“UZAUTO” XODIMLARINING MUVAFFAQIYAT TARIXI

“UZAUTO” XODIMLARINING MUVAFFAQIYAT TARIXI


Hamroyev, Injiniringni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i, «UzAuto Motors» korxonasida 2012-yildan buyon ishlaydi. Timur o‘z faoliyatini muhandis-konstruktor lavozimidan boshlagan.

2017-yilda Timur Yaponiyaning JDS grantini yutib oldi, bu unga dunyodagi yetakchi universitetlar beshtaligiga kiruvchi mashhur Yokogama milliy universitetida magistr darajasini olish imkonini berdi. 

Biz Timur bilan suhbatlashganimizda u o‘z tarixi haqida mamnuniyat bilan so‘zlab berdi.

– Aytingchi, aynan shu kasbni tanlashingizning bosh sababi nimada?

– Muayyan sababni aytishim qiyin, lekin, yangiliklarga qiziqish bu tanlovimga asosiy turtki bo‘ldi, deb o‘ylayman.

– Quyosh chiqar o‘lka (Yaponiya)da ta’lim grantini qanday yutib olganingizni so‘zlab bering? 

– 2016 yilda o‘sha paytlardagi rahbarim Shavkat Alimov Yaponiya xalqaro hamkorlik markazi Yaponiyaning JDS granti bo‘yicha universitetlarda ta’lim olishga stipendiatlarni yig‘ayotganligini aytib, menga saralash tanlovida qatnashishni taklif qildilar.

Tanlov bir necha bosqichdan iborat bo‘ldi, ularda ingliz tili (IELTS), matematika yo‘nalishlaridagi bilim darajasi tekshirildi. Shuningdek, bosqichlardan birida o‘zingiz tanlagan universitet professorlari bilan suhbat ham ko‘zda tutilgandi.

Har bir bosqichdan o‘tishdan oldin men Yaponiyada muvaffaqiyatli o‘qib kelgan hamkasblarimdan maslahatlar oldim. Bu ham mening tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tishimga xizmat qildi.

O‘z navbatida, men yetarlicha bilim va ko‘nikmaga ega hamkasblarimni JDS grantlar dasturida qatnashishga chaqiraman. Bu ham shaxs, ham sohadagi faoliyati rivoji borasida bebaho tajribadir.

– Olgan ta’limingiz tarmog‘imiz uchun qanday manfaat keltirishi mumkin?

- O‘z diplom ishimda men elektromobillar uchun kuch qurilmasi komponentlarini ishlab chiqdim. Elektromobillar nafaqat bizning mamlakatimizda, balki butun dunyoda nisbatan yangi yo‘nalishdir. Yaponiyada olgan bilimlar mamlakatimizda elektromobillar komponentlarini loyihalashtirish va mahalliylashtirishda foyda berishi mumkin. 

– Hozirda qanday loyihalar ustida ishlamoqdasiz?

Bugungi kunda bizning ustuvor vazifamiz yagona unifikatsiyalangan platformada avtomobillar ishlab chiqarishga o‘tish bo‘yicha GM loyihasini o‘z vaqtida joriy etish sanaladi. Shuningdek, “Damas” avtomobilga yangi opsiyalar joriy qilish (tyuning) va modernizatsiyalash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. 

– O‘z xarakteringizdagi ishda natijaga erishishda Sizga yordam beruvchi asosiy jihatlarni sanab bering?

Ishimizning natijasi – bu jamoaviy mehnat. Har qanday loyihani amalga oshirishda biz ustuvorliklarni to‘g‘ri qo‘yishga, rol va majburiyatlarni taqsimlashga intilamiz, shuningdek boshqalarni eshitish va tinglash mahorati ham muhim. 

– Kelajak – elektromobillarniki, deb hisoblaysizmi?

Yaqin 10-15 yilda butun dunyoda elektromobillar ishlab chiqarishning o‘sishi kutilmoqda, bu, o‘z navbatida, energiya iste’moli oshishiga olib keladi.

Ichki yonuv dvigatelaridan elektr dvigateliga o‘tishdagi asosiy vazifalardan biri IYOD dvigatellarining tashlamasini kamaytirish hisoblanadi. Hozirda elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun gaz va ko‘mir ishlatilmoqda, bu esa, o‘z navbatida, elektromobillarga o‘tish jarayonining ham moliyaviy, ham ekologik samarasini tushirib yuboradi.

 Avtomobil sanoatining elektromobillarga o‘tishining samaradorligini ta’minlash uchun, qisman bo‘lsa-da muqobil energiya manbalariga o‘tishimiz kerak deb hisoblayman. 

– Elektromobillar ishlab chiqarishga o‘tilsa, avtomobil sanoati qanday murakkabliklarga duch kelishi mumkin? Maqsadli iste’molchilar bunday o‘zgarishlarga tayyormi?

Elektromobilning asosiy va qimmatbaho komponentlaridan biri batareya sanalishini bilamiz. Elektromobillar ishlab chiqaruvchilar asosan litiy-ion batareyalardan foydalanadilar.

Keyingi yillarda litiy va tarkibida litiy bo‘lgan birikmalar qazib chiqarish hajmi ortishi kuzatilmoqda. Elektromobillar ishlab chiqarish hajmining kengayishi bilan litiy yetishmovchiligi yuzaga kelishi mumkin. Shuningdek, litiy-ionli batareyalar utilizatsiyasi masalasi ham ochiq qolmoqda.

Xaridorlar uchun elektromobilni sotib olishdagi asosiy qiyinchilik narxining yuqoriligi bo‘ladi. Bilasizki, elektromobillar oddiy avtomobillardan taxminan 2 barobar qimmat turadi. 

Javobini kutayotgan keyingi masala elektromobillar uchun tegishli infratuzilmalar (zaryadlash stansiyalari, avtoservislar, ehtiyot qismlar va boshqalar)ni barpo etish sanaladi.


Report Page