USMLE Step 1 – PASS | Mukhammadjon

USMLE Step 1 – PASS | Mukhammadjon

Medcloud

Salom, hammaga! Men Muhammadjon Zafarov, Toshkent tibbiyot akademiyasida tahsil olganman. Bugun Step 1 imtihoniga tayyorgarlik jarayonimni sizlar bilan bo‘lishmoqchiman.

My report

Ilk bor USMLE nima ekanligi haqida 1-kurs bakalavr bo’lganimda nevrolog Saidaziz Saydaliyev tushuncha bergan va materiallarni birga o’qishni taklif qilgan edilar. E’tibor qaratmagan edim. Bakalavr o’qish davomida kunlik vazifalarni o’rganish uchun YouTube dan yaxshi animatsiyalashtirilgan (osmosis) va sodda qilib tushintirilgan videolar ko’rish men uchun konsepsiyalarni ma’nosini bilishga yetarli bo’lar edi. Bu materiallar USMLE imtihon bazasida ekanligini bilganim, Step 2 bir bosqichliga o’zgartirilgani va chetda faoliyat yuritish niyatim step topshirishga turtki bo’ldi.

Study preparation

Tayyorgarlikni Medcloud leksiya materiallarini ko’rish, First Aid o’qish bilan boshladim. Anki fleshkartalarini transportlarda yurganimda vaqtni unumli qilish uchun bajardim. Hammasistemalarni 11 oyda ko’rib chiqdim. Ammo, hech qanday informatsiya yodimda emasdey tuyilaverardi. Ma’lumotlarni yangilab turish uchun umumiy hisobda 5 marta First Aid va unga yozib olgan yuqori ahamiyatdagi yozuvlarimni o’qidim. Statistika va psixiatriya fanlarini o’zlashtirish qiyin bo’lgani uchun Randy Neilning short va videolarini o’rganib chiqdim. Bir kunda 4-6 soat, haftasiga 7 kun shug’ullanishga harakat qildim. Uworldni 1 block/kun mixed-untimed rejimida 5 oyda tugatdim (60% natija). NBME 30 – 69%; UWSA1 - 209 natija qanoatlantirmadi. Uworld incorrect-mixed-timed qayta ishladim. Tayyorgarlikdagi uzilishlar sababli UWSA2 - 188 tushkunlikka tushirdi. +3 oy full-time takrorladim. UWSA3 – 237. Imtihonga registratsiya qildim.

My Self-Assessments

UWorld – 60%

UWSA1 – 209

NBME 28 – 70%

NBME 29 – 72.5%

NBME 30 – 69%

NBME 31 – 73,5%

UWSA2 – 188

UWSA3 – 237

Test day experience

Imtihonni Istanbulda topshirdim. Test kunidan 2 kun oldin bordim va prometric markazga borib, test kuni qanday hujjatlar olib kelishim kerakligini, sharoitlar haqida bilib oldim. 1 kun oldin test ishlamadim. Mehmonxona atrofidagi ko’cha va kafelarga borib chalg’ishga harakat qildim. Imtihon kuni o’zim bilan hujjatlar (passport va permit) va yegulik (banan, yogurt, suv, shokolad) olib bordim. Test boshlandi. 15 minutlik tutorial partni testdan oldin ko’rib chiqqanim uchun tezda o’tib ketdim. Hayajon 1- block 9-10- savollariga kelganimda tarqaldi. Savollar o’rta qiyinchilik darajasida. Experimental savollar ham bor edi. Behavedan ko’p savollar uchradi. Blocklar orasida 5 minutlik, ohirida 10 minutlik tanaffus oldim. Imtihon tugadi. Tugaganiga ishongim kelmasdi. Hech bir savol va javobi esimda qolmadi. 23 kundan so’ng javobi keldi. PASS!

Advice for future test-takers

- Doimiy takrorlash

- Ko’plab case ishlash

Minnatdorchilik

Meni har doim qo’llab turgan yaqinlarim, Muhammadnazar Jo’rayev va Medcloud jamosiga minnatdorchilik bildiraman.

Additional resources

e-mail: zmuxammadjon@gmail.com

Telegram: @Mukhammadjon_Zafarov

Instagram: muhammadjon_zafarov





Report Page