USSD Mobile | Rasmiy kanal

USSD Mobile | Rasmiy kanal

@ussduz

Uztelecom GSM abonentlari uchun uzoq kutilgan yangilik.🥳

"Units" tarif rejalarini qarshi oling.


👍"Units 700" Tarif rejasi

👍"Units 1500" Tarif rejasi

👍²"Units 3500" Tarif rejasi

👍"Units 7000" Tarif rejasi

👍"Units 10000" Tarif rejasi

👍"Units 13000" Tarif rejasi

👍"Units 17000" Tarif rejasi

👍"Units 21000" Tarif rejasi

Uzmobile "Units"Tarif rejalari

Batafsil ma'lumot👇

1. 👉Yechib olish:

Internet xizmatidan foydalanilganda, Internet-trafik kvant tarifikatsiyasiga muvofiq 16 KV da yechib olinadi – Units mutanosib ravishda yechib olinadi (1 Units = 1 MV ga hisobida). 

SMSdan foydalanilganda, abonent resurslaridan har bir SMS uchun 1 Units birlik yechib olinadi (1 Units = 1 SMS). 

Ovozli qoʻngʻiroqni amalga oshirilganda, abonent resurslaridan 1 Units birlik yechib olinadi, har bir qoʻngʻiroq bir daqiqagacha yaxlitlanadi (1 Units = 1 daqiqa).



2. 👉Tarif rejaning hisob-kitob davri – tanlangan opsiyaga qarab –- 7, 15 yoki 30 kun



3. 👉Barcha Units resurslarini sarf etib boʻlinganda, chiquvchi qoʻngʻiroqlar, SMS va Internetga kirish bloklanadi. Imkoniyat quyidagi hollarda tiklanadi: 

Hisob-kitob davri kelganda abonent toʻlovi toʻlangandan soʻng;

“Restart” xizmati faollashtirilganda (abonent toʻlovi yechib olinadi, Abonent to'lovi yechib olingandan soʻng, tanlangan tarif rejaga muvofiq resurslar taqdim etiladi); ushbu toʻplamdagi boshqa tarif rejaga oʻtilganda va tanlangan tarifning abonent to'lovi toʻlanganda.



4. 👉Tarif toʻplamlari ichida oʻtishlar – bepul.



5. 👉Ushbu tarif rejalaridan boshka tarif rejalariga oʻtish amalga oshirilayotgan tarif rejasi shartlariga muvofiq.



6. 👉“Units” tarif rejalariga boshqa tarif rejalaridan oʻtish bepul.



7. 👉Tarif toʻplamlari ichida oʻzaro oʻtilganda resurslar (Units) saqlab qolinadi (ularning amal qilish muddatiga muvofiq).



8. 👉Ushbu tarif rejalarga har qanday tarif rejalardan (quyidagi tariflar bundan mustasno: Uzmobile M2M, Uzmobile M2M yil, M2M basic, UZCARD GSM, HUMO GSM) har qanday qulay usul bilan (USSD-buyruq, SMS, shaxsiy kabinet, Uzmobile 4G Dealer ilovasi, sotuv ofislarida oʻtish mumkin



9. 👉“Units” tarif rejasi toʻplamidan boshqa tarif rejalarga oʻtishda taqdim etilgan resurslar (Units) saqlanib qolinmaydi.



10.👉Boshqa tarif rejalardan “Units” tarif rejaga oʻtishda, abonentda qolib ketgan barcha resurslar (tarif reja tomonidan taqdim qilingan, shuningdek sotib olingan daq/MB/SMS lar shular jumlasidan) kuyib ketadi.



11. Ushbu tarif rejalarga ulanish UZTELECOM ning sotuv va xizmat koʻrsatish ofislarida hamda dilerlik xizmat koʻrsatish joylarida ham mavjud.



12. 👉Ushbu tariflar doirasida abonent toʻlovini hisoblashni boshlash har bir Abonent uchun yagona jadval boʻyicha emas, alohida tartibda abonent to'lovi yechib olingan vaqtdan boshlab hisob-kitob davri uchun soniya aniqligi bilan amalga oshiriladi. Tarif rejasi doirasida Abonen to'lovini yechib olish vaqti



13. 👉Resurslar tarif rejasi boʻyicha abonent to'lovi muvaffaqiyatli yechib olinganda taqdim etiladi va joriy hisob-kitob oyining soʻnggiga qadar amal qiladi, Tarif rejasi boʻyicha sarf etilmagan limitlar keyingi hisob-kitob davriga oʻtmaydi.



14. 👉“Foydali almashinuv”, “Qoʻllab yubor”, “Cheksiz ovoz”, “Tungi qoʻngʻiroqlar”, “Tungi internet”, “Oila uchun” va “Sevimli raqamlar” xizmatlari ushbu toʻplam tarif rejalari uchun mavjud emas.



15. 👉Ushbu tariflar toʻplamida quyidagi xizmatlar mavjud: “Restart”, “ZiyoNET” va “Tezkor oʻtkazma”. “Units” toʻplamidagi Tarif rejaga oʻtishda yuqorida sanab oʻtilgan xizmatlarni koʻrsatish shartlari va muddatlari oʻzgarishsiz qoladi.



16. 👉Ushbu tariflar toʻplamining abonentlariga quyidagi toʻplamlarga ulanish mavjud emas (Internet toʻplamlar, Kunlik non-stop, Kunlik internet toʻplamlar, Internet non-stop, TAS-IX uchun Internet-toʻplamlar, SMS toʻplamlar, daqiqalar toʻplami, har kun uchun SMS, xalqaro SMS toʻplamlar).


UZTELECOM – Milliy operator.


Uzmobile 4G Dealer ilovasi

Ilovani yuklab oling👇👇

https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.pdp.uzmobile


Kanalimiz👇👇

https://t.me/ussduz


Report Page