USMLE Step 1 – PASS | Elbek

USMLE Step 1 – PASS | Elbek

Medcloud

Hammaga salom. Ismim Elbek. Yoshim 35 da, xususiy klinikada kardiolog bo'lib ishlayman, oilaliman, 4 ta farzandim bor. 2013 yil Toshkent Tibbiyot Akademiyasining davolash fakultetini tugatganman (old graduate man).

Beginning

2013-2015 yillarda kardiologiya yo'nalishi bo'yicha RShTYoIM (16-Гор. больница) da kardiologiya yo'nalishi bo'yicha klinik ordinaturani tugatganman. 2019-2020 yillarda Saudiya arabistonida cardiology specialist bo'lib ishladim, shundan keyin tibbiyotimizda, o'qitish tizimimizda bo'lgan kamchiliklar yaqqol ko'rina boshladi va o'zim ham o'zgarishga qaror qilgandim. Lekin ishni nimadan boshlashni bilmasdim, bu orada YouTube da sahifamda Medcloudning videolari chiqib qoldi, USMLE steplarni topshirgan studentlarning suhbatlari edi, "iye, to'xta-to'xtachi" (1-2 kunda deyarli barcha suhbatlarni eshitib chiqdim). Demak, O'zbekistonliklar ham USMLE topshira olar ekan, deb xulosa qildim. 

Oldinlari O'zbekistonda o'qigan talabalar USMLE topshira olmaydi, bizning eskirgan tibbiyot ta'limi bilan buni umuman iloji yo'q deb o'ylardim. Bu 2022 yil iyun oxiri va iyul boshlari edi va o'sha 1-2 kundan keyin medcloud bilan bog'lanib kursni boshladim. 2024 yil 29-sentyabrda Step 1 ni topshirdim. Shunda step-1 ga 2 yilu 3 oy vaqt ketibdi. Kuniga o'rtacha 2-3 soat vaqt sarfladim. Undan ko'pining iloji yo'q edi, chunki har kuni 8:30-17:00 gacha ish, bolalarimni bog'chadan olib uyga olib borib, kechki ovqatni yegungacha kechki 8 lar bo'lib qolardi, keyin yana ishxonaga qaytib (ish joyim uyimga yaqin edi), soat 11:30-12:00 largacha dars qilardim. Undan tashqari, kunora zalga chiqardim va unga ham 1,5-2 soatcha vaqt ketardi, Step 1 ni topshirishimga 6 oylarcha qolganda zalga chiqishni to'xtatdim, oldin step ni topshirib olay keyinroq "kachok" bo'larman deb o'yladim (balansni ushlolmadim), va misqollab yig'gan vaznlarimni yo'qotdim, 15 kg ga ozib ketdim. Va shu oxirgi 6 oyda, 4-farzandimiz tug'ilish arafasida uyda, oilamga ko'proq kerak edim va jadvalimni o'zgartirdim, ishxonaga ketmasdan kechki 10 da uxlab ertalab 4 dan 7 gacha dars qilishga o'tdim, bu rejim menga ko'proq yoqdi. 

Birinchi bir yil davomida Medcloud video darslarini ko'rib chiqdim, First aid, Pathoma, Sketchy microdan foydalandim, va Rx dan caselarni ko`rdim mavzular bo'yicha. Keyin 2-yili UWorld 1 yilligini sotib oldim va system based ishlab chiqdim. Caselarni ko'rish davomida UWorld bo'yicha flashcard lar qilib, shularni takrorlab turdim. UWorld ni 61 % bilan tugatdim. Micro bilan biochemistryni takroran ishlab chiqdim, chunki shu fanlardan pastroq chiqradi score larim. Shundan keyin NBME larni yechishni bohladim.

 My Self-Assessments

NBME 27: 70%  28.07.2024 y.

NBME 28: 68% 07.08.2024 y.

NBME 26: 75% 18.08.2024 y.

NBME 30: 71% 14.09.2024 y.

NBME 31: 73% 22.09.2024 y. 

 

Va bu testlarning orasida UWSA larni ham yechdim:

UWSA 1: 61% 25.08.2024 y.

UWSA 2: 61% 18.09.2024 y.

UWSA 3: 73% 24.09.2024 y. 

 

Va imtihonga 3 va 1 kun qolganda free 120 old va new sini yechdim

old free 120: 75,5% 26.09.2024 y.

new free 120: 72% 28.08.2024 y. 

Test Day

Imtihonni Dubayda topshirdim, imtihondan 1 kun oldin borib prometric center ni ko'rib keldim, imtihon kuni adashib, shoshib qolmaslik uchun. Imtihon kuni 7:30 larda borish kerak ekan, chunki imtihonga oldin USMLE topshiradiganlarni birinchi kiritar ekan imtihon davomiyligi uzunligini hisobga olib (prometric centerda USMLE dan ham boshqa imtihonlar topshiriladi). Bir kun oldin New free 120 yechganda tutorial qismi bor, shuni yaxshilab ko`rib olsangiz, imtihon kunidagi tutorial qismini tezda o'tkazib yuborasiz va sizda qo'shimcha 15 min bo'ladi tanaffus uchun. 

Birinchi va ikkinchi blockni tanaffus olmasdan yechdim, 1- block juda qiyin edi, boshidagi 20 ta savolni deyarli hammasiga bayroqcha belgiladim (birdan tushkunlikka tushdim, hammasi tugadi deb o'yladim). 2- blockdan savollar yengil tuyula boshladi, va 2- blockdan keyin tanaffus oldim. Qolgan 3-4-5-6-7- blocklar o'rtacha qiyinlikda tushdi, har bir blockda yarimdan ko'p savolga bayroqcha belgiladim. 2- blockdan keyin har bir blockda tanaffus oldim, tanaffusda yengilroq yeb oldim va suv ichdim va albatta har tanaffusda hojatga bordim (chaqiruv bo'lmasa ham), block yechayotgan paytida bezovta qilmasin deb. Oxirgi blockning oxirgi 15 tacha savoli, qiyin tushdi va testni tushkun kayfiyatda tugatdim. 

Testdan keyin noto'g'ri belgilagan 10-15 ta savoldni esladim va bular miyamda aylanaverdi, bo'ldi, o'tolmadim deb o'yladim. Keyinchalik bilsam bu hissiyot ko'pchilikda bo'lar ekan. Tanishlar so'raganda ham, qiyin tushdi savollar, manimcha o'ta olmadim deb aytdim. 29- sentyabrda topshirgan bo'lsam, javobi 16- oktyabrda chiqdi, chorshanba kuni kechki payt, 5 lardan keyin (odatda javoblar 2-3 haftadan keyin chorshanba kunlari chiqar ekan) va PASS!!!, juda xursand edim, Allohga shukur.

Minnatdorchilik

Step -1 journey da menga yelkadosh bo'lgan, tushungan, qo'llab- quvvatlagan ayolimga rahmat aytaman, 4 farzanding onasi va steptakerni ayoli bo'lish uchun katta matonat kerak.  

Medcloud jamoasiga ham katta rahmat, ular USMLE haqidagi tasavvurimni o'zgartirishiga sabab bo'lgan. Xursand bo'lgan joyim, USMLE o'qiyotgan talabalarning tobora ko'payishi va US ga rezidenturaga va varch bo'lib ishlashga ketayotganlarning ko'payishi. Bu tendensiya o'zimizda ham tibbiyotning rivojlanishiga bilvosiya ta'sir qiladi. Va albatta Jahongirdan juda minnatdorman, doim menga yo'l-yo'riq ko'rsatib bordi va har bir tushunmagan joylarimga erinmasdan javob berib keldi (qachon qaysi "probnik" ni yechishdan to Dubayda qaysi arzonroq, prometric centerga yaqinroq mehmonhonaga joylashishimgacha).

Xulosa o'rnida aytishim mumkinki, USMLE step 1, qilish mumkin bo'lgan ish, qandaydir qo'shimcha qobiliyat bo'lishi yoki wunderkind bo'lish shart emas, faqat qattiq xohish, harakat, intizom va davomiylik talab qiladi. Oilali bo'lish, oilada yolg'iz ta'minotchi bo'lish, har kun 8 dan 17 gacha ishlash sizga to'siq bo'la olmaydi. Hammaga omad! STUDY HARD, SAVE LIVES, ENJOY THE MEDICINE!

 

P.S. Kundalik ish jarayonimda ham step1 dagi ma'lumotlar juda asqotdi, o'zimni to'laqonli vrachday his qila boshladim va o'ylaymanki step 2 dagi malumotlar bundanda foydali va qiziq bo'ladi. 

 


Report Page