USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI

USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI

TATI Markaziy apparati Kengaynirilgan yigilish Mintaqaviy bo‘linmalar

🟢Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti direktori Shuhrat Bobomurodov rahbarligida Institutning barcha bo‘lim rahbar va xodimlari, shuningdek mintaqaviy bo‘linma rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

🔵Yig‘ilish Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning 28 oktabr kuni ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilish bayonnomasida keltirilgan topshiriq va vazifalari bo‘yicha tashkil etildi.  

🟠Mazkur yig‘ilishda asosiy e’tibor, Institutda va uning mintaqaviy bo‘linmalarida olib borilayotgan vazifalar ustvorligi, shuningdek, sohaga oid qabul qilingan Qonunlar, Prezident Farmon, Qaror hamda vazirlik topshiriqlari ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.

 🟡Dastlab, mamlakatimizning «yashil» iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha Institut va unning mintaqaviy bo‘linmalarining barcha xodimlari faol qatnashib, har bir xodim o‘zlariga belgilab berilgan joylarga tok va terak ko‘chatlarini ekish, shuningdek kuz-qish mavzumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, kelgusida energiya ishlab chiqaruvchi quyosh panellaridan foydalanish yo‘lga qo‘yish, kadrlar masalasida yangicha yondoshuvni ya’ni har bir ishchi xodimni oilasi, farzandlari haqidagi ma’lumotlarni shakillantirish va vazirlikka taqdim etish, kelgusi yilda ilmiy-innovatsion faoliyat natijalari bo‘yicha milliy reytingning yuqori darajaga olib chiqish va tizimda ijro intizomiga qat’iy rioya qilish to‘g‘isida topshiriq va vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

🟣 Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, Institutda ilmiy faoliyatni har qachongidan yuksaltirish lozimligi yana bir karra qayd etildi. Institut faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida tuproq na’munalarini tezkor va aniq tahlil qilish uchun xorijdan keltirilgan eng so‘ngi laboratoriya texnologiyalaridan unumli va oqilona foydalanish haqida o‘z fikr mulohazalarini bayon etib, bu borada mintaqaviy bo‘linmalar faoliyatini yanada rivojlantirish, mavjud muammolarini bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

🔴Yig‘ilish yakunida sohada tashabbuskorlik ko‘rsatib, dolzarb muammolarni tahlil qilib va ularni o‘z vaqtida bartarf etish eng ustuvor vazifa ekanligi ta’kidlandi.


Bizni ijtimoiy sahifalarimizda kuzatib boring!

👇

✍️Veb sayt:  Soil.uz

💻Facebook: TATI.uz

 📱Telegram: TATI Soil

 🖥Youtube:  Soil tuproqshunoslik

Report Page