“UZAUTO MOTORS” HUDUDIY TARMOQLARARO SANOAT YARMARKASIDA FAOL ISHTIROK ETDI

“UZAUTO MOTORS” HUDUDIY TARMOQLARARO SANOAT YARMARKASIDA FAOL ISHTIROK ETDI

UzAuto Motors

4-5-iyul kunlari Andijon shahrida joylashgan “Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi” hududida avtomobilsozlik va boshqa turli xil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari uchun ixtisoslashgan navbatdagi hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Yarmarka mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, viloyatning yirik sanoat tashkilotlari bilan mahalliy sanoat korxonalari o‘rtasida ishlab chiqarish kooperatsiyasini yanada kengaytirishga qaratilgan.

Ikki kun davom etgan yarmarkada sanoat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi, xususan viloyatning 100 dan ortiq tadbirkorlik subʼektlari vakillari o‘zlarining sanoat mahsulotlari bilan qatnashishdi. E’tiborlisi, mazkur nufuzli anjumanda Uzauto Motors kompaniyasi barcha sanoat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilari qatorida o‘zining ichki va tashqi bozorlarda sotiladigan avtomobillarning barcha turlarini namoyish etdi. Shuningdek, kompaniya stendidan avtomobil ehtiyot qismlarining bir qancha turlari o‘rin olgan. 

Ta’kidlash joizki, Sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasiga tashrif buyuruvchilarning aksariyat qismi milliy avtomobilsozlik saloyihati, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish imkoniyatlariga qiziqish bildirishdi.

Sanoat yarmarkasi doirasida ishtirokchilar bir-birlarining imkoniyatlari, taklif va ehtiyojlari bilan yaqindan tanishishd. Hamkorlik masalalari bo‘yicha muzokaralar olib borib, hamkorlik shartnomalarini imzolash imkoniyatiga ega bo‘lishdi.


Report Page