UZEX haftalik dayjesti (22-28 avgust)

UZEX haftalik dayjesti (22-28 avgust)

"O'zRTXB" AJ PR bo'limi

O‘tgan hafta davomida, ya’ni 22-28 avgust kunlari "O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJning barcha savdo platformalarida 2 648,0 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 1,8% ga ortiqdir. Bunda sotuvlarning 80,6% - birja savdolari, 18,9% - elektron davlat xaridlari, 0,2% - ko‘rgazma-yarmarka savdolari va 0,3% - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to‘g‘ri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 610,7 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida budjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 80,5 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 2 775 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 8,0 mlrd so‘mni tashkil qildi. Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 4,7% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 6,5% ikkinchi, 6,3% uchinchi, 11,8% to‘rtinchi, 21,0% beshinchi va 49,7% oltinchi toifa avtoraqamlarga to‘g‘ri keldi.

Birja savdolari

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 2 133,8 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qo‘yishdi, shu jumladan:

Un

22-27 avgust kunlari o‘tkazilgan savdo natijalariga ko‘ra birjaning un bozori narx bo‘yicha pasayishni namoyon etdi. Hafta davomida birja savdolariga 58 658,0 tonna un qo‘yildi va uning 24 579,0 tonnasi, ya’ni 42% qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 1 407 xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda 1-navli un bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 4 840,3 ming so‘mdan 4 822,0 ming so‘mgacha pasaydi. Unning o‘rtacha kunlik sotuv hajmi 4 916,0 ming tonnani tashkil qildi.

O‘tkazilgan birja savdolari natijasida 1-navli un bo‘yicha shakllangan o‘rtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 4 745,0 ming so‘mni tashkil etdi.

Sement

O‘tgan hafta mobaynida birja savdolariga 270,8 ming tonna sement qo‘yildi va ulardan 146,9 ming tonnasi, ya’ni 54,2% sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 29,4 ming tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 595,1 ming so‘mdan 591,3 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 273 xaridor ishtirok etdi.

Suyultirilgan gaz

Birjaning suyultirilgan gaz bozorida narxlar pasayishi qayd etildi. Hafta davomida birja savdolariga 4 984,0 tonna suyultirilgan gaz qo‘yildi va ulardan 4 769,0 tonnasi, ya’ni 95,7% sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 204 xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda suyultirilgan gaz bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 4 452,4 ming so‘mdan 3 980,9 ming so‘mgacha, ya’ni 10,6%ga pasaygan.


Report Page