UZEX haftalik dayjesti (24 yanvar – 30 yanvar)

UZEX haftalik dayjesti (24 yanvar – 30 yanvar)

“ЎзРТХБ” АЖ PR бўлими

O‘tgan hafta davomida, ya’ni 24 yanvar – 30 yanvar kunlari "O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJning barcha savdo platformalarida 1 598,9 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 8,1% ga kamdir. Bunda sotuvlarning 91,2% - birja savdolari; 0,6% - ko‘rgazma-yarmarka savdolari; 7,8% - elektron davlat xaridlari va 0,4% - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to‘g‘ri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 529,2 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida budjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 19,1 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 3 452 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 7,1 mlrd so‘mni tashkil qildi. Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 6,2% birinchi toifadagi avtoraqamlarga; 9,2% ikkinchi; 7,7% uchinchi; 11,6% to‘rtinchi; 22,4% beshinchi va 42,9% oltinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.

Birja savdolari

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 457,8 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qo‘yishdi, shu jumladan:

Paxta yog‘i

O‘tgan haftada birja savdolarida 1 398,0 tonna paxta yog‘i sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 62 xaridor ishtirok etdi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 280,0 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 15 849,4 ming so‘mdan 14 848,6 ming so‘mgacha, ya’ni 6,3% ga pasayganini ta’kidlash lozim.

Suyultirilgan gaz

Birjaning suyultirilgan gaz bozorida narxlar pasayishi qayd etildi. Hafta davomida birja savdolariga 6 292,0 tonna suyultirilgan gaz qo‘yildi va ulardan 5 982,0 tonnasi, ya’ni 95,1% qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 173 xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda suyultirilgan gaz bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 2 890,4 ming so‘mdan 2 649,9 ming so‘mgacha, ya’ni 8,3%ga pasaygan.

O‘tkazilgan birja savdolari natijasida suyultirilgan gaz bo‘yicha shakllangan o‘rtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 2 606,6 ming so‘mni tashkil etdi.

Polietilen

O‘tgan hafta mobaynida birja savdolariga 4 623,0 tonna polietilen qo‘yildi va ulardan 3 913,0 tonna, ya’ni 84,6% hajmi sotildi. Polietilenning o‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 978,2 ming tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda polietilenning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 18 632,6 ming so‘mdan 16 269,2 ming so‘mgacha, ya’ni 12,7% ga pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 96 xaridor ishtirok etdi.

Barcha tovarlar uchun haftalik kotirovkalar bilan mazkur havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.


Report Page