UZEX haftalik dayjesti (18 – 24 aprel)

UZEX haftalik dayjesti (18 – 24 aprel)

“ЎзРТХБ” АЖ PR бўлими

O‘tgan hafta davomida, ya’ni 18 – 24 aprel kunlari "O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJning barcha savdo platformalarida 2 478,9 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 4,1% ga kamdir. Bunda sotuvlarning 79,1% - birja savdolari; 0,4% - ko‘rgazma-yarmarka savdolari; 20,0% - elektron davlat xaridlari va 0,4% - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to‘g‘ri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 602,0 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida budjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 92,7 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 4 228 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 10,0 mlrd so‘mni tashkil qildi. Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 5,8% birinchi toifadagi avtoraqamlarga; 10,0% ikkinchi; 10,2% uchinchi; 12,2% to‘rtinchi; 20,0% beshinchi va 41,7% oltinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.

Birja savdolari

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 962,5 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qo‘yishdi, shu jumladan:

Shakar

Birjaning shakar bozorida narxlar pasayishi qayd etildi. Hafta davomida birja savdolariga 10 000,0 tonna shakar qo‘yildi va uning barcha hajmi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 284 xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 9 499,4 ming so‘mdan 9 249,2 ming so‘mgacha, ya’ni 2,6%ga pasaygan.

O‘tkazilgan birja savdolari natijasida mahalliy shakarning TS-2 – kategoriyasi bo‘yicha shakllangan o‘rtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 9 357,8 ming so‘mni tashkil etdi.

Polietilen

O‘tgan hafta mobaynida birja savdolariga 2 918,0 tonna polietilen qo‘yildi va ulardan barcha hajmi sotildi. Polietilenning o‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 584,0 ming tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda polietilenning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 20 691,3 ming so‘mdan 18 110,5 ming so‘mgacha, ya’ni 12,5% ga pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 84 xaridor ishtirok etdi.

Dizel yoqilg‘isi

O‘tgan haftada birja savdolarida 15 473,0 tonna dizel yoqilg‘isi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 69 xaridor ishtirok etdi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 3 095,0 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda dizel yoqilg‘isining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 12 786,2 ming so‘mdan 12 606,7 ming so‘mgacha, ya’ni 1,4% ga pasayganini ta’kidlash lozim.


Report Page