga matematika fanidan turli qiyinlik darajasidagi 45 ta test savollari taqdim qilinib, ularni bajarish uchun 180 daqiqa vaqt beriladi. Test topshiriqlarining dastlabki 15 tasi sodda darajadagi yopiq test (A, B, C, D javob variantlaridan tanlanadi) bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 0,9 ball bilan baholanadi;
keyingi 15 tasi o‘rta qiyinlik darajadagi yopiq test (A, B, C, D javob variantlaridan tanlanadi) bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 1,5 ball bilan baholanadi;
qolgan 15 tasi qiyin darajadagi ochiq test (javobi yoziladigan) bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 2,6 ball bilan baholanadi, jami 75 ball (15*0,9+15*1,5+15*2,6=75).
tabiiy fanlar (science) yo‘nalishida ishtirokchilarga kompleks tarzda kimyo, biologiya, fizika fanlarining har biridan turli qiyinlik darajasidagi 15 tadan,
jami 45 ta test savollari taqdim qilinib, ularni bajarish uchun 180 daqiqa vaqt beriladi. Har bir fandagi test topshiriqlarining dastlabki 5 tasi (jami 15 ta) sodda darajadagi yopiq test (A, B, C, D javob variantlaridan tanlanadi) bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 0,9 ball bilan baholanadi;
keyingi 5 tasi (jami 15 ta) o‘rta qiyinlik darajadagi yopiq test (A, B, C, D javob variantlaridan tanlanadi) bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 1,5 ball bilan baholanadi;
qolgan 5 tasi (jami 15 ta) qiyin darajadagi ochiq test (javobi yoziladigan) bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 2,6 ball bilan baholanadi, jami 75 ball (15*0,9+15*1,5+15*2,6=75).
29. Umumiy natijalariga ko‘ra, har bir sinf va yo‘nalish (aniq va tabiiy fanlar) kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafar g‘olib
(1-, 2-, 3-o‘rinlar) aniqlanadi va hakamlar hay’ati qarori asosida tashkiliy qo‘mita tomonidan keyingi bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.
30. Yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘olib o‘rinlar uchun bir nechta ishtirokchilarning ballari teng bo‘lgan taqdirda, test topshiriqlaridagi murakkab topshiriqlar bo‘yicha ko‘p ball to‘plagan o‘quvchi ustunlikka ega bo‘ladi.
31. Barcha holat bo‘yicha ham ballar teng bo‘lgan taqdirda o‘quvchilarga hakamlar hay’ati tomonidan qo‘shimcha 3 ta ochiq test (javobi yoziladigan) beriladi va g‘olib aniqlanadi.
6-bob. Olimpiadaning respublika bosqichini tashkil etish va o‘tkazish
32. Aniq fanlar yo‘nalishida Respublika bosqichiga yo‘llanma olgan o‘quvchilar Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasida ishtirok etadi hamda mazkur olimpiadaga xorijiy davlatlardan o‘quvchilar taklif qilinadi. Mazkur olimpiada xalqaro olimpiadalar talablari asosida tashkil qilinadi.
33. Tabiiy fanlar (Science) yo‘nalishida olimpiadaning hududiy bosqichida sinflar kesimida 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar olimpiadaning Respublika bosqichida ishtirok etadi hamda Respublika bosqichi ikki turda tashkil qilinadi. Bunda, ishtirokchilarga turli qiyinlik darajasidagi yozma ish topshiriqlari hamda test savollari taqdim qilingan holda, g‘oliblar aniqlanadi.
34. Tabiiy fanlar (Science) olimpiadasining Respublika bosqichi g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi hamda 2025-yil dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasiga nomzodlar safiga qo‘shiladi.