" Uch AVLOD UCHRASHUVI"
Alisher Navoiy mfy yoshlariKogon shahar 2-umumta`lim maktabida Alisher Navoiy mfy raisi H.Qurbonov va yoshlar yetakchisi S.Xamrayev tashabbusi bilan Alisher Navoiy va Bunyodkor mahalla fuqarolar yig`inining faol nuroniylari - 10-11 sinf bitiruvchi yoshlar bilan "uch avlod uchrashuvi" o`tkazildi. Uchrashuvda:
H.Qurbonov, X.Sharipova, F.Sharopov, N. Mirzayev, D.Ergashevalar maktab yoshlari bilan suhbatlashib, o`z hayot va mehnat faoliyatlarini o`quvchi yoshlarga so`zlab berdilar. Uchrashuvda so`zga chiqgan Alisher Navoiy mfy raisi H.Qurbonov O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "NAJOT TA`LIMDA", "NAJOT TARBIYADA" "NAJOT BILIMDA" degan so`zlarini mazmun mohiyatini yoshlarimizga ochib berdi.Hamda ularning kelajakdagi maqsadini amalga oshirishda zafarlar tiladi. H.Qurbonov o`z fikrini davom ettirib " Kelajak bugundan boshlanadi, bugun biz tarbiya ishiga ahamiyat bermasak, kelajakni qo`ldan boy bergan bo`lamiz" deb o`z so`zini yakunladi.




Alisher Navoiy mfy yoshlar matbuot xizmati....................................