"Ulug‘bek izdoshlari" olimpiadasining qoidalari

"Ulug‘bek izdoshlari" olimpiadasining qoidalari

KHISO olimpiada maktabi

Oʻzbekiston Respublikasi  Innovatsion rivojlanishi vazirligi, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi, KHISO olimpiada maktabi va Yoshlar akademiyasi hamkorligida fan va davlat arbobi Mirzo Ulugʻbek tavalludining 627-yilligi munosabati bilan matematika va fizika fanlaridan “Ulugʻbek izdoshlari” olimpiadasining 2-bosqichiga barchani taklif qilamiz.

Olimpiadaning 2-bosqichi khiso.uz saytida onlayn oʻtkaziladi.

Olimpiadaga @khiso_uz_bot orqali roʻyxatdan oʻtishingiz zarur!

Barcha ma’lumotlar va savollardan namunalar olimpiadaning @mu627 rasmiy telegram kanali orqali berib boriladi.

Olimpiada matematika va fizika fanlaridan (alohida-alohida) uch bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi boshqich va ikkinchi bosqichda qatnashish cheklanmaydi. O‘quvchining birinchi bosqichda to‘plagan balli x va ikkinchi bosqichda to‘plagan balli y bo‘lsa, x+3y miqdor hisoblanadi va unga ko‘ra final bosqichi ishtirokchilari aniqlanadi. Final bosqichida oldingi ballar bekor qilinadi. Finalda umumiy qatnashchilarning 10% i (gacha) qatnashish huquqiga ega bo‘ladi.

Final bosqichi uchun natijalarni hisoblash jadvali

Birinchi va ikkinchi bosqichda savollar 20 ta testda iborat bo‘ladi. Birinchi bosqichda 15 ta oson (to‘g‘ri yechsa 3 ball, xato yechsa -1 ball, belgilamasa 0 ball) va 5 ta murakkab (to‘g‘ri yechsa 5 ball, xato yechsa -2 ball, belgilamasa 0 ball) testlar beriladi hamda maksimal 70 ball to‘plash mumkin.

1-bosqich uchun baholash


Ikkinchi bosqichda 10 ta oson (to‘g‘ri yechsa 3 ball, xato yechsa -1 ball, belgilamasa 0 ball), 5 ta o‘rtacha qiyinlikda (to‘g‘ri yechsa 4 ball, xato yechsa -2 ball, belgilamasa 0 ball) va 5 ta murakkab (to‘g‘ri yechsa 6 ball, xato yechsa -3 ball, belgilamasa 0 ball) testlar beriladi hamda maksimal 80 ball to‘plash mumkin.

2-bosqich uchun baholash


Testlar 50% gacha nostandart bo‘lishi mumkin.

Matematika: Uchta kategoriya bo‘yicha o‘tkazilib, ular 5-6-7 sinf (A daraja), 8-9 sinf (B daraja) va 10-11 sinf (C daraja).

Fizika: Uchta kategoriya bo‘yicha o‘tkazilib, ular 6-7 sinf (A daraja), 8-9 sinf (B daraja) va 10-11 sinf (C daraja).

Final bosqichi haqida qo‘shimcha ma'lumotlar va rag‘batlantirish haqida olimpiada davomida batafsil axborot beriladi.