Uber - qanday boshlagan?

Uber - qanday boshlagan?

Abdufattoh

Dunyoda shunday kompaniyalar borki, har doim sizni o'zining mahsulotlari, ishlanmalari va g'oyalari bilan dunyo ahlini hayratga soladi. Hozirgacha bir ko'rganlarimiz Apple, Facebook, Tesla va bular bilan bir qatorda so'nggi yillarda Uber kompaniyasi ham tilga olina boshladi.


Keling Uber haqida gaplashishdan avval o'ylab ko'raylik O'zbekistonda shunga o'xshash qanday startuplar mavjud.MyTaxi.Aytishingiz mumkin, taxi buyurtma qilgandan ko'ra ko'chaga chiqib ushlagan yaxshi emasmi ular qimmatroq, vaqtliroq chaqirish kerak va yana shunga o'xshash ko'plab gaplar.Ko'pchiligimiz startup nima ekanligini bilamiz deb o'ylaymiz lekin uni aynan qanday ishlashini va uning asosiy maqsadlari va qulayliklarini uncha tushunmaymiz.Uber ham Mytaxi ham shaxsiy taxi yoki shaxsiy mashina bilan ta'minlab beruvchi loyiha emas.Aslida, bu logistika kompaniyasi ya'ni Mytaxi loyihasi nafaqat odamlarni bir joydan ikkinchi joyga olib boradi balki muzqaymoq, gullar, va talablarga ko'ra istalgan buyum yoki shaxsni bir joydan ikkinchi joyga yetkazib beruvchi logistik kompaniya.


Uber hikoyasi bizni 2008 yillarga olib boradi qaysiki ikki co-founderlar ya'ni asoschilar uchrashgan Parijdagi LeWeb konferensiyasiga. Travis Kalanick va Garret Camp, ular ko'rishgan davr ko'plab qiyinchiliklarga uchragan, hayotdan noligan paytlari edi, kechqurun parij ko'chalarida yomg'ir ostida taxi topolmay uyga qaytgan paytlari ham ularni o'zlarining g'aroyib g'oyalaridan chalg'ita olmadi.O'sha paytlar ham parij restaranlarida yosh 'uber' asoschilari bu global muammoni ya'ni istalgan yerda va istalgan vaqtda mashina taxi topish muammosi haqida o'ylab yurishardi.O'sha vaqtlargacha ikki narsa aniq edi: yechim albatta mobil ilova ko'rinishida bo'lishi tezkor bo'lishi va haydovchilar Jay lenoning shaxsiy garajidan mashinalarni olish.


Garret ko'plab g'oyalarni o'yladi, prototiplarini yasashga muvaffaq bo'ldi va eng muhimi ilovaning ios versiyasini ishlab chiqishga muvaffaq bo'ldi.2010 yil Yanvar oyida New York ko'chalarida bir qancha mashinalarga ega Uber sinov jarayoni boshladi.Kamchilik foydalanuvchilar odamlar bu startup haqida bilishardi.Hozirda Uber 58 dan ortiq davlatlarda o'z faoliyatini olib bormoqda va kompaniyani hozirgi kundagi narxi $50 milliard tashkil etadi.2009-yilda San-Fransiskodagi kompaniya taksi qidirish, chaqirish va u uchun to'lovni amalga oshirishga mo'ljallangan mobil dastur yaratdi. Hozirda loyihadan tushadigan haftalik daromad 20 million dollardan oshadi. Ayni paytda Uber dunyo bo'yicha 55 000 dan ziyod haydovchini birlashtiradi va asta-sekinlik bilan odatiy formatdagi taksini siqib chiqarmoqda.

Report Page