UZEX haftalik dayjesti (14-20-noyabr)

UZEX haftalik dayjesti (14-20-noyabr)


O‘tgan hafta davomida, ya’ni 14 – 20 noyabr kunlari «O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi» AJning barcha savdo platformalarida 2 340,1 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 9,5% ga kamdir. Bunda sotuvlarning 82,4% - birja savdolari; 0,2% - ko‘rgazma-yarmarka savdolari; 17,1% - elektron davlat xaridlari va 0,2% - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to‘g‘ri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 488,6 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida budjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 81,0 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 1 776 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 5,6 mlrd so‘mni tashkil qildi. Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 5,2% birinchi toifadagi avtoraqamlarga; 8,2% ikkinchi; 10,0% uchinchi; 9,3% to‘rtinchi; 19,3% beshinchi va 47,9% oltinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.

Birja savdolari

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 928,5 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qo‘yishdi, shu jumladan:

Bug‘doy

O‘tgan haftada birja savdolari orqali 34 776,0 tonna bug‘doy sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 56 ta xaridor ishtirok etdi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 6 955,0 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda bug‘doyning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 3 592,3 ming so‘mdan 3 580,9 ming so‘mgacha pasaygan.

Shakar

Birjaning shakar bozorida narxlar pasayishi qayd etildi. Hafta davomida birja savdolariga

10 000,0 tonna shakar qo‘yildi va uning 9 950,0 tonnasi, ya’ni 99,5% qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 293 xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 10 665,2 ming so‘mdan 10 556,5 ming so‘mgacha pasaygan.

O‘tkazilgan birja savdolari natijasida mahalliy shakarning TS-2 – kategoriyasi bo‘yicha shakllangan o‘rtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 10 828,0 ming so‘mni tashkil etdi.

Omuxta yem

O‘tgan hafta mobaynida birja savdolariga 24 538,9 tonna omuxta yem qo‘yildi va undan 8 244,3 tonnasi, ya’ni 33,6% qismi sotildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda omuxta yem bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 2 158,5 ming so‘mdan 2 070,9 ming so‘mgacha, ya’ni 4,1% ga pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 78 xaridor ishtirok etdi.

Report Page