Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida "Biz baxtli bolalarmiz" nomli tadbir o'tkazildi.

Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida "Biz baxtli bolalarmiz" nomli tadbir o'tkazildi.


Seminar joriy yilning 16-may kuni Arnasoy tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 8-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida amaliyotchi psixologlar tomonidan "Ahil oila baxtli maktab" dasturi doirasida "Biz baxtli bolalarmiz" nomli tadbir o'tkazildi.

 Tadbirga o'quvchilar, ota-onalar/vasiylar, sinf rahbarlar va pedagoglar ishtirok etishdi.

Seminar o'tkazishdan asosiy ko'zlangan maqsad: O'quvchilarning o'ziga va atrofdagilarga nisbatan ijobiy hamda pozitiv munosabatlarini oshirishga qaratilgan.

Seminar davomida, ishtirokchilar bilan bir qator kayfiyat bag'ishlovchi treninglar, fikr-mulohaza yuritishga undovchi mavzular hamda emotsiyalarni uyg'otuvchi treninglar o'tkazildi.

Undan tashqari o'quvchilarning o'z ota-onalariga, ustozlariga atab mehr bilan tayyorlagan esdaliklari topshirildi.


Report Page