UZEX haftalik dayjesti (17-23-oktabr)

UZEX haftalik dayjesti (17-23-oktabr)

“O‘zRTXB” AJ PR bo‘limi

O‘tgan hafta davomida, ya’ni 17-23-oktabr kunlari «O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi» AJning barcha savdo platformalarida 2 677,0 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 8,9% ga pastdir. Bunda sotuvlarning 72,9% - birja savdolari; 1,6% - ko‘rgazma-yarmarka savdolari; 25,3% - elektron davlat xaridlari va 0,2% - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to‘g‘ri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 520,9 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida budjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 147,3 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 2 015 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 6,2 mlrd so‘mni tashkil qildi. Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 2,7% birinchi toifadagi avtoraqamlarga; 6,8% ikkinchi; 7,8% uchinchi; 11,6% to‘rtinchi; 22,4% beshinchi va 48,6% oltinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.

Birja savdolari

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 951,6 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qo‘yishdi, shu jumladan:

Paxta yog‘i

O‘tgan haftada birja savdolarida 1 437,0 tonna paxta yog‘i sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 60 xaridor ishtirok etdi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 287,0 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 16 157,0 ming so‘mdan 15 685,0 ming so‘mgacha, ya’ni 2,9% ga pasayganini ta’kidlash lozim.

Sement

O‘tgan hafta mobaynida birja savdolarida 125 643,0 tonna sement sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 25,1 ming tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 596,0 ming so‘mdan 590,0 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 199 xaridor ishtirok etdi.

Polietilen

O‘tgan hafta mobaynida birja savdolariga 1 553,0 tonna polietilen qo‘yildi va ulardan barcha hajmi sotildi. Polietilenning o‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 311,0 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda polietilenning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 17 321,0 ming so‘mdan 16 456,0 ming so‘mgacha, ya’ni 5,0% ga pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 55 xaridor ishtirok etdi.


Report Page