USMLE Step 1 – PASS | Dilfuza
MedcloudAssalomu alaykum. Mening ismim Dilfuza, oilaliman, 3 nafar farzandim bor. 2016-yilda TTA ni tamomlaganman. Hozirda laborant-vrach vazifasidan shaxsiy klinikada ishlayman. USMLE boshlashimga asosiy sabab rivojlanish, o’z ustimda ishlash bilimimni yanada mukammallashtirish bo’lgan.

Study preparation
Tayyorgarlik uchun tanaffuslar bilan 1 yilu 11 oy vaqtim ketdi. USMLE haqida oldin umuman ma`lumotga ega emas edim. Instagramdan InDocni reklamasini ko’rib qoldim, shundan keyin InDoc ni ma`lumotlarini ko’rdim, hali o’shanda InDoc endi ishini boshlagan ekan, hali birorta o’quvchisi yo’q edi PASS bo’lgan. Shuning uchun keyin YouTube dan ma`lumot izladim. YouTube da Medcloudni topdim, PASS bo’lganlar juda ko’p edi, shuning uchun Medcloudni tanlaganman. Men ishlaganim va oilam borligi uchun SELF-STUDY tarifini tanladim. Medclouddagi darslarni olib borilishi, tushuntirilishi buni so’z bilan tariflash qiyin 1-darsni o’zidayoq manda juda yaxshi ta`surot qoldirgan. Tayyorgarlikni birinchi yili Medcloud darslarini o’rganish, bizga tayyor Ankilar berilardi, shularni takrorlash va vaqt ortganda Rx yechish bilan o’tgan. Har doim bir xil soatda o’tirib dars qilmaganman, qachon vaqtim bo’lsa o’sha payt dars qilardim, masalan farzandlarim maktabda, bog’chada payti yoki uxlaganidan keyin. O’rtada bazida uzilishlar ham bo’lgan lekin mani bu yo’lni tashlab ketmasligim aniq edi, shu uchun har doim qolgan joyidan davom ettiraverganman. USMLE ni boshlagan paytim manda English yaxshi emas edi, har bir so’zni tarjima qilardim, audiolarga umuman tushunmasdim. Lekin darslar o’zbek tilidaligi va tayyorlanganim sari tushunish ortib boraverib bu muammo yo’qoldi. Haftada qancha dars qilishimdan qat`iy nazar 1 kun dam olardim.
Study Techniques
O’qish jarayonida Anki manga juda katta yordam bergan. Lekin mani xatoyim man uchun yod bo`lib ketgan ankilani vaqt o’tgandan keyin takrorlamay qo’ydim, oxirida juda afsuslandim shu qilgan ishimdan, hech kimga maslahat bermagan bo’lardim tashlab qo’yishni chunki ma`lumot ko’pligini evaziga qancha yod bo’lgan bo’lsa baribir ma`lum bir qismi unutilarkan.
Foydalangan manbalarim: Medcloud videolari, Pathoma, FA, Rx (qisman to’liq yechmaganman), Uworld, Anki.
Uworldni 1-krugni 54% bilan tugatdim va shundan keyin 2-krugni boshladim. Man juda sekin o’qiganligim sababli 2-krugda ham 1 kunda case larni 40 tadan orttirishim juda qiyin bo’lgan, eng ko’p 60 ta case ko’rolganman. 2-krugni taxminan 65% larigacha explanation ni o’qib chiqishga ulgurdim. Keyin NBME larga o’tdim. Mandagi score lar:
NBME 25 - 60%
NBME 30 - 66%
NBME 27 - 70,4%
NBME 26 - 72,4%
UWSA 1 - 222 (61%)
UWSA 2 - 228 (65%)
NBME 31 - 75%
Boshlanishida % lardan ko’nglim to’lmadi va man takrorlashni boshladim, shundan keyin Mehlman hamma system, oldin FA o’qidim, har bir system fiziologiya va patalogiyasini va shu o’qigan joyimni Mnemosyn dan takrorladim bu man uchun kim bilandir savol javob qilganday bo’ldi va shu orqali yanaqa mustahkamlandi o’rganganlarim. Farm bilan Micro ni sketchydan takrorladim. Hamma system takrorlab bo’lganimdan keyin NBME 31 va imtihondan bir kun oldin New free 120 ishladim.
Test Day experience
Imtihonni Istanbulda topshirdim. Istanbulga imtihondan 1 kun oldin bordim va borgan kunim mehmonxonada free 120 ni takrorlab chiqib keyin dam oldim. Imtihon kuni soat 5 da uyg’ondim, bilmadim hayojondanmi, qayta uxlolmadim. Soat 7 da hotelda ovqatlanib imtihonga yo’l oldim. Imtihon uchun o’zim bilan: proteinli batonchik, banan, suv, 2 ta red bul, issiq kofe, sendvich oldim. Imtihon soat 9 da boshlandi, tutorialni o’tkazib yubordim va menda tanaffus uchun 1 soat vaqt bor edi. Savollarni xuddi UWorldga o’xshatdim. Konsentratsiyani saqlash uchun har tanaffusga chiqqanimda kofe yoki red bul ichdim bu manga juda yaxshi yordam berdi deyarli imtihon oxirigacha charchoq his qilmadim. Deyarli och qolganimni his qilmadim, lekin baribir tanaffusda banan va yarimta sendvich yedim. Oxirgi oy hamma systemni takrorlaganim uchun imtihon man uchun juda oson tuyuldi, umuman qiynalmadim. Faqat Behavior bilan Statistikadan juda ko’p yangi notanish ma`lumotli savollar tushdi, shulardan qo’rqdim faqat. Vaqt ham ortib qoldi, o’zi har doim UWorld ishlaganimda 6-8 minutgacha vaqtim ortardi, imtihonda adashmaslik uchun har bir laboratoriyani kirib normasigacha qarab chiqdim, shuni hisobiga vaqtim har bir blokda maksimal 3 mingacha ortdi.
Post exam reflection
Imtihondan chiqqanimda o’tdim degan ishonch bor edi, faqat shu yangi ma`lumotli savollarni hisobiga qo’rquv bor edi. Shuning uchun hech narsani o’ylamaslikka qaror qildim va dam olishga ketdim, bu man uchun vaqtni tez o’tishini taminlab berdi.
Result and Feedback
Imtihon javobi 16 kunda chiqdi, bu vaqtda oxirgi kunlarni hisobga olmasa boshqa payt umuman o’ylamaslikka harakat qildim. Chunki imtihon javobi emas, shu yergacha kelganim, shu imtihonni topshirganimni o’zi mani xursand qildi. Lekin imtihon pdf ni ochguncha qaltirab qoldim va javobni ko’rdim, bu man uchun katta yutuq edi bu his tuyg’uni his qilishni hammaga tilab qolaman.
Tayyorgarlik ko’ryatganlarga maslahatim
1. Anki har kun
2. Uworld (eng asosiy manba)
3. Har kuni dars qilish va 1 kun dam olish, iloji boricha pereriv olmaslik
Gratitude
Step 1 ni topshirishimga ruhan, moliyaviy yordam bergan turmush o’rtog’imga alohida minnatdorchilik bildiraman. Man o’zimga ishonmagan paytlarimda manga ishonib har doim mani qo’llab quvvatlaganliklari, manga o’qishim uchun sharoit yaratib berganliklari uchun. Har doim bilim berishda, maslahatlarini ayamagan Medcloud jamoasiga, darslarni juda oson tilda tushuntirgan Muhammadnazar aka, mani imtihon kunimgacha maslahatini ayamagan Jahongir akaga minnatdorchilik bildiraman.
Man buni oilam farzandlarim bilan birga epladim, demak hamma eplay oladi faqat qat`iy iroda va sabr kerak. Hammaga omad tilayman, hamma tayyorlanib yurganlarga PASS ni olish nasib qilsin.
Hurmat bilan Dilfuza!