Umr yo‘ling xaritasi bu-KITOB!
Rasulova MalikaBuyuk dramaturg Viliyam Shekspir kitoblar haqida shunday degan edi : “Kitob muqovasi zarhalli bo‘libgina qolmay, ichidagi mazmuni ham oltinga teng bo‘lsa, u alohida ahamiyat kasb etadi.Darhaqiqat kitob zamonlar dengizida sayohat qilayotgan va oʻzining qimmatbaho yukini avlodlardan-avlodlarga tashiyotgan hikmat kemasidir.Joriy yilning 19-dekabr sanasida Romitan tumani 3-umumta'lim maktabida kitoblar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
Bugungi axborot asrining ilg’or texnologiyalarisiz kunlarimizni tasavvur qilolmamasak-da, tengdoshlarimiz orasida kitobga oshno bo’lgan yoshlarning borligi quvonarli holdir.
Òquvchilarga kitob mutolaasi kishida shunday chin insoniy fazilatlarni shakllantirib, uni hayotda oʻz oʻrnini topishga, jamiyatning chinakam aʼzosiga aylanishida, dunyoqarashini kengaytirishda beqiyos ahamiyatga ega ekanligini aytib òtdik.Zero buyuk bobokalonimiz, soʻz mulkining sultoni Alisher Navoiy hazratlari taʼkidlaganlaridek kitob – beminnat ustoz, bilim va maʼnaviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbaidir.
Darhaqiqat kitob o‘qigan inson, qaysi sohada ishlamasin, to‘g‘ri fikrlash, oqu qorani ajratish, murakkab vaziyatlarda oqilona qaror qabul qilish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.
3-maktab IMMBT:Rasulova M