USTOZIMGA SOVG'A TANLOVI NIZOMI

USTOZIMGA SOVG'A TANLOVI NIZOMI

MALIKA EDUCATION O’QUV MARKAZI TOMONIDAN O’TKAZILAYOTGAN “USTOZIMGA SOVG’A” OLIMPIADASI NIZOMI


1-bob umumiy qoidalar

1. Mazkur tanlova faqat Samarqand viloyatidagi davlat va nodavlat ta’lim muassasalarining 3-4 sinf o’quvchilari ishtirok etadi

1.2 Tanlovda 3-4 sinf o’quvchilari umumiy bellashadi

1.3 Tanlovda ishtirok etish mutlaqo bepul

 

2-bob olimpiada ishtirok etish va o’tkazish qoidalari

2.1 Olimpiadada har bir ustozning eng ko’pi bilan 5 nafar o’quvchisi ishtirok eta oladi va o’quvchilar @MalikaEdu_Olympic_bot orqali ro’yxatdan o’tishadi.

2.2 Olimpiada hududiy saralash va viloyat bosqichlarida o’tkaziladi

Hududiy saralash bosqichi quyidagi tartibda o’tkaziladi:

-birinchi hududiy saralash bosqichida Paxtachi, Narpay, Kattaqo’rg’on tuman va shahar, Nurobod, Ishtixon tumanlari

 -ikkinchi hududiy saralash bosqichi manzili qayerdir. Payariq,Pastdarg’om,Qo’shrobod, Oqdaryo tumanlari

-uchinchi hududiy saralash bosqichi manzili qayerdir. Bulung’ur, Jomboy, Samarqand tuman va shahar, Urgut, Tayloq tumanlari ishtirok etadi

Hududiy bosqich manzillar va hududlar  yangilanib borishi mumkin.

- Uchta hududiy saralashdan eng yuqori ball olgan 25 nafardan o’quvchilari viloyat bosqichida bellashadi.

3-bob olimpiada sovrindorlarini taqdirlash

3.1 Viloyatda eng yuqori ball olgan bir nafar o’quvchi Oliy sovrin egasi hisoblanadi. Oliy sovrin sohibiga Velesoped va ustoziga (O'quvchi ustozini tanlash ixtiyoriga ega) DUBAY shahriga yo’llanma beriladi

3.2 Mos ravishda 1-2-3-o’rin sohiblar va ustozlariga estalik sovg’alar beriladi.

3.3 Agar ballar teng kelib qolsa, o’quvchilarga qo’shimcha savollar beriladi.

Hududiy saralash bosqichi manzillari haqida ma’lumot qo’shimcha berib boriladi.

Batavsil ma’lumot: 94 185 44 88: 

Report Page