Uchquduq tumanida sportning pauerlifting turi bo‘yicha tuman birinchiligi musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Uchquduq tumanida sportning pauerlifting turi bo‘yicha tuman birinchiligi musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Navoiy viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi 22-February 2022

Joriy yilning 19-21-fevral kunlari Uchquduq tuman Kelajak yoshlar markazi og‘ir atletika sport zalida Aholi sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish maqsadida, belgilangan karantin qoidalarga qat'iy rioya qilgan holda Uchquduq tuman bolalar-o‘smirlar sport maktabining 2022 –yilgi taqvim rejasiga asosan sportning pauerlifting turi bo‘yicha 2004-yilda tug‘ilgan va undan kichik yoshdagi o‘smirlar o‘rtasida tuman birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi. Мusobaqada 40 nafar  sportchi shundan 2-nafari qiz bolalar ishtirok etdi.

Musobaqada g‘olib bo‘lgan ishtirokchilarga Uchquduq bolalar-o‘smirlar sport maktabi ma’muriyati tamonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.


Navoiy viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi matbuot xizmati

Obuna bo‘ling 👉 https://t.me/navoitourism

Report Page