UZCA Game Jam
1. Maqsad va konsepsiya
- Cheklangan vaqt ichida o‘yinlar yaratish.
- Ishtirokchilarning ijodiy va texnik ko‘nikmalarini rivojlantirish.
- Jamoaviy ishlash va tajriba almashishni rag‘batlantirish.
- O‘zbekistonda o‘yin industriyasini rivojlantirish.
2. Tadbir formati
- Davomiyligi: 36 soat (21 dekabr 11:00 dan 22 dekabr 23:00 gacha).
- Janr: Kazual mobil o‘yinlarning gibrid shakli. Mavzu va yo‘nalishlar ochilish marosimida e’lon qilinadi.
- O‘tkazish formati: Offline
3. Sovrinlar
- 1-o‘rin: 10 000 000 so‘m.
- 2-o‘rin: 5 000 000 so‘m.
- 3-o‘rin: 3 000 000 so‘m.
- Sovrinlar 5–10 bank ish kuni ichida topshiriladi.
4. Bosqichlar va muddatlar
- Ro‘yxatdan o‘tish: 21 dekabr soat 9:00 da boshlanadi.
- Ochilish marosimi: 21 dekabr soat 10:00.
- Ish boshlanishi: 21 dekabr soat 11:00.
- Loyihalarning yakunlanishi: ishlar 22 dekabr soat 23:00 gacha topshirilishi kerak.
- Loyihalar taqdimoti: 24 dekabr soat 10:00.
- Sovrindorlarni taqdirlash: 24 dekabr soat 12:00.
5. Qoidalar va talablar
Cheklovlar
- Loyihalar tadbirning mavzusi va yo‘nalishlariga mos bo‘lishi kerak.
- Jamoa tarkibi: 1 dan 5 kishigacha. Ishtirokchilarning yoshi – 16 yoshdan katta. Yoshroq qatnashchilarning ishtiroki tashkilotchilar tomonidan alohida tasdiqlanishi kerak.
- O‘yinni yaratish uchun 36 soat vaqt ajratiladi.
- Platforma: Mobil qurilmalar (Android).
Mavzu va yo‘nalishlar
Tadbir boshlanishidan oldin bir nechta maxfiy yo‘nalishlar e’lon qilinadi. Ushbu talablarni bajarmagan loyihalar final baholashga qo‘yilmaydi.
Ruxsat etilgan materiallar va vositalar
- Har qanday o‘yin dvijoklari, texnologiyalar va vositalardan foydalanishga ruxsat etiladi (Unity, Unreal Engine, 3ds Max, Photoshop va boshqalar).
- Ommaviy foydalanish uchun mavjud bo‘lgan kutubxonalar, middleware va kontent generatorlaridan foydalanish mumkin.
- Sun’iy intellektdan foydalanishda hech qanday cheklov yo‘q.
Kontentga qo‘yilgan cheklovlar
- Loyihalar yosh chekloviga muvofiq 0+ bo‘lishi kerak.
- Qonunbuzarliklar, nizo qo‘zg‘ash yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi kontent taqiqlanadi.
- Mualliflik huquqlarini buzish qat’iyan man etiladi. Barcha ishlatilgan assetlar tijorat maqsadlarida foydalanish uchun bepul bo‘lishi yoki ulardan foydalanishga ruxsatnoma bo‘lishi kerak. Ushbu assetlar haqida loyiha hujjatlarida ma’lumot berilishi lozim.
- Jemdavomida yaratilgan maxsus assetlar ham hujjatlashtirilishi kerak.
Ishtirok shartlari
- Jamoa ro‘yxatdan o‘tishda to‘liq tarkibda qatnashishi shart.
- To‘liq bo‘lmagan jamoalar qayta taqsimlanishi mumkin.
- Qoidalarning buzilishi yoki noo‘rin xatti-harakatlar uchun tashkilotchilar ishtirokchilarni diskvalifikatsiya qilish huquqiga ega.
Materiallarni topshirish
Ishtirokchilar quyidagilarni taqdim etishlari kerak:
- Maqsadli platforma uchun kompilyatsiya qilingan loyiha (mobil o‘yin).
- Videorolik.
- Loyiha tavsifi.
- 3 dan 5 tagacha skrinshot va ularga berilgan izohlar.
- Barcha uchinchi tomon assetlari haqida ma’lumot.
6. Ishlarni baholash
Loyihalar quyidagi mezonlar bo‘yicha baholanadi:
- G‘oyaning o‘ziga xosligi.
- Texnologik va dizayn jihatidan yangilik.
- Iste’molchi uchun jozibadorlik.
- Realizatsiya imkoniyati.
- Foydalanuvchanlik va dizayn.
- Texnik yechim.
- G‘oya yangiligi.
7. Aloqa
- Telefon: +998 95 242 42 42
- Email: info@itic.uz
8. Lokatsiya
- Toshkent, Ziyolilar ko‘chasi, 13. Mo‘ljal: Inha Universiteti (School 21).
UZCA Game Jam o‘zbek o‘yin ishlab chiqaruvchilarini ijodiy ravishda o‘zini namoyon qilish va o‘yin industriyasini rivojlantirish platformasi bo‘ladi.