#UcellLifehack: Suhbatdan oson o‘tish sirlari!

#UcellLifehack: Suhbatdan oson o‘tish sirlari!



Biz sizlar uchun suhbatdan osongina o‘tib, o‘zingiz istagan ish o‘rniga ega bo‘lish uchun 5 ta maslahat tayyorlab qo‘ydik.

1. Rezyumeni to‘g‘ri tuzing.

Rezyume bu o‘ziga xos reklama. Uni to‘g‘ri tuzib siz o‘zingiz istayorgan ishchi o‘rniga nechog‘lik mosligingiz, tajribangiz, bilimlaringiz va yutuqlaringiz bu lavozim uchun ayni muddao ekanini tasdiqlaysiz.

2. Bo‘sh ishchi o‘rni vakansiyasini va unga talabgorlarga qo‘yilayotgan talablarni yaxshilab o‘rganib chiqing.

Siz egallamoqchi bo‘lgan ishchi o‘rni mohiyati va salohiyatini o‘rganib chiqing. Nomzodlarga qo‘yilayotgan har bir talab yuzasidan savollar tuzib, ularga javoblar tayyorlang.

3. Noverbal bo‘lgan hatti-harakatlaringizni o‘ylab ko‘ring.

HR mutaxassislari noverbal belgilarga: tashqi ko‘rinish, yurish-turish, hatti-xarakat va shu kabilarga e’tibor qiladilar. Qaddingizni tik tutib o‘tiring, asabiylashmang, ko‘zga tik boqib ishonch bilan gapiring. Noverbal muloqotda samimiylik sizga nisbatan bo‘lgan ishonchni oshiradi.

4. Rost gapiring, savol berishga uyalmang.

Rezyumeingizga oid ma’lumotlarga oydinlik kiritishlariga tayyor turing. “nima uchun avvalgi ish joydan ketgansiz?”, “Nega aynan bizning muassasa?” kabi savollar berishlari tabiiy hol. Savollarga rost javob bering va albatta siz ham o‘zingizni qiziqtirgan savollarni bering. Savol berishingiz sizni shu ishga nisbatan qiziqishingizni va bu sohadagi bilimlaringizni aks ettiradi. 

5. Suhbatni yaxshi kayfiyatda yakunlang.

Suhbatdan o‘tkazgan xodimga minnatdorchilik bildirishni unitmang. Tanlovning keyingi bosqichlari haqida so‘rashdan qo‘rqmang.

Ushbu maslahatlarga amal qilish sizlarni istagan ishingizdan joy topa olishingizda as qotadi deb o‘ylaymiz!

Ucellda mavjud ishchi o‘rinlar bilan havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

http://ucell.uz/ru/myucell/career

Report Page