Ultratovushli qavish va tikuv uskunalari

Ultratovushli qavish va tikuv uskunalari

https://t.me/OSS_uz
https://dastgoh.uz

Assalomu-alaykum qadrli kanalimiz a'zolari bugun ONE STEP SOLUTION XK sizlarga ultratovushli qavish va tikuv uskunalarini taqdim etadi.Har bir sohada bo'lgani kabi tekstil sohasida ham rivojlanish sezilarli darajada bo'lmoqda.Ayniqsa qavilgan mahsulotlarga bo'lgan talab yurtimizda ancha yuqori hisoblanadi.Ushbu qavilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun ananaviy qavish dastgohlari va zamonaviy qavish dastgohlaridan foydalaniladi. Ananaviy dastgohlar qavishni ip yordamida bajaradi va bunday ishlab chiqarish jarayoni ayrim kamchiliklardan holi emas.Quyida sizlarga yangi ultratovushli va ananaviy ip bilan qavishni o'zaro taqqoslab ko'ramiz.

  1. Iplik qavish uskunasi doimiy nazorat talab etadi va tuzatish xarajatlari yuqori. (Ignalar, servo motor, invertor va boshqalar)
  2. Qavish tezligi past, sarflangan elektr energiyasini inobatga olganda foydali ish koeffitsiyenti yuqori emas.
  3. Qaviladigan mato turi va uning qalinligini doimiy nazorat qilish lozim, aks holda sizga bu xato qimmatga tushishi mumkin.
  4. Uskunaning narx jihatidan qimmatligi
  5. Ishlash jarayonidagi shovqinning meyoridan ortiq bo'lishi

Biz sizga yangicha va zamon talablariga to'la javob beruvchi ultratovushli qavish uskunasini va unga qo'shimcha ravishda ultratovushli tikuv dastgohini taklif qilmoqdamiz. Biz tavsiya qilgan liniya qanday qulayliklarga ega.

  1. Chiqadigan mahsulot tannarxi sezilarni darajada arzonlashadi
  2. Tezlik yuqori bo'lganligi sabab, buyurtmalar o'z vaqtida bajariladi
  3. Qavish maxsus qolip orqali bajarilganligi sababli uskuna uchun sarf xarajatlar birmuncha arzon. Eng muhimi qovish jarayonida umuman ipdan foydalanilmaydi.
  4. Biz sizni xarajatlaringizni minimallashtirish maqsadida mahsulotingiz chet qismlarini tikish uchun ultratovushli tikuv uskunasini ham tavsiya qilmoqdamiz. Ushbu uskunada siz boshqa ko'plab ishlarni ham bajarishingiz mumkin.
  5. Sun'iy charm mahsulotlaridan ham foydalanish mumkin
  6. Ko'p marta yuvilganda ham qavish sifati o'zgarmasdan qoladi

Biz sizga tavsiya etadigan qovish uskunasi yordamida siz 2 qavat (mato+sintepon) va 3 qavatli (mato+sintepon+mato) bo'lgan mahsulotlar ishlab chiqara olasiz. Quyida siz uskuna texnik ko'rsatgichlari bilan tanishib olishingiz mumkin.

https://dastgoh.uz
https://dastgoh.uz
Qovish naqshlaridan na'munalar

Mahsulotingizni chet qismlari uchun siz oddiy tikuv uskunasidan ham foydalanishingiz mumkin, lekin biz sizga ultratovushli tikuv uskunasini tavsiya etmoqdamiz. Ushbu uskuna uchun ip zarur emas va mahsulotingiz ko'rinishi ham boshqalarnikidan keskin farqlanadi. Kerakli roliklarni tanlab siz chet qismini har xil gulli naqshli qilib chiqarishingiz ham mumkin. Bunda chastotalar kerakli nuqtaga berilib xuddi payvandlash kabi holat yuz beradi. Bunda Mato+sintepon+mato ko'rinishidagi tayyor mahsulotlarga qulay hamda matoni o'zi uchun ham ishlatsa bo'ladi.

https://dastgoh.uz
https://dastgoh.uz
https://dastgoh.uz
Ishlatilish sohasidan kelib chiqib roliklar tanlanadi.

Endigina ushbu sohada ish boshlamoqchi bo'lgan tadbirkorlarimizda o'z o'zidan ushbu ishni qanday boshlayman, kerakli xomashyolarni qayerdan olaman, ishni boshlash uchun mutaxasis bormi degan muammoli savollarizga ONE STEP SOLUTION jamoasi o'z maslahatlarini ayashmaydi va bizda malakali mutaxasislar mavjud. Hozirda bozorlarimizda ommabop bo'lgan mahsulotlarni ya'ni qovilgan ko'rpa mahsulotlari, yostiqlar, ustki kiyimlar, avtomobil o'rindiqlari uchun qoplama mahsulotlar va boshqalar ishlab chiqarish mumkin.Yuqorida sizga taklif qilingan ikki uskuna yordamida siz yurtimiz bozorida xaridorgir bo'lgan ko'plab mahsulotlar chiqarishingiz mumkin. Biz sizning biznesingiz rivoji uchun astoydil harakat qildik, sababi siz bir xil mahsulot bilan cheklanib qolmaysiz va mahsulotlaringiz tannarxi shu kabi mahsulot taklif qiluvchilardan birmuncha arzonga tushadi hamda sizda raqobatchilar hozircha kam. O'ylaymizki bugun sizlarga taklif qilgan biznesimiz ma'qul keldi.

Yuqorida keltirilgan narxlar QQS siz, 17.12.2019 sanadagi narxlarga muvofiq ko'rsatilgan va ular o'zgarishi mumkin

Toʻlovlarni milliy valyutamiz soʻmdagi hisob raqami, tadbirkorlarning korporativ kartalari, valyuta hisob raqami, xalqaro toʻlov kartalari orqali amalga oshirish mumkin.

Xaridorlar uskunalarini Toshkent shahridagi omborimizdan yoki Navoiy shahridagi "One Step Solution''XK do'koni (ofis)mizdan qabul qilib olishlari mumkin.

(Oʻrnatib berish va O'zbekiston bo'ylab yo'l xarajatlari xaridor tomonidan alohida toʻlanadi)

Direktor: Ulug'bek Xolmurodov +99894 225 0008

Menejer: Firdavs Fayzullayev +99893 344 04 04

Menejer: Nodir Murodov +99894 484 0008


Sayt: https://dastgoh.uz

Email: trade.china1@bk.ru

Telegram kanal: https://t.me/OSS_uz

Manzil: Navoiy shahar, A.Navoiy ko'chasi, 46 uy

Moʻljal: Istiqlol to'yxonasi ro'parasida.

https://t.me/OSS_uz
https://t.me/OSS_uz
https://dastgoh.uz



Report Page