UZEX haftalik dayjesti (26 sentyabr-2 oktabr)

UZEX haftalik dayjesti (26 sentyabr-2 oktabr)

“O'zRTXB” AJ PR bo'limi

O‘tgan hafta davomida, ya’ni 26 sentyabr-2 oktabr kunlari «O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi» AJning barcha savdo platformalarida 2 983,1 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 11,4% ga ko‘pdir. Bunda sotuvlarning 79,0% - birja savdolari; 0,1% - ko‘rgazma-yarmarka savdolari; 20,7% - elektron davlat xaridlari va 0,2% - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to‘g‘ri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 646,9 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida budjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 120,8 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 1 698 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 5,7 mlrd so‘mni tashkil qildi. Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 5,6% birinchi toifadagi avtoraqamlarga; 9,0% ikkinchi; 6,9% uchinchi; 8,2% to‘rtinchi; 22,8% beshinchi va 47,5% oltinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.

Birja savdolari

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 2 358,0 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qo‘yishdi, shu jumladan:

Paxta yog‘i

O‘tgan haftada birja savdolariga 6 616,0 tonna paxta yog‘i qo‘yildi, undan 3 609,0 tonnasi sotildi, ya’ni 54,6% sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 42 xaridor ishtirok etdi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 722,0 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 16 442,0 ming so‘mdan 13 729,8 ming so‘mgacha, ya’ni 16,5% ga pasayganini ta’kidlash lozim.

Sement

O‘tgan hafta mobaynida birja savdolariga 353,7 ming tonna sement qo‘yildi va ulardan 180,0 ming tonnasi, ya’ni 51% sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 36,0 ming tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 605,1 ming so‘mdan 589,9 ming so‘mgacha, ya’ni 2,5% ga pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 300 xaridor ishtirok etdi.

Paxta tolasi

O‘tgan haftada birja savdolarida 2 014,0 tonna paxta tolasi qo‘yildi va undan 2 009,0 tonnasi, ya’ni 99,7% qismi sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 402,0 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta tolasining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 23 823,0 ming so‘mdan 21 889,1 ming so‘mgacha, ya’ni 8,1% ga pasayganini ta’kidlash lozim.


Report Page