USMLE step 2 CK (250) – Hisobot | Boburbek

USMLE step 2 CK (250) – Hisobot | Boburbek

medcloud

Assalomu alaykum, mening ismim Boburbek va men TMA ning 2021-yilgi bitiruvchisiman.

Hozirda internet tarmoqlarida usmle imtihonlariga tayyorgarlik haqida yetarlicha ma’lumot bor, lekin barchada vaziyat va tajriba har xil, undan tashqari o’zim ham boshqalarning hisobotlaridan foydali narsalarni olganim uchun men ham tajribam bilan bo’lishmoqchiman.

Albatta bu yo’lda doim menga ishonib, qo’llab-quvvatlab turgan oila-a’zolarimga, yaqinlarimga va maslahatlarini ayamagan ustoz va do’stlarimga minnatdorchilik bildirib qolaman!
Score report

UMUMIY MA’LUMOT

Step 2 ni birdaniga uworlddan bowladim. Boshida UWorld notes va WCC (White Coat Companion) dan o’qib, keyin uworld yechmoqchi bo’ldim lekin ko’p vaqtni olgani uchun ularni o’qimaslikka qaror qildim. Shunday qilib 1-krugda faqat to’g’ridan to’g’ri uworld caselarini untimed/system based yechdim va explanationni o’qidim (hatto ankida takrorlolmadim ham). Boshqa resurslarga ulgurmadim. Maqsad iloji boricha tezroq topshirish edi. 1-krug uworld 5 oylarda tugadi va hech nimani takrorlamasdan uwsa1 yechdim (men uchun noqulayliklarga juda boy kun bo’lgan, asabiylashib yechganman😅…) BOOM!!!💥216!!! 

Bu men uchun kutilmagan ball edi, chunki uworld ~60% bo’lgan paytda Lecturio SA (Self assessment) da 226 chiqqan edi. Keyin testni analiz-sintez qildim ( Keyingi tayyorgarlik rejasini tuzishda bu juda muhim! Siz nima sababdan xato qilganingizni aniq tushunishingiz lozim). 1-krugdan keyin men imtihonni belgilagan edim, lekin oilaviy vaziyatim shuni taqazo etdiki 2 oy umuman hech nima o’qiy olmadim va natijada juda ko’p narsalar esimdan chiqib ketdi (Shu sababli imtihon kunini surishga qaror qildim). Shundan so’ng uworldni reset qilib 2-krugni yangidan boshladim (meni holatimda incorrectlarni yechish foydali emas deb hisobladim). NBME larda tushgan savollardagi yangi konsepsiyalarni, xatolaringizni ankiga joylashtirib har SA dan oldin takrorlash juda yaxshi natija beradi. Lekin men ankiga joylash o’rniga dehqoncha qilib self notesni daftarga yozdim va bu noteslarni men so’ngi haftalarda asosiy resurs qilib ishlatdim (bu menga juda katta yordam berdi!!!). Albatta vaqtingiz bemalol bo’lsa score ni Amboss, Divine podcasts, Dr High Yield, Mehlman Medical bilan yanada oshirishingiz mumkin. Vaqtingiz kamroq bo’lsa ma’lum mavzularni ko’rish yetarli.

Statistika

Uworld % correct: 1-krug: 68%

Lecturio SA: 226 ( uworld ~60% tugagan)

UWSA 1: 216 ( uworld 1-krug 100% tugagandan so’ng)

AMBOSS SA: 230 ( uwsa1 dan 19 kun keyin)

NBME 9: 233 ( 83 kun oldin)

NBME10: 239 ( 53 kun oldin)

NBME11: 243 ( 37 kun oldin)

Old Free 120: 78% ( 24 kun oldin)

NBME12: 246 ( 19 kun oldin)

UWSA 2: 256 ( 10 kun oldin)

New Free 120: 70% (2 kun oldin)

NMBE13: faqat konsepsiyalarni tez ko’rib chiqdim

NBME14: ulgurmadim

CMS Forms – faqatgina umumiy 4 dona yechganman 4 xil subjectdan (75% - 90%)

IMTIHON KUNI

Imtihon kuniga keladigan bo’lsak, haqiqiy imtihon NBME va free120 ga juda o’xshash stilda va konsepsiyalar ham o’xshash va xatto, aynan savollar ham yetarlicha. Shaxsan men Uworld caselariga o’xshatmadim, qo’shimchasiga menga Uworlddan osonroq tuyuldi. Albatta, WTF savollarsiz sizni imtihondan qo’yib yuborishmaydi😅.  Bu caselarda va ikkilangan savollarimda ko’p to’xtalmasdan birinchi hayolga kelgan javobni tanlab ketaverdim (chunki menda SA larda har doim vaqt yetmay qolardi va oxirdagi oson savolarni hatto o’qishga ulgurmasdim). Imtihonda overthinking qilmadim va shukurki ,barcha blokdagi savollarga ulgurdim (hamma blokda kulguli bir necha sekund ortib qolardi). Bloklarni vaqtida tugatganim uchun imtihondan nisbatan ko’nglim to’q holda chiqdim.

 

SHAXSIY MASLAHAT

USMLE examlar sferasida shu vaqt ichida shuni tushundimki: Haqiqiy imtihon umumiy tayyorgarlik protsessidan osonroq! Buni har doim imtihondan oldin esga oling. Siz 6 – 12 oy tayyorgarlikda “shamol”ga qarshi yurishingiz, qadam tashlashingiz va ma’lum nuqta (masalan, o’zingiz xoxlagan score…) gacha kelishingiz zarur. Ya’ni, ham shamol oqimiga bardosh berishingiz, ham oldinga yurishingiz kerak. Imtihon kunida esa sizdan talab qilinadigan narsa bu - faqat “shamol” oqimiga-zarbiga bardosh berib, hozirgacha yetib kelgan o’rningizdan orqaga siljimasangiz bas! Ya’ni siz 8 soatdan keyin ham, emotsional stabil holatda bo’lishingiz va har xil tibbiy vaziyatlarni adekvat baholay olishingiz zarur. Shunda siz bemalol SA larda olgan score ga yaqin natijani yana takrorlay olasiz (Albatta, “shamol” oqimi sizga kuchsiz tuyulsa, oldinga yurishni ham hech kim ta’qiqlamagan…) Muhimi o’zingizga ishoning! 

UAE, Dubai, Prometric center

Bu yo’lda menga juda ko’p insonlar o’z maslahatlarini beminnat berganlar va mening ham kimgadir yordamim tegsa hursand bo’lardim…

 

Email: bob14abdugabborov@gmail.com

Instagram: @boburbekabdugabborov


Report Page