USMLE Step 1 – PASS Hisobot (отчёт) | Musulmon

USMLE Step 1 – PASS Hisobot (отчёт) | Musulmon

InDoc Medical Academy

👋 Assalomu alaykum, Mening ismim Musulmon Toshkent Tibbiyot Akademiyasining 2024-yilgi bituruvchisiman. Sizlarga USMLE step 1 imtihoniga tayyorgarlik jarayonim haqida aytib bermoqchiman.

Avvalambor, meni doim qo’llab-quvvatlab turgan va ishonch bildirgan ota -onamga , akamga, tayyorlanayotganimda mening yonimda turgan sherigim 😎 Jasurga, maslahatlarni ayamagan 😎 Farhod akaga, 👨‍🏫 Abbosxon akaga, do'stim 😎 Bahromga va barcha yaqinlarimga minnatdorchilik bildiraman.

My report

🏥 TTA dağı darslardan ko’nglim to’lmay yurgan paytlarda USMLE haqida eshitib qoldim va imtihonga qiziqib qoldim. USMLE dagi tibbiy ma’lumotlarni tizimlashtirilgani va faqatgina kerakli bilimlar borligi juda ham e’tiborimni tortdi . USMLE step 1 ga tayyorlaydigan kursları izlay boshladim. InDoc o’quv markazi haqida eshitdim va kursga yozildim.

👨‍🏫 Abbosxon aka juda tajribali ustoz aynıqsa imtihonda tushadigan ma’lumotlarni o’rgatar edi. Dastlab offline o’qib keyin self-passda yakunladim. 1 yıllık Uworld sotib oldim va testlarni yechishni boshladim. Lekin orada katta tanaffus va depressiya tufayli Uworld yechishni to’xtatdim. 1 yillik Uworld vaqti tugadi kiyin iMD ni sotib olib qolgan testlarni yechdim. O’qishda yurganımda 😎 Jasurni ko’rib qoldim va unga birgalikda tayyorlanishni taklif etdim. Rejalar tuzib   shu reja asosida tayyorgarlikni yakunladik. Shaxsan manga sherik bilan tayyorlanish ancha qulay edi, lekin bu hammaga ham tushmaydi.

Self assesmentlar

💻 NBME 26- 72%

💻 NBME 27- 79%

💻 NBME 28- 80%

💻 NBME 29-76%

💻 NBME 30- 79%

💻 NBME 31- 76%

💻 Free 120 old -81%

💻 Free 120 new -76%

🖥Exam day

🎯 Imtihon kuni soat 5 da turdim. High yield ma’lumotlarni ko’rib chiqdim.

☕️ Nonushta qilib bo’lgandan so’ng suvni oldimda "Prometric" ga yo’l oldim.

📑Kerakli hujjatlar : passport va permit qog’oz .

🔎 Imtihonga kirishdan oldin tekshiruv bo’ldi undan o’tib test yechishga o’tirdim.

Test yechish vaqtida matni katta bo’lgan etika va biostatistika savollariga ⛳️ flag qo’yib ketdim. Ularni oxirida ko’rib chiqdim. Har bir blokni tugatganimdan kiyin chiqib 🥤suv+ 🍌 banan + 🍫 shokolad  yedim. Tanaffus ucun berilgan vaqtni 10 minuti ortib qoldi. Vaqt qanday o’tib ketganini ham bilmay qoldim. Charchash hissi bo’lmadi.

💻 NBME lardan 3 ta savol tushdi. Savol darajasi new free darajasida.

 

Tayyorlanishim 😎 Jasur bilan bir xil kechganligi uchun xulosamiz o'xshash, tayyorlanayotganlarga maslahatim shunchaki davom eting, sizga zerikarlidek, o'zgarish bo'lmayotgandek tuyulishi mumkin, lekin kunlik qiladigan ishingizni reja qilib (mayli ko'p bo'lmasin) davom eting, oxirida tayyor bo'lganingizni sezmay qolarkansiz, muhimi hamma vidio darslarni ko'rib, uni First aid kitobi bilan to'liq o'qib chiqish.

ℹ️ Men foydalangan manbalar:

💻 Uworld (yangi ma'lumotlarni First aid kitobiga yozib ketganman)

📚 First aid

🖥 Abbosxon aka vediodarslari

Turkiya, Istanbul


USMLE ga tayyorlanishda bosib o'tgan mashaqqatlar


Shuningdek, yaqinda imtihondan o'tgan talabalarning hisobotlari:

🔥Intizom va mas'uliyat bilan birga yondashsa, aniq USMLE imtihonidan o'ta olasiz!

Hisobotni o'qish uchun

Har bir talabalar USMLE ni o'qish kerak. Chunki...

Hisobotni o'qish uchun



 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz:
Telegram: https://t.me/usmleindoc
Website: https://indoc.uz/
Instagram: https://www.instagram.com/usmle_indoc/


Report Page