USP o'zi qanday tashkilot va uning vakolatlari nimalardan iborat?

USP o'zi qanday tashkilot va uning vakolatlari nimalardan iborat?

Uzpharmcontrol

Xabaringiz bor, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi va AQSH Farmakopeya konvensiyasi (USP) o'rtasidagi kelishuvga muvofiq, Markaz direktori Agzam Nartayev boshchiligida jahon standartlari asosida kadrlar tajribasini oshirish, farmmahsulotlarni ro'yxatdan o'tkazish tizimini takomillashtirish va sohaga yangi innovatsiyalarni joriy etish bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xo'sh, USP o'zi qanday tashkilot va uning vakolatlari nimalardan iborat?

USP mustaqil tashkilot bo‘lib, u tomonidan tasdiqlangan normativ hujjatlar davlat darajasida tan olinadi. Ish jarayoni USP konvensiyasi tomonidan boshqariladi, 450 dan ortiq hamkor aʼzo tashkilotlar, 900 dan ortiq sifat standartlarini o‘rnatuvchi ekspertlarni va FDAda faoliyat olib boruvchi 100 dan ortiq mutaxassislarni qamrab oladi.

USPning boshqaruv va konsultativ organlariga Konvensiya Kengashi, Boshqaruv Qo‘mitasi, Aʼzolar Kengashi va Ekspertlar va Ekspert Qo‘mitalar Kengashi kiradi.

Aʼzolar kengashi o‘z ichiga 196 ta akademik tashkilotlar va assotsiatsiyalarni;
137 ta amaliyot shifokorlarining professional va ilmiy assotsiatsiyalarni;
68 ta davlat tashkilotlari va uning bo‘linmalarini;
33 ta ishlab chiqaruvchilarni;
8 ta standartlashtirish va muvofiqlikni baholash bo‘yicha nodavlat tashkilotlarni va 17 ta isteʼmolchilarga bog‘liq boshqa tashkilotlarni o‘z ichiga oladi.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi matbuot xizmati
Telegram
| Facebook | Instagram | Youtube

Report Page