Umidingni soʻndirma!

Umidingni soʻndirma!

⸙ꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋJ @JavohirKeldiyorov

Kuz.

Bevafo yoridan ayrilgan yaproqlar nola chekib mayin shitirlar, tongda quygan yomg‘ir tomchilari barglar sahnida tovlanar edi.

Shahar markaziy shifoxonasining to‘rtinchi qavati. Xira tortgan derazadan boqqanicha xayol ummoniga cho‘kkan bu yigitning neni o‘ylayotgani faqat Yaratganga ayon. Ikki oy avval sodir bo‘lgan avtohalokat uni to‘shakka mixlagan edi. Yonida esa onasi — Xolida aya. Turmush zahmatlaridan qadoq bo‘lgan qo‘lida tasbeh. Jigarbandining holidan yuragi ezilar, ko‘zlarida yosh bilan Yaratganga nola qilardi.

— Ovqatingni nega yemading bolam, sovub qolibdi. Isitib kelaymi?!

— Yo‘q, shart emas ona, hali ochiqmadim.

Shu payt xonaga bosh shifokor kirib keldi. Baland bo‘yli yoshgina yigit. Uning ismi Ravshan edi.

— Assalomu alaykum ,xolajon, salomatmisiz?!

—Va aleykum assalom, bolajonim, Allohga shukr yaxshiman. O‘zing yaxshimisan, uydagilaring tinchmi?!

—Rahmat xolajon, uydagilar yaxshi. Sizchi do‘stim, ahvolingiz yaxshimi?!

Umid jim. Oynadan atrofga boqqanicha o‘yga tolgan, gapiray desa yuragi to‘lib turibdi. Yig‘lamoqdan nari beri bo‘lib, boshini qimirlatib qo‘ya qoldi.

Shifokor asta kelib uni tekshira boshladi.

—Xudo xohlasa umid bor. Ko‘rmaganday bo‘lib ketasiz. Siz muhimi o‘zingizga ishoning. Hammasi o‘z qo‘lingizda..!

Tun.

Tashqarida sharros yomg‘ir. Bugun shifoxonada Ravshan navbatchi edi. To‘satdan gulduragan momaqaldiroq ovozi uni uyg‘otib yubordi. U ko‘zlarini ochgancha soatga qaradi - 02:35. Bir vaqt zaldan kuchli shovqin eshitildi. Ovoz Umidning xonasidan kelayotgan edi. Jon holatida yugurib borgan Ravshan yerda ingrab yotgan Umidni, yirtilgan parda-yu, ag‘dar to‘ntar xonaga ko‘zi tushdi. Nogoh yuziga kelib tushgan kuchli shapaloq zarbidan o‘ziga kelgan Umid Ravshanning ko‘zlariga termulib turar edi.

—Jinni bo‘ldingmi?!

—Ha men jinniman, telbaman. Men hech kimga kerak emasman. Hayotdan shunchalik to‘ydimki, yashashimdan ma’no yo‘q. Men o‘lmoqchiman! Meni tinch qo‘y! Men… Men… Men… Nima deyay? Mening otam saraton sabab olamdan o‘tdi. Onam haligacha maktabda farrosh. Men esa haligacha bu yerda to‘shakka mixlanib yotibman. Mening yashashimdan maqsad ham ma’no ham yo‘q?

Ravshan unga termulib qolgan, Sardorning gaplaridan jahli chiqayotgan edi.

—To‘g‘ri, sen hech kimga kerak emassan. Bemalol o‘lishing mumkin. Xohlasang, bunga yordam ham berishim mumkin. Lekin shuni bilib qo‘y! Sen onang uchun, kelajakdagi o‘zing uchun va biz uchun keraksan! Eshitayapsanmi! Sen indamay o‘zingni o‘ldirib yuborsang, hokisor onangda nima ayb?! Seni bu dunyoga keltirib nima ro‘shnolik ko‘rdi axir?! Hali ham kech emas! Avval aytganimday yurib ketishinga umid bor! Sen avval o‘zing buni xohlashing va harakat qilishing kerak. Hali hammasi oldinda. Men o‘zim senga yordam beraman. Xudo xohlasa yurib ketishinga mana men kafilman!

Fevral oyining so‘ngi kunlari. Shifoxonaning orindig‘ida xayol surganicha o‘tirgan Umidning nogoh iliq taftdan yuragi seskanib yoniga qaradi. Oldida bolasining sog‘ayib borayotganidan sevinchi ichiga sig‘may, ko‘zlari namlangan Xolida aya va bosh shifokor Ravshan aka o‘tirar edi.

—Allohga shukr akajon. Yaxshi ham gapmi?! A’lo darajada!

—Shundoq bo‘lsin ukajon! Hali hammasi oldinda. Allohim suygan bandasiga sinov beradi. Hech qachon taslim bo‘lmaslik kerak. Eng muhimi UMIDINGNI SO‘NDIRMA!

Javohir Keldiyorov



Report Page