UZAUTO MOTORSDA OMMABOP AVTOMOBIL MODELLARI TUNING QILINDI

UZAUTO MOTORSDA OMMABOP AVTOMOBIL MODELLARI TUNING QILINDI

UzAuto Motors
UzAuto Motors

Bir necha kun oldin iste’molchilar tomonidan telegram kanallar shuningdek boshqa internet tarmoqlarida UzAuto Motorsning avtomobil modellari orasida oq rang ustunligi bo’yicha muhokama olib borilgandi. 

UzAuto Motors

Ushbu muhokamada o’rtaga tashlangan savollardan “Nimaga ikki xil rangli avtomobil ishlab chiqarmaysiz?” muhim ahamiyat kasb etdi. 

UzAuto Motors uchun iste’molchilarning fikri juda muhim. Mijozlar tomonidan keng qo’llab quvvatlanilgan ushbu taklif kompaniya tomonidan operativ tarzda ko’rib chiqildi. Va 22-sentyabr kuni UzAuto Motors rahbariyati blogger va avtomobil ishqibozlarini noodatiy dizayndagi Chevrolet Lacetti, Chevrolet Cobalt, Chevrolet Nexia, Chevrolet Spark modellari bilan tanishishga taklif qildi.

UzAuto Motors

O'zgarishlar nafaqat kuzov rangiga, balki interyer dizayni, diska va logotiplarga ham ta'sir ko'rsatdi. Korpusdagi qarama-qarshi chiziqlar, avtomobil rangiga moslangan o’rindiq dizayni, qoraytirilgan oyna – bu o’zgarishlarning hammasi ham emas. Aslini olib qaraganda Lacetti, Cobalt, Nexia va Spark avtomobil modellarining tuning variant yaratildi. 

UzAuto Motors

Mavzuga befarq bo'lmagan 10 ga yaqin OAV vakillari va avtoblogerlar Asakadagi zavodga tashrif buyurish taklifiga javob berishdi.

UzAuto Motors
UzAuto Motors
UzAuto Motors

Delegatsiya UzAuto Motors vakillari hamrohligida ertalab to'rtta avtomobilda Toshkentdan Andijonga jo’nab ketdi. Xavfsizlik choralari bo'yicha ko'rsatma-filmni tomosha qilib, tushlikdan so'ng, UzAuto Motors mehmonlari uchun ishlab chiqarish liniyalari bo'ylab ekskursiya o'tkazildi.

UzAuto Motors

Avtomobillarni yig’ish sexi namoyish etildi. Jurnalistlar va bloggerlarni UzAuto Motors bosh direktori Bo Inge Andersson shaxsan o’zi kompaniyaning ko'rgazma zalida kutib oldi. Bosh direktor mehmonlarga ushbu mavzuga qiziqish bildirganliklari uchun minnatdorchilik bildirib, ko’rgazma zalida taqdim etilgan avtomobillar bilan tanishtirdi hamda journalist va blogerlarni qiziqtirgan bir qator savollarga javob berdi. Bo Inge ekskursantlardan ko’rganlari haqida o’z taasurotlarini bo’lishishlarini so’radi. Shuningdek, kompaniya rahbari iste’molchilarning sifatni yaxshilash hamda ushbu avtomobillarni rasmiylashtirish borasidagi xohish-istaklari haqida fikrlari muhimligini alohida ta’kidlab o’tdi. 

UzAuto Motors

Faol munozaradan so'ng bosh director mehmonlarga tashrif uchun minnatdorchilik bildirib, zavodda ishlab chiqarishning majburiy to'xtab qolganligidan so’ng ommabop modellar qayta ishlab chiqarilishi tiklanganini e'lon qildi.

UzAuto Motors

Shuningdek, janob Andersson bunday uchrashuvlarni doimiy ravishda o'tkazish taklifini bildirdi. Mehmonlar bildirilgan taklifga ijobiy munosabat bildirib va umuman tuning qilingan avtomobillardan mamnun bo’lishdi.





Report Page