UZFBF tarixi

UZFBF tarixi


UZFBF (Bodybuilding and Fitness Federation of Uzbekistan) tarixi uzoq 80-yillardan boshlanadi. Aynan o‘sha vaqt Toshkentda atletika va gimnastika sporti qiziqish to‘lqinini boshdan kechirdi, lekin uni rasmiy tashkilotlar qo‘llab -quvvatlashga shoshilmadi.

⠀

Ammo ikki nafar sportchi — N. Belavin hamda E. Bublik sharofati bilan atletika bilan shug‘ullanishni xohlaganlar uchun birinchi sport klubi tashkil etildi. 💪

⠀

Bu voqea ushbu sportning rivojlanishiga kuchli turtki bo‘ldi va tez orada, 1988-yilda hamyurtimiz Yuriy Dementyev bodibilding bo‘yicha birinchi SSSR chempionatining sovrindori bo‘ldi! 🏆

⠀

1989-yilda esa Toshkentda birinchi Ochiq Chempionat bo‘lib o'tdi.

⠀

SSSR parchalangach, Daniil Plakida O‘zbekiston Respublikasi bodibilding federatsiyasiga asos soldi, shundan so‘ng «Mister va missis Toshkent», «Mister va missis O‘zbekiston» musobaqalari va respublikaning boshqa chempionatlari o‘tkazila boshladi.

⠀

2006-yilda federatsiya ta'sischilari — Odil Abdurahmonov, Dmitriy Adisman va Timur Sobirov sharofati bilan hozirgi UZFBF nomini oldi.

⠀

2012-yildan boshlab UZFBF ABBF va WBPF kabi federatsiyalarga a'zo bo‘ldi va bu uni xalqaro musobaqalar darajasiga olib chiqdi. 

Report Page