Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha musobaqalar tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha musobaqalar tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM

O‘zbekiston "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi


Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 5-avgustdagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-347-son hamda 2023-yil 8-maydagi “2026-yil O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga kompleks tayyorgarlik ko‘rish hamda shaxmatni ommaviy harakatga aylantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-150-son Qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha sport musobaqalari (bundan buyon matnda musobaqa deb yuritiladi) tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.

 

1-bob. Umumiy qoidalar

 

1. Musobaqa joylarda sport inshootlaridan samarali foydalanish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, o‘quvchilar o‘rtasida do‘stona aloqalarni yanada kuchaytirish, sportning shaxmat turini o‘quvchi yoshlar orasida ommalashtirish, o‘quvchilarda jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan havas hamda intilishni, jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini kuchaytirish, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usini yanada oshirishga qaratilgan.

 

2- bob. Musobaqaning maqsad va vazifalari

 

2. Musobaqaning maqsadi jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, o‘quvchilar o‘rtasida do‘stona aloqalarni yanada kuchaytirish, sportning shaxmat turini o‘quvchi yoshlar orasida ommalashtirish, iqtidorli va kuchli sportchilar zaxirasini shakllantirishdan iborat.

3. Musobaqaning vazifalari quyidagilar:

O‘zbekistonda shaxmat sportini ommalashtirish;

madaniy va sport an’analarini saqlash va rivojlantirish;

shaxmat bo‘yicha musobaqalar va ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazish orqali maktab o‘quvchilarining mahoratini oshirishdan iborat.

4. Musobaqa Toshkent viloyatining olis hududlarida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quvchilari o‘rtasida mazkur Nizomga muvofiq o‘tkaziladi.

 

3- bob. Musobaqani o‘tkazishga rahbarlik qilish

 

5. Musobaqani tashkil etish va o‘tkazish O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan amalga oshiriladi.

6. Musobaqa o‘tkazish tegishliligi bo‘yicha O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Toshkent viloyati mintaqaviy bo‘limi tomonidan tasdiqlanadigan hakamlar hay’ati tomonidan amalga oshiriladi.

 

4- bob. Musobaqa ishtirokchilari

 

7. Musobaqa Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanidagi 23, 35-sonli, Quyichirchiq tumanidagi 22, 39-sonli, Piskent tumanidagi 22, 27-sonli hamda Yangiyo‘l tumanidagi
6, 8, 41, 43-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilar belgilangan o‘z yosh toifalari bo‘yicha qatnashishiga ruhsat etiladi.

9 yoshgacha o‘quvchilar ishtirok etadilar. Barcha ishtirokchilar 2015 yilda tug‘ilgan yoki undan kichik yoshda bo‘lishlari shart.

11 yoshgacha o‘quvchilar ishtirok etadilar. Barcha ishtirokchilar 2013 yilda tug‘ilgan yoki undan kichik yoshda bo‘lishlari shart.

 

5- bob. Musobaqani o‘tkazish tartibi

 

8. Musobaqa Xalqaro shaxmat federasiyasi (FIDE) qoidalari asosida blis yo‘nalishi bo‘yicha 2024-yil 10-13-yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi:

9. Musobaqa 7 turdan shveytsarcha tizimda o‘tkaziladi va barcha yosh toifalarida har bir ishtirokchilarning to‘plagan umumiy ballari yig‘indisi bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.

10. Musobaqa elektron va mexanik shaxmat soatlardan foydalangan holda o‘tkaziladi hamda har bir ishtirokchi uchun bir o‘yin vaqtiga 3 daqiqa vaqt belgilanadi. Ishtirokchilarga birinchi yurishdan boshlab har bir yurish uchun

2 soniyadan qo‘shimcha vaqt ajratiladi.

11. Barcha yosh toifasidagi musobaqa ishtirokchilari partiyalarni yozib borishlari va blanklarni hakamlar hay’atiga topshirishlari shart.

12. Musobaqaning yakuni yuzasidan hisobotlar hakamlar hay’ati tomonidan O‘zbekiston ”Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashiga musobaqa yakunidan so‘ng 1 kun muddat ichida topshiriladi.

 

6- bob. Musobaqani o‘tkazish shartlari

 

13. Har bir ishtirokchi 2023-yil 28-dekabrdan 2024-yil 9-yanvargacha uyda (bobosi, otasi, onasi, akasi, opasi, singlisi, ukasi yoki o‘rtog‘i bilan) shaxmat o‘ynayotgan videosini to‘liq tasvirga olishi hamda telegram tarmog‘i orqali YOSHLIK_MK manziligi yuborishi lozim.

14. Video roliklar ostida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi shart:

o‘quvchining familiya, ismi, sharifi, maktab raqami, sinfi (Masalan - Bekmuratov Baxodir Foziljon o‘g‘li, 12-maktab, 8-sinf);

15. Yuboriladigan video roliklarga qo‘yiladigan talablar:

MP4 formatida yuzni taniy oladigan tiniqlikda bo‘lishi;

video boshidan oxirigacha bir martalik kadrda olinishi;

videoga olish jarayonida kattalashtirish, kichraytirish va harakatli effektlardan foydalanmaslik talab etiladi.

 

7- bob. Musobaqa g‘olib va sovrindorlarini aniqlash va taqdirlash

 

16. Musobaqa g‘olib va sovrindorlari jami to‘plangan ochkolar soniga ko‘ra aniqlanadi. Ochkolar teng bo‘lib qolgan hollarda g‘olib va sovrindorlar quyidagicha aniqlanadi:

Xalkaro shaxmat federasiyasi (FIDE) shveysarcha tizim uchun qabul qilingan nizom bo‘yicha;

“O‘zaro uchrashuv”;       

“Buxgols” ko‘rsatkichi;

“Tay-brek” qo‘llanilgan holda amalga oshiriladi.

17. Musobaqaning g‘olib va sovrindorlari O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan 1, 2, 3-o‘rinlar uchun ta’sis etilgan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.

 

8-bob. Yakuniy qoidalar

 

18. 2024-yil 9-yanvaridan keyin olingan video roliklar va musobaqa bilan bog‘liq murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi.

19. Musobaqa natijalaridan norozi bo‘lgan ishtirokchilar tomonidan turnir yakunidan so‘ng, 15 daqiqa ichida Apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilishi mumkin.

20. Shikoyatlar taqdim etilgandan so‘ng, Apellyatsiya komissiyasi tomonidan 1 soat ichida ko‘rib chiqilib, asoslangan tarzda o‘rganish natijasi shikoyatchiga e’lon qilinadi.



Report Page