UZEX haftalik dayjesti (24-30-oktabr)

UZEX haftalik dayjesti (24-30-oktabr)

“O‘zRTXB” AJ PR bo‘limi

O‘tgan hafta davomida, ya’ni 24-30-oktabr kunlari «O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi» AJning barcha savdo platformalarida 2 532,2 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 5,4% ga pastdir. Bunda sotuvlarning 78,5% - birja savdolari; 0,2% - ko‘rgazma-yarmarka savdolari; 21,1% - elektron davlat xaridlari va 0,2% - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to‘g‘ri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 572,4 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida budjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 93,6 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 1 559 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 5,0 mlrd so‘mni tashkil qildi. Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 7,2% birinchi toifadagi avtoraqamlarga; 10,1% ikkinchi; 7,8% uchinchi; 9,9% to‘rtinchi; 17,1% beshinchi va 47,8% oltinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.

Birja savdolari

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 988,1 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qo‘yishdi, shu jumladan:

Shakar

Birjaning shakar bozorida narxlar pasayishi qayd etildi. Hafta davomida birja savdolariga 10 000,0 tonna shakar qo‘yildi va uning 9 850,0 tonnasi, ya’ni 98,5% qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 320 xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 10 890,0 ming so‘mdan 10 807,0 ming so‘mgacha pasaygan.

O‘tkazilgan birja savdolari natijasida mahalliy shakarning TS-2 – kategoriyasi bo‘yicha shakllangan o‘rtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 11 205,4 ming so‘mni tashkil etdi.

Paxta tolasi

O‘tgan haftada birja savdolarida 1 436,0 tonna paxta tolasi qo‘yildi va uning barcha hajmi sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 287,0 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta tolasining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 23 717,0 ming so‘mdan 19 879,0 ming so‘mgacha, ya’ni 16,2% ga pasayganini ta’kidlash lozim.

Omuxta yem

O‘tgan hafta mobaynida birja savdolariga 20 559,0 tonna omuxta yem qo‘yildi va undan 10 821,0 tonnasi, ya’ni 52,6% qismi sotildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda omuxta yem bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 2 171,0 ming so‘mdan 2 137,0 ming so‘mgacha, ya’ni 1,6% ga pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 107 xaridor ishtirok etdi.


Report Page