“USTOZIMGA SOVG‘A – 2026” olimpiad nizomi
1. UMUMIY QOIDALAR1.1. Olimpiada Malika Education o‘quv markazi tomonidan tashkil etiladi.
1.2. Olimpiadada faqat Samarqand viloyatidagi davlat va nodavlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 2-, 3-, 4-, 5-, 6-, 7- va 8-sinf o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin.
1.3. Prezident maktablari, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab hamda boshqa ixtisoslashtirilgan maktablarda tahsil olayotgan o‘quvchilar mazkur olimpiadada ishtirok eta olmaydi.
1.4. Har bir sinf o‘quvchilari o‘z sinf toifasi bo‘yicha alohida bellashadilar.
1.5. Olimpiadada ishtirok etish MUTLAQO BEPUL.
2. ISHTIROK ETISH VA RO‘YXATDAN O‘TISH
2.1. Har bir ustoz olimpiadaga ko‘pi bilan 5 nafar o‘quvchi tavsiya qilishi mumkin.
2.2. O‘quvchilar @malika_edu_olimpiads_botorqali ro‘yxatdan o‘tadilar.
2.3. Ro‘yxatdan o‘tishda o‘quvchining F.I.Sh., sinfi, maktabi, hududi hamda ustoziga oid ma’lumotlar to‘liq va to‘g‘ri kiritilishi shart.
2.4. Tashkiliy qo‘mita zarur hollarda o‘quvchining maktabi va sinfini tasdiqlovchi ma’lumot talab qilish huquqiga ega.
3. OLIMPIADA BOSQICHLARI
Olimpiada 2 bosqichda o‘tkaziladi:
I BOSQICH — HUDUDIY SARALASH
II BOSQICH — VILOYAT FINALI
I BOSQICH — HUDUDIY SARALASH
3.1. Hududiy saralash Samarqand viloyatining tuman va shaharlarini qamrab olgan holda tashkil etiladi.
3.2. Hududlardan Ushbu hududlardan qatnashgan o‘quvchilarning natijalari birlashtirilib, yagona umumiy reyting shakllantiriladi.
3.4. Har bir hududiy saralash natijasiga ko‘ra har bir sinf toifasidan eng yuqori natija qayd etgan TOP-15 o‘quvchi viloyat final bosqichiga yo‘llanma oladi.
3.5. Samarqand shahridagi yagona hududiy saralashda barcha tegishli hududlar natijalari birlashtirilib, har bir sinf bo‘yicha umumiy TOP-30 aniqlanadi.
II BOSQICH — VILOYAT FINALI
3.6. Hududiy saralashlardan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar Viloyat final bosqichida ishtirok etadilar.
3.7. Finalda 2–8-sinf o‘quvchilari o‘z sinf toifalari bo‘yicha alohida bellashadilar.
3.8. Har bir sinf bo‘yicha 1-, 2- va 3-o‘rin sohiblari aniqlanadi.
3.9. Ballar teng kelgan taqdirda g‘olib qo‘shimcha savollar orqali aniqlanadi.
4. SOVRINLAR
Viloyat finalida har bir sinf toifasi bo‘yicha:
🥇 1-o‘rin — VELOSIPED
🥈 2-o‘rin — SAYOHAT SUMKASI
🥉 3-o‘rin — ROLIKLI KONKI
G‘olib va sovrindorlar diplom va medallar bilan ham taqdirlanadi.
🏆 OLIY SOVRIN
Barcha sinf toifalari orasidan FAQAT BITTA OLIY SOVRIN SOHIBI aniqlanadi.
📺 Oliy sovrin sohibiga — SMART TV
✈️ O‘quvchi tanlagan bir nafar ustozga — DUBAY SHAHRIGA SAYOHAT YO‘LLANMASI
Oliy sovrin sohibi Dubay yo‘llanmasi taqdim etiladigan ustozini mustaqil ravishda tanlash huquqiga ega.
5. YAKUNIY QOIDALAR
5.1. Hududiy saralash va Viloyat final bosqichlarining sanasi, vaqti va aniq manzili alohida e’lon qilinadi.
5.2. Tashkiliy zaruratdan kelib chiqib, olimpiada sanalari, vaqti yoki manzillariga o‘zgartirish kiritilishi mumkin. Bunday o‘zgarishlar ishtirokchilarga oldindan ma’lum qilinadi.
5.3. Tashkiliy qo‘mita olimpiadaning adolatli va shaffof o‘tkazilishini ta’minlaydi.
RO‘YXATDAN O‘TISH:
@malika_edu_olimpiads_bot:
+998 94 185 44 88
“BILIMING BILAN G‘ALABA QIL —
ilinadi.