“UZAUTO MOTORS” TOJIKISTONDA CHEVROLET BRENDINI TAQDIM ETADI

“UZAUTO MOTORS” TOJIKISTONDA CHEVROLET BRENDINI TAQDIM ETADI


🚘 UzAuto Motors Tojikiston bozorida Chevrolet brendining eng ommabop modellari: Chevrolet Spark, Cobalt, Nexia hamda Lacetti avtomobillarini namoyish etdi. 

LESINVEST kompaniyaning rasmiy distribyutori sifatida Tojikistonda Chevrolet segmentatsiyasidagi avtomobillarni sotish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni boshqarib boradi.

Chevrolet avtomobillarining qulay narxi va sifat borasidagi ustunligi tufayli LESINVEST mavjud segmentlarning mamlakat bozorida o‘z o‘rnini mustahkamlashi hamda sotuvini ko‘paytirishni maqsad qilgan.

Bu borada, LESINVEST dilerlik xizmati faoliyatini yanada yaxshilash va raqobatbardoshlilikni oshirish maqsadida Chevrolet Spark, Cobalt, Nexia va Lacetti avtomobillarining sotuvi uchun mamlakatdagi yetakchi banklar bilan hamkorlikda kredit dasturini ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

🌐 Kompaniya rasmiy sahifalari 👇

 Veb sayt | Facebook| Instagram | You tube

Report Page