USMLE Step 1 – PASS | Og`abek
MedcloudAssalomu alaykum. Mening ismim Og'abek va men hozirda TTA 6-kurs talabasiman.

Usmle boshlashimga asosiy sabab avvalo tibbiyotni yaxshi o'rganish va iloji bo'lsa Amerikada o'qish bo'lgan.
Tayyorgarlik uchun menga juda ko'p tanaffuslar bilan 2 yil vaqt ketdi. Bu vaqt mobaynida men asosan First aid, Rx va UWorlddan foydalandim. Bundan tashqari har bir fan uchun alohida kitoblar o'qidim (Pathoma, Gross anatomy va shunga o'xshash)
Tayyorgarlik jarayoni
Tayyorgarlikni birinchi bir yilida medcloud darslarida qatnashdim. Keyin UWorld tahlilini qildim. Umuman olganda dars qilish soatim har xil bo'lgan bazan 10 soatdan ko'p qilardim bazan 2 soat.
Tayyorgarlikda eng foydali narsa men uchun anki bo'ldi. Darslarda va ko'chada ankidan foydalandim. O'zim ham note qilar edim lekin foydalanmadim.
Keyin foydali bo'lishi uchun daftar yoki oq qog'ozga note qilishni boshladim va o'ylaymanki u foyda keltirdi.
Self-Assessments
UWorldni 60% ga tugatdim bir yilga yaqin vaqt davomida
Nbme 26 - 64%
Nbme 27 - 69%
Nbme 29 - 74%
Nbme 30 - 73%
UWSA 1 - 239
Tayyorgalik davomidagi qiyinchiliklar
Qiyinchiliklarga kelsak, men tayyorgarlik mobaynida reanimatsiyada ishladim, haftada bir marotaba va bu ko'pincha ikki kun vaqtimni olardi. Keyinchalik bu baribir tasir qildi va ham ish, ham institut, ham tayyorgarlik meni deprissiyaga tushirdi. Shuning uchun jami 5 oylar vaqt yo'qotdim.
Bu qiyinchiliklarni yengish uchun o'ylaymanki har kim o'zi uchun vaqt ajratishi kerak (aylanishga chiqish degandek). Aytmoqchimanki iloji boricha barchasini uddalashni.
Exam
Imtihon uchun Istanbulga bir kun oldin bordim. Ozroq dam olib 3-4 soat Free 120 newni tahlil qildim.
Imtihon kuni men uchun yaxshi o'tdi, tanaffuslarim ortib qoldi. Birinchi 3 ta blok qiyin kechdi ba`zi savollarni o'qishga ulgurmadim, qolgani osonroq edi va vaqt hammasiga yetdi. Har 2 blokdan keyin 10 minut kamida tanaffus qildim va bazilarida ovqatlanib oldim.
Imtihondan keyin barchasi yaxshi bo'ldi deb o'yladim. Hech bir savolni eslamaslikga urindim va qolgani sayohat bo'ldi.
Imtihon natijasi
Javobni juda intizorlik bilan kutdim. Javobdan keyin juda xursand bo'ldim, deyarli hamma bilan bo'lishdim.
Test topshiruvchilarga maslahatim shuki, intizomni saqlash kerak. O'ziga foydali bo'lgan o'rganish usulini bilib olishi va boshqalar qilganga ergashmasligi kerak.
Step 1 ni topshirishim uchun menga ham ruhan ham moddiy yordam bergan ota onamga, akamga, barcha sheriklarimga, Medcloud jamosiga, Farxod akaga, ustozim Jahongir aka va Muhammadnazar akaga minnatdorchiligimni bildiraman.
Hammaga omad tilayman