USMLE Step1-253
…Assalomu alaykum !!!
Bu natijaga erishishimda ham moliyaviy , ham ma'naviy tarafdan yordam bergan ota-onam,yaqinlarim, ustozim Farxod aka, do'stlarim , sizlarga katta rahmat,doimo sog' bo'linglar !!!

Tayyorlanish davomiyligi- 2 yil 2 0y 12 kun
USMLE haqida TTA da 4-kursida o'qib yurganimda kursdoshlarim orqali eshitganman. Ustozim Farxod aka o'sha davrda yakshanba kungi leksiyalar tashkil qilardi. Shu leksiyalarning bir nechtasida qatnashganimdan so'ng, bu imtihonga qiziqishim oshdi va 2019-yil may oyida kursni boshlashga muvaffaq bo'ldim.
Tayyorgarlikning pre-COVID davri : (05.2019-03.2020)
Bu davrda asosiy manba Medcloudning "Live + video" darslari edi va darslarimiz haftada 3 marta bo'lardi.Kunlik ajratilgan vaqt 3-4 soat. Ma'lumotlar qiziq ,bir biri bilan bog'langan , ko'pchilik qismi mutlaqo yangi bo'lardi. Bu bosqichda Meni va boshqalarni eng ko'p qiynagan savol "NIMAGA?/ПОЧЕМУ?"edi. Bizning "4-guruh":

Bu davrda tugatilgan fanlar : Embriologiya, Anatomiya(Gross+Neyro), Fiziologiya, Bioximiya, Mikrobiologiya.
Tayyorgarlikning COVID davri : (03.2020-09.2020)
Pandemiya boshlanishi munosabati bilan o'qishlar to'xtatildi , medclouddagi bizning darslar ham onlinega o'tkazildi, qishloqda internet yaxshimasligi va bir qancha boshqa sabablar tufayli darslarni to'xtatib qo'ydim. Karantin tugatilar degan umidda april oyigacha ingliz tili bilan shug'ullandim... Keyin April oyidan yana o'qishga kirishdim. Avgust oyida IELTS(tayyorlanish iyul+avgust oyi) imtihonini topshirdim. Sentyabr oyida USMLE Rxni sotib olib yechishni boshladim (ungacha free trialdan foydalanib yechganman). Bu davrda kunlik dars 2-3soat.
Bu davrda tugatilgan fanlar : immunologiya, etika, behavioral sciences(qanday tarjima qilishni bilmadim) va NBME 13,15
Tayyorgarlikning yakunlovchi davri: (10.20-07.21)
TMA da offline darslar boshlandi va Toshkentga qaytib keldim. Birinchi 2 oy davomida Rx bilan shug'ullandim(kuniga bitta blok-sistema bo'yicha) ,keyin NBME 17,19ni yechib ko'rdim. Dekabr oyidan Uworldni boshladim va april oyida tugatdim.May oyi va Iyunning yarmi TMA dagi davlat imtihonlari tashvishi bilan o'tib ketdi. Uworldni ikkinchi martasiga ulgurmasligim aniq bo'lib qoldi. Imtihon kunini belgilagandan so'ng, qolgan muddatni yangi chiqqan NBME25-30 va takrorlashga sarfladim. Kunlik dars 6-8 soat(Haftada bir kun dam olish-dars soati 2-3 soat).
Tugatilgan fanlar va testlar : psixiatriya, patologiya, farmakologiya; USMLE Rx, UWorld(1+0.2), NBME 17,19,25-30, UWSA1&UWSA2, bir marta imtihon simulyatsiyasi(6ta blok+1ta blok)
Anqara. Imtihonga 3 kun qoldi:(08.07.21-11.07.21)
Asosiy e'tiborni tez esdan chiquvchi ma'lumotlar (milestones, HLA&diseases...) va o'zim kuchsiz sistemalarga qaratdim. imtihon kuni uyqu bosmasligi va charchab qolmaslik maqsadida 3 kun bir xil vaqtda turib , ovqatlanib kechqurun erta yotdim . Imtihonga bir kun qolganda shokolad, yogurt va suv tayyorlab qo'ydim.Kunlik dars 2-4 soat.
Imtihon kuni: (12.07.21)
Hayajonlanganimdanmi shu kuni yaxshi uxlay olmadim, kechasi 3-4 marta uyg'ondim. Ertalab 8:00 da prometrik markazga bordim. U yerda 3-4 odam navbatda turgan ekan. Men 8:30 lar atrofida testga kirdim. Test formati UWorldni eslatadi. Test jarayoni :
1-blok +2blok-10min (tanaffus)-3blok+4blok-12min-5-blok-10min-6blok-9min-7blok
birinchi 2 blok davomida juda kuchli hayajon bo'ldi, 4 blokdan so'ng esa hammasi joyiga tushdi( yarim yo'l ortda qolgandi). 7 blok juda og'ir o'tdi , ayniqsa bir betlik etika savollari tufayli. Bloklar oxirida taxminan 10 min ortiqcha vaqt qoldi va bu vaqtni kompyuter oldida ko'z mashqlarini bajarishga sarfladim. Keyin bu vaqt tugagandan so'ng, tanaffus oldim. Shunda tanaffus vaqtim deyarli 2 soat(1 soat rasmiy + 1 soat ekonom) ni tashkil qildi.
Uraaa !!! Test tugadi...

NBME va QBanklar :
NBME 13 (04.05.20)- 200
NBME 15 (01.06.20)- 207
USMLE Rx- 79%
NBME 17 (06.12.20)- 225
NBME 19 (31.12.20)-225
UWorldni boshladim
UWSA1 (20.02.21)- 258
UWorld tugadi (09.04.21)- 80%
UWorld 2-marta- 88% ( Qbankning 20 % yechilgan)
NBME 30 (07.05.21)-245
UWSA2 (06.21)-260
NBME 25-29(offline) ~ 85%-90% (NBME 26 yechilmagan)
Free 120(07.21)- 85%



Foydalanilgan adabiyotlar : First Aid + Google + Anki (interval takrorlash uchun) +...
Embriologiya - Hi-Yield + BRS
Anatomiya- Kaplan + Gross
NeyroAnatomiya - Kaplan + Hi-Yield
Fiziologiya - BRS Costanzo
Bioximiya - Kaplan + hand-made schemes(~50 sch.)
Mikrobiologiya- SketchyVideos + Clinical Microbiology Made ridiculously easy
Immunologiya - Kaplan
Patologiya - Pathoma +BnB videos +Goljan pathology
Ethics&Behavioral sciences- BRS + C.Fischer 100 cases + Kaplan(+statistics)
Psixiatriya- First Aid (enough)+ Kaplan
Farmakologiya- Kaplan(faqat General principles qismi, qolgani First Aid bo'yicha)
Goljan audios - sistemalar bo'yicha berilgan (tez-tez takrorlab olish uchun zo'r material)
Tavsiyalar :
Ingliz tili- intermediate (kamida vocabulary qismi)
Iloji boricha erta boshlash!!!(2-3kursdan)
StudyPartner- bir-biriga motivatsiya , qo'llab quvvatlash berish uchun
ECFMG - FORM186 ni imtihondan 3-4 oy oldin olib qo'yish
Ma'lumotlarni oxirigacha tushunish muhim, chunki testda aynan shu narsa so'raladi !!! (masalan, MetHb ni davolashda Methylene blue ishlatiladi, lekin u G6PDH yetishmovchiligida ishlatilmaydi(why?), chunki bu jarayon uchun NADPH kerak, (what then?)bu bemorlarda vitC/transfuziya qilish mumkin.)
Dorilar uchun - mnevmonika qiling (menda 10 tacha) (oddiy yodlashning iloji bo'lmasa)
Masalan, PDL1/2-PD1 antagonistlari: atezolizumab, avelumab, durvalumab(1+2=3ta dori) + nivolumab, pembrolizumab
"Durnoy Aves Ezoldaga + Trolning Nivasiga o'tirishini aytdi"
Xarajatlar :
Kurs uchun- 500$
Kitoblar uchun- 60$
USMLE Rx-75$
UWorld- 430$
FORM186-130$
Step1 imtihon to'lovi-1150$
Yo'l xarajatlari-600$
Mehmonxona-100$
NBME30-60$( qolgani offline+free NBME13,15,17,19)
Umumiy : 3075$