UZCOD

UZCOD

OFERTA

📄 "UzCod" Telegram Botidan Foydalanish Shartlari va Qoidalari (Ommaviy Oferta)

Ushbu hujjat "UzCod" Telegram botidan (@uzcodbot) foydalanishning rasmiy shartlari hisoblanadi. Botdan foydalanishni boshlash, tugmalarni bosish yoki xizmatlarga buyurtma berish orqali siz ushbu qoidalarga to'liq va so'zsiz rozilik bildirgan hisoblanasiz.

1. Umumiy Qoidalar

1.1. "UzCod" boti foydalanuvchilarga raqamli tovarlar (PUBG Mobile UC, Telegram Premium, Telegram Stars, Popularity paketlari va boshqalar) sotib olish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan platforma hisoblanadi.

1.2. Ma'muriyat istalgan vaqtda ushbu qoidalarga yoki mahsulot narxlariga foydalanuvchilarni oldindan ogohlantirmasdan o'zgartirish kiritish huquqini o'zida saqlab qoladi.

1.3. Platformadagi barcha xizmatlar elektron (raqamli) ko'rinishda taqdim etiladi.

1.4. To'lov xavfsizligi va uchinchi shaxslar oldidagi javobgarlikni cheklash:

Foydalanuvchilar bot balansini to'ldirishda faqat o'zlariga tegishli bo'lgan bank kartalaridan foydalanishlari shart. Agar foydalanuvchi (firibgar) boshqa shaxslarni chalg'itib yoki aldab, pul mablag'larini "UzCod" loyihasiga tegishli rekvizitlarga tushirtirsa va ushbu mablag' evaziga raqamli tovarlarni qabul qilib olsa, ushbu holat bo'yicha to'liq javobgarlik xaridni amalga oshirgan foydalanuvchi (Telegram akkaunt egasi) zimmasiga tushadi.

Huquqni muhofaza qilish organlari (Ichki ishlar vazirligi, 102) tomonidan ruxsatsiz to'lovlar bo'yicha surishtiruv ishlari olib borilganda, bot ma'muriyati qoidabuzar foydalanuvchining barcha ma'lumotlarini (Telegram ID, username, xarid tarixi) tergov organlariga taqdim etishga tayyor. Ushbu Ommaviy Ofertaga asosan, ma'muriyat firibgarlar harakati tufayli jabrlangan uchinchi shaxslarga moddiy zararni qoplab berish yuzasidan hech qanday majburiyatni o'z bo'yniga olmaydi va yetqazib berilgan mahsulotlar qaytarilmaydi.


2. Hisobni To'ldirish va To'lovlar

2.1. Bot ichki balansini to'ldirish faqat ma'muriyat tomonidan belgilangan rasmiy to'lov usullari orqali amalga oshiriladi.

2.2. To'lovni amalga oshirgandan so'ng, foydalanuvchi tasdiqlovchi chek (kvitansiya) nusxasini tizimga to'g'ri holatda (rasm yoki fayl ko'rinishida) yuklashi shart.

2.3. Qat'iy taqiq (Feyk cheklar): Tizimni aldamoqchi bo'lib soxta, o'zgartirilgan yoki eski to'lov cheklarini yuborish qat'iyan man etiladi. Bot tizimi ushbu holatni aniqlasa, foydalanuvchi akkaunti zudlik bilan va umrbod bloklanadi.

3. Xaridlar va Yetkazib Berish

3.1. Avtomatik mahsulotlar (masalan, PUBG UC) xarid qilinganda, mahsulot darhol tizim (API) orqali kiritilgan ID raqamga yuboriladi.

3.2. Qo'lda bajariladigan mahsulotlar (Premium obunalar, maxsus paketlar) ma'muriyat tomonidan navbat tartibida ko'rib chiqiladi va bajariladi.

3.3. Mas'uliyatni cheklash: Foydalanuvchi xarid jarayonida o'zining "PUBG ID" raqamini yoki "Telegram username"ini to'g'ri kiritishiga shaxsan o'zi javobgardir. Noto'g'ri kiritilgan ID sababli boshqa shaxsga o'tib ketgan mablag' yoki raqamli tovarlar ma'muriyat tomonidan qaytarib berilmaydi va qoplanmaydi.

4. Referal Tizimi va Bonuslar

Platformada yangi foydalanuvchilarni jalb qilishni rag'batlantirish maqsadida maxsus referal dasturi mavjud. Dastur doirasida quyidagi qat'iy qoidalar o'rnatilgan:

4.1. Limitlar: Har bir foydalanuvchi o'zining referal havolasi orqali ko'pi bilan 20 ta faol odamgacha taklif qilib, ular uchun belgilangan bonusni olish huquqiga ega. Undan oshgan takliflar uchun tizim avtomatik ravishda bonus yozishni to'xtatadi (Maxsus VIP statusiga ega bo'lmaganlar uchun).

4.2. Nakrutkaga yo'l qo'yilmaydi: Referal tizimidan g'arazli maqsadlarda foydalanish, ya'ni botlar, feyk akkauntlar yaratish yoki turli xil "nakrutka" (sun'iy ko'paytirish) xizmatlari orqali odam qo'shish qat'iyan taqiqlanadi.

4.3. Jazo choralari: Ma'muriyat istalgan vaqtda foydalanuvchining referal tarixini tekshirish huquqiga ega. Agar "nakrutka" qilingani yoki firibgarlik holati isbotlansa, foydalanuvchining barcha yig'gan referal pullari bekor qilinadi, balansi nollashtiriladi va tizimdan to'liq bloklanadi.

5. Texnik Ishlar va Uzilishlar

5.1. Botning hamkor platformalarida (API serverlarida) texnik profilaktika ishlari olib borilganda, botning ayrim xizmatlari (jumladan xarid qilish) vaqtincha to'xtatilishi mumkin.

5.2. Tranzaksiyalar jarayonida texnik xatolik yuzaga kelsa (qisman xarid yoki to'liq xatolik), yechib olingan mablag' to'liq yoki qisman mijozning botdagi balansiga qaytarib beriladi.

6. Yakuniy Qoidalar

6.1. Har qanday tushunmovchilik, nizoli holatlar yoki to'lov bilan bog'liq muammolar yuzaga kelganda, foydalanuvchi birinchi navbatda botning rasmiy qo'llab-quvvatlash xizmatiga (Adminga) murojaat qilishi shart.

6.2. Bot ma'muriyati bot foydalanuvchilari o'rtasidagi shaxsiy oldi-berdi munosabatlariga (jumladan chatlar orqali boshqa birovga qilingan sovg'alarga) aralashmaydi va javobgar hisoblanmaydi.

Report Page