Ukki Design Contest

Ukki Design Contest

UkkiNews

Kirish

"Ukki Design Contest" bu TATU talabalari o'rtasidagi dizaynerlik bo'yicha sovrinli musobaqa. Musobaqada qatnashish mutlaqo bepul va ixtiyoriy. Qatnashchidan Adobe XD dasturida ishlay olish talab etiladi.

Musobaqa davomiyligi

Musobaqa 2019-yil, 9-noyabr kuni boshlanib, 3 hafta davom etadi va yakunda ishlar baholanishi bilan qo'shganda 22 kunni o'z ichiga oladi. Barcha qatnashchilar ishlarni dastlabki 21 kun ichida topshirishlari kerak bo'ladi, oxirgi 24 soat faqat ishlar ko'rib chiqilishi va g'oliblarni aniqlash uchun ajratiladi.

Sovrinlar

1-o'rin: Ukki Team'ga dizayner sifatida qabul qilinadi

2-o'rin: 404000 so'm miqdoridagi pul mukofoti

Shartlar

Barcha ishlar Adobe XD dasturida bajarib topshirilishi kerak.
Ishlar o'zbek tilida bajariladi.
Kerakli ma'lumotlarni demo sifatida LMS.tuit.uz saytidan olib ishlatish mumkin.
Har bir element dizaynerga tegishli bo'lib, tayyor elementlar, ikonkalardan foydalanish mumkin emas.
Ikonkalar, tasvirlar - barchasi vektor grafikasida ishlanishi shart. Rastrli grafika mumkin emas.
Liquid Vectors, Material Design, Flat Design, Isometric Vectors kabi yo'nalishlarda ishlash tanlovda yuqori baholanishga yordam beradi.
⚠️ Dizayner o'z ishida LMS.tuit.uz dizayni, tuzilish va ranglaridan mutlaqo foydalanmasligi tavsiya etiladi. Noan'anaviy yondashuv va kreativlik yuqori baholanadi.
Metarial Design
Isometric Vectors
Liquid Vectors

Siz 3 hafta davomida Ukki X dasturi uchun o'z dizayn variantingizni tayyorlashga urinib ko'rasiz. Yakunda bir dona to'liq ishni jo'natasiz, unda ENG KAMIDA quyidagilar tasvirlanishi kerak (biroq bu bilan cheklanish talab etilmaydi, qo'shimchalar kiritish mumkin):

  1. Dasturga ulanish
  2. Asosiy fanlar ro'yxati
  3. Fan uchun kalendar reja (ma'ruza va amaliyot/laboratoriya)
  4. Fan bo'yicha topshiriqlar ro'yxati
  5. Bildirishnomalar
  6. Dars jadvali
  7. Qidiruv
  8. Sozlamalar
  9. Dastur haqida ma'lumot
  10. Ukkidagi "do'stlar" ro'yxati
  11. Fan uchun eslatmalar. Bunda asosiy maqsad - shunchaki biror fan tanlab, u haqida qisqa izohlarni saqlab qo'yish.
  12. Akkaunt ma'lumotlari (ism, familiya, kurs, tug'ilgan sana, yo'nalish/fakultet ...)
  13. Shaxsiy induvidual reja
  14. Statistika (LMS dagi ma'lumotlar asosida ixtiyoriy statistikalar GRAFIK ko'rinishda tasvirlanishi kerak)
Talabnomadagi bu qismlar Android platformasiga moslashtirgan holda tuziladi. Har bir qismni alohida oyna qilish yoki bir nechtasini bitta oynada tasvirlash mutlaqo ixtiyoriy.
Bir oynadan boshqasiga o'tish va oyna ichidagi harakatlar/vizualizatsiyalardagi animatsiyalar alohida e'tiborga olinadi.
Ish XD formatida tayyorlanishi va barcha ishlar yakunda bitta ZIP faylga jamlangan holda @UkkiContestBot ga jo'natilishi kerak.
⏰ Ishlarni 2019-yil, 30-noyabr kuni soat 23:59 ga qadar jo'natish mumkin. Bundan keyingi jo'natilgan ishlar qabul qilinmaydi.


MUHOKAMALAR: @UkkiChat

YANGILIKLAR: @UkkiNews

Report Page