UZAUTO MOTORS XABARI

UZAUTO MOTORS XABARI

UzAuto Motors

UzAuto Motors kompaniyasi avtomobillarni xarid qilish tartibini soddalashtirish, ushbu jarayonning shaffofligini ta’minlash mexanizmini takomillashtirish ustida muntazam ravishda ish olib bormoqda.

Ayrim shaxslar uchun oldindan to’lovning kamaytirilganligi, shuningdek shartnomani onlayn rasmiylashtirish imkonini beruvchi qulay tizimning joriy etilishi avtomobilni shaxsiy foydalanish uchun emas, balki faqat tijorat maqsadlarida (qayta sotish) sotib olish uchun ishlatila boshlandi.  

Shu munosabat bilan eslatib o’tamizki, agar bir shaxs nomiga yiliga bir xil model uchun 2 tadan ortiq avtomobil xarid qilinsa, har bir keyingi avtomobil “navbatning” oxiriga o'tadi hamda avtomobillarni yetkazib berish muddati 120 kunga oshadi. Keyinchalik bir kishi tomonidan bir nechta avtomobillarni sotib olish amaliyoti takrorlangan taqdirda kompaniya iste’molchilar uchun avtomobillar mavjudligini ta’minlash maqsadida ushbu muddatni 270 kungacha uzaytirishni ko’rib chiqmoqda.

Shuningdek, shu kunlarda turli xil internet reklama e’lonlari xizmatida (misol uchun, olx.uz) “avtomobilni qayta sizning nomingizga rasmiylashtirish va’dasi” bilan to’lovi amalga oshirilmagan shartnomalarni “sotib olish” takliflari paydo bo’ldi.

E’tibor bering, shartnoma “UzAvtoSavdo” tizimi tomonidan avtomatik tarzda tuziladi. Undagi ma’lumotlarni na xaridor na diler tomonidan o’zgartirishning imkoni yo’q. Qolaversa, avtomobilni olgan so’ng, tizim xaridorning ishtirokida davlat raqamini ro’yxatdan o’tkazish Yo’l-harakati xavfsizligi davlat xizmatiga (YHXDX) elektron hisob-fakturani yuboradi. 

Hurmatli mijozlar!

Sizdan avtomobillarni sotib olish va ro'yxatdan o'tkazishning o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, ehtiyot bo'lishingizni va bunday shartnomalarni "sotib olish" bo'yicha shubhali takliflarga rozi bo'lmasligingizni so'raymiz.

Report Page