UZEX haftalik dayjesti (5 – 11 sentabr)

UZEX haftalik dayjesti (5 – 11 sentabr)

“O‘zRTXB” AJ PR bo‘limi

O‘tgan hafta davomida, ya’ni 5 – 11 sentabr kunlari «O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi» AJning barcha savdo platformalarida 2 688,9 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 35,6% ga yuqoridir. Bunda sotuvlarning 80,7% - birja savdolari; 0,5% - ko‘rgazma-yarmarka savdolari; 18,6% - elektron davlat xaridlari va 0,2% - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to‘g‘ri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 721,6 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida budjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 99,9 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 1 672 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 5,7 mlrd so‘mni tashkil qildi. Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 4,8% birinchi toifadagi avtoraqamlarga; 9,4% ikkinchi; 10,6% uchinchi; 13,3% to‘rtinchi; 19,6% beshinchi va 42,2% oltinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.

Birja savdolari

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 2 169,8 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qo‘yishdi, shu jumladan:

Un

5-9 sentabr kunlari o‘tkazilgan savdo natijalariga ko‘ra birjaning un bozori narx bo‘yicha pasayishni namoyon etdi. Hafta davomida birja savdolariga 66 667,0 tonna un qo‘yildi va uning 27 255,0 tonnasi, ya’ni 41% qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 1 460 xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda 1-navli un bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 4 819,4 ming so‘mdan 4 807,0 ming so‘mgacha pasaydi. Unning o‘rtacha kunlik sotuv hajmi 5 451,0 tonnani tashkil qildi.

O‘tkazilgan birja savdolari natijasida 1-navli un bo‘yicha shakllangan o‘rtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 4 750,7 ming so‘mni tashkil etdi.

Shakar

Birjaning shakar bozorida narxlar pasayishi qayd etildi. Hafta davomida birja savdolariga 12 503,0 tonna shakar qo‘yildi va uning 11 052,0 tonnasi, ya’ni 88,4% qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 475 xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 12 366,5 ming so‘mdan 11 946,9 ming so‘mgacha, ya’ni 3,4%ga pasaygan.

O‘tkazilgan birja savdolari natijasida mahalliy shakarning TS-2 – kategoriyasi bo‘yicha shakllangan o‘rtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 12 412,7 ming so‘mni tashkil etdi.

Polietilen

O‘tgan hafta mobaynida birja savdolariga 3 891,0 tonna polietilen qo‘yildi va uning 3 791,0 tonnasi, ya’ni 97,4% qismi sotildi. Polietilenning o‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 758,0 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda polietilenning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 21 272,8 ming so‘mdan 14 778,0 ming so‘mgacha, ya’ni 30,5% ga pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 87 xaridor ishtirok etdi.


Report Page